foydalanish huquqi esa o`rmon xo`jaligi davlat organlari yoki ular vakolat bergan
o`rmon xo`jaligi korxona, muassasa va tashkilotlari tomonidan beriladigan
ruxsatnomalar asosida vujudga keladi (O`zbekiston Respublikasining
“
O`rmon
to`g`risida
”
gi Qonunning 20-moddasi). Tabiiy resurslarni foydalanishga ajratib
berish huquqiga ega bo`lgan organlar boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun,
ekologik talablarni buzganlik uchun hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa
asoslarga ko`ra shunday foydalanishni bekor qilishlari mumkin.
Davlat organlarining tabiiy resurslarni hududiy joylashtirish vakolati tabiiy
resurslardan foydalanishga berish to`g`risidagi qarorlarni amalga oshirishga
qaratilgan. Tabiiy resurslarni hududiy joylashtirish yer tuzish, o`rmon tuzish,
qishloq xo`jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish yo`li bilan
amalga oshiriladi. Masalan, yer tuzish ishlari orqali foydalanish huquqini olgan
yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari joyida (naturada) ajratilib,
chegaralari belgilanib beriladi. Tabiiy resurslarni hududiy joylashtirishga maxsus
vakolatli organlar bo`lmish Yer resurslari davlat qo`mitasi, Sanoatda va
konchilikda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, o`rmon
xo`jaligi organlarining vazifasiga kiradi. Ammo suv va hayvonot dunyosiga
nisbatan mazkur vakolat amalga oshirilmaydi.
Ekologik nazorat vakolati tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni
muhofaza etilishi ustidan kuzatuv va tekshiruvlar orqali amalga oshiriladi.
Ekologik nazoratni umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari olib
boradilar. Bugungi kunda ekologik nazorat to`g`risida me'yoriy hujjat bo`lmasa
ham, uni amalga oshiradigan organlarning vakolatlari
“
Tabiatni muhofaza qilish
to`g`risida
”
gi Qonunda, Yer kodeksida, tabiiy resurslar to`g`risidagi boshqa
qonunlarda hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Yer resurslari
davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Sanoatda va konchilikda ishlarning
bexatar olib borilishini nazorat qilish agentli, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi
to`g`risidagi nizomlarda o`z aksini topgan. Bundan tashqari, ekologik nazoratni
amalga oshirish chog`ida O`zbekiston Respublikasining
“
Xo`jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida
”
gi 1998 y. 24
dekabr Qonunning talablariga, shu jumladan ushbu Qonunning 10-moddasi
birinchi qismida ko`zda tutilgan tekshirishlar davriyligiga rioya etilishi lozimdir.
Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish chog`ida
foydalanuvchilar, davlat organlari va boshqa shaxslar o`rtasida kelib chiqadigan
nizolarni hal qilishda davlat organlari qatnashadilar. Tabiiy resurslarning huquqiy
holatini belgilovchi qonunlarda ushbu nizolarning hal qilinishi masalasi turlicha
yoritilgan. Masalan, Yer to`g`risidagi kodeksning 89-moddasida yer to`g`risidagi
nizolar faqat sud organlari tomonidan hal etilishi belgilangan,
“
Suv va suvdan
foydalanish to`g`risida
”
gi Qonunning 85-moddasida esa O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek suvlarni
idora etuvchi maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar suvdan foydalanishga doir
nizolarni hal qiluvchi organlar sifatida belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan vakolatlardan tashqari, alohida tabiiy resurslardan
foydalanish va ularning muhofazasi bo`yicha davlat boshqaruvi organlari maxsus
vakolatlarni amalga oshiradilar. Masalan, qonun xujjatlarda
suvlar zararli