Postindustrial jamiyat
. Amerikalik sotsiolog D. Bell tomonidan
ishlab chiqishgan konsepsiya. Postindustrial jamiyat konsepsiyasining
nazariyasiga ko‘ra jamiyat taraqqiyoti uchta bosqichda ko‘riladi:
J) industrial jamiyatgacha bo‘lgan davr; 2) industrial sanoat jamiyat
davri; 3) postindustrial jamiyati davri. Industrial jamiyatgacha bo‘lgan
davrda asosiy omil qishloq xo‘jaligi munosabatlari, cherkov va armiya
jamiyatning asosiy sotsial instituti hisoblanardi, bu davrdan industrial-
sanoat jamiyatiga o‘tilgach, sanoat korporatsiyalar va firmalar jamiyatning
asosiy omili bo‘lib qoldi, postindustrial jamiyat davrida esa universitetlar
asosiy joyi bo‘lgan nazariy-bilimlar sanoat va ishlab chiqarishning bir
joyga to‘planib. qolishida asosiy rol oi‘ynaydi. Bu jamiyatda D. Bellning
fikricha, kapitalistlar hukmronligi yo‘qolib, uning o‘rnina yuqori bilimga
ega bo‘lgan malakali huquqiy elita egallaydi. Xususiylik jamiyatning
asosiy mezoni sifatida o‘zining ma'nosini yo‘qotadi, uning o‘rnini ta'lim va
bilimniig yuksak darajasi egallaydi. Industrial jamyatda asosiy nizo mehnat
kapitali orasida bo‗lsa, postiidustrial jamiyatda asosiy nizo bilim va chuqur
bilimga ega emaslik o‗rtasida boradi.
JAMIYAT TUZILISHLARI
Totalitar jamiyat. Siyosiy boshqaruvning zo‗ravonlikka asoslangan
sistemadir. Totalitar so‗zining ma'nosi, lotincha« totus — umumiy, butun,
jamiki» degan ma'noni anglatib, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
mafkuraviy va hatto boshqaruvchi rahbar elitaning maishiy hayotini yakka
lider («fyurer», «duche», «kaudilo» va h.k.) tomonidan o‗rnatilgan harbiy-
byurokratik apparat tomonidan boshqarilishi tushuniladi. Totalitarizmning
asosiy ijtimoiy kuchi shahar va qishloqlarda aholi tabaqasining sinfiy
qiyofasini yo‗qotishidir lyumpen-proletariat, lyumpen-intelligensiya va
h.k.) bo‗lib, ijtimoiy amorf holatiga ega bo‗lmagan, barcha ijtimoiy tabaqa
va guruhlarning turmush tarzida muayyanlik va mulkka egalik to‗g‗risida
hato fikr tug‗diradigan tuzumdir. Totalitarizm taraqqiyot jarayonini
ko‗rsatadigan lyumpenizatsiya darajasi, jamiyatning ijtimoiy hayotini
harbiylashtirib borishi natijasida «favqulodda holat» tamoyilini amalga
oshirib boradi. Ijtimoiy hayotning bunday «tashkiloti» yuqorining
65
tashabbusi va uni aktiv qo‗llab-quvvatlab turuvchi jamiyatning
lyumpenizatsiyalashgan qismini ta'siri natijasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri terrorga
olib boradi. Harbiy terrorning bunday shakli jamiyat tuzilishida «ijtimoiy
tartib»
modelini
yaratadi.
Totalitarizm
sharoitida
ijtimoiy
munosabatlarning boshqaruvchi va hukmron kuchi zo‗ravonlikka
asoslangan siyosat bo‗ladi, shuning uchun totalitar jamiyatning
«siyosatlashuvi»,
jamiyatni
muqarrar
ravishda
harbiylashuviga
(militarizatsiya)
olib
boradi.
Totalitar
davlatning
harbiylashgan
munosabatlarini byurokratlashuvi natijasi, surunkali ravishda harbiy
kuchlarni ishlatishga olib keladi. Totalitarizmning g‗oyaviy manbai,
ijtimoiy munosabatlarni barcha sistemalarini «ko‗rsatma tamoyil»larni
loyihalashtirilgan mushohada yo‗lini kimningdir «namunali» bo‗lgan
utopik konsepsiyasiga asoslashadi. Totalitar tuzumga Jentile, Gitler,
Mussolini, Stalin va bir qancha diktatorning ideologiyasini misol qilib
ko‗rsatish mumkin.
Avtoritar jamiyat (lot auctor-boshlovchi, asoschi, ijodkor, avtor, fikr,
nigoh, hokimiyat, huquq va h.k.) demokratik bo‗lmagan siyosiy rejimga
asoslangan va siyosiy ongning avtoritetga, umuman hokimiyat avtoritetiga
bo‗lgan munosabatlarni aks ettiruvchi shaklidir. Avtoritarizm jamiyati
qandaydir bir vaziyatda, nodemokratik yo‘l bilan, totalitarizmning ba'zi bir
elementlarini qabul qilgan holda, boshqa hech qanday «avtoritet»ni tan
olmay, ushbu avtoritetlarga totmitaristik «urush e'lon qilib» vujudga keladi.
Avtoritarizm patologik, ya'ni normal holatini yo‘qotgan (o‗zini
boshqalardan ustun qo‗yish, maqtovlarga mahliyo bo‗lish) avtoritetga
agressin muxlislik, o‗rta sinor namoyondalariga xos bo‗lgan ong shaklini
aks ettiradi. Avtoritarizm o‗z ta'limotidan kelib chiqib ko‗rinmas qobiq
ostida fashistik va diktatorlik rejimlariga zamin yaratadi.
Demokratik jamiyat (grek, demos-xalq va kratos-kuch, hokimiyat)
hokimiyat shakllaridan biri bo‗lib, uning xarakterli tomoni, ozchilikni
ko‗pchilikka bo‗ysunishi tamoyili, hamda fuqarolarning erkinligi va teng
huququqliligi e'tirof, etishidir. Bunda fuqarolarning huquqlari jamiyat
hayotining. ijtimoiy va iqtisodi
y sharoitlaridan qat'i nazar qonun
oldida tengliklari ta'minlanadi. Demokratik jamiyatda konstitutsiya ishlab
chiqariladi, parlament va boshqa vakillik muassasalari tuziladi,
fuqarolarning umumiy saylov huquqi va siyosiy erkinliklari (so‗z erkinligi
vijdon erkinligi, va boshqalar) ta'minlanadi. Demokratik jamiyat uchun
xarakterli narsa-unda parlamentning mavjudligidir, ya'ni unda qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga bo‗linganligidir, bunda ijro
etuvchi hokimiyatning roli tobora oshib boradi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |