KOPRIKLAR VA TONNELARNI LOYIHALASH
Kopriklaar va tonelani liyihalashda sosiy jihatlari uning mustahkamligi va iqtisdIy jihatdan hisobga olish mqsadga muvofiq. Biz amalyot davomida turli hil kopriklarni hamda avtamobil va temiryol mostlarini urgandik .Kopriklar qurilsh jarayoni haqida koplab malumtlarga ga boldik.
Biz texnalagik amalyot davomida Toshkent shaxridan utuvchi fargona yulida quilga mostni urgaish jrayonida koplab bilimlarga ega buldik . Kopriklarni liyihlashd nazariy bilimlarga ega bo’ldik ustozlarmiz bizga qiziq bulgan barcha malumotlari berib borishdi. Biz kopriklarni loyihalashda yetakchi bugan tashkilotlar haqida ham malumotlarga ega buldik. Mamlakatimizda, jumladan, poytaxtimizda transport vositalari tobora ko'payib bormoqda. Bu odamlarimizning turmush darajasi yuksalayotgani, el-yurtimiz yildan-yilga farovonlashayotganining isbotidir. Zero, keng ko'lamli islohotlardan ko'zlangan maqsad ham aholi turmush darajasini oshirish, manfaatlarini to'la ta'minlashdir. Bunyodkor va Muqimiy ko'chalari kesishgan chorrahada transport tig'izligi avtomobillar va piyodalarga noqulaylik tug'dirardi. Yangi bunyod etilgan ko'prik bu muammolarga barham berish bilan birga, avtomobillar harakatining uzluksizligini va xavfsizligini ta'minlashda alohida ahamiyat kasb etadi."O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli "Ko'prik qurilish tresti" unitary korxonasi quruvchilari tomonidan ikki oyda qurib bitkazilgan ko'prikning ikki tomonida piyodalar uchun ikkita yer usti o'tish yo'lagi barpo etilgan. Yog'in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o'rnatilgan. Shahar qiyofasining o'zgarishida ko'priklarning o'rni katta. Ekologiya nuqtai nazaridan ham bu muhim ahamiyatga ega. Ya'ni avtomobil yonilg'isining ko'p ishlatilishi atrof-muhit musaffoligiga salbiy ta'sir qiladi. Bir joyda transport tig'izligi yuz bersa, boshqa joyga ham ta'sir ko'rsatadi. Ko'priklar ana shu muammolarni bartaraf etishda muhim o'rin tutadi. Prezidentimiz yangi ko'prikning mohiyatiga alohida to'xtaldi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari aholiga yanada qulaylik yaratish, turmush farovonligini oshirishda katta ahamiyatga egaligini qayd etib o'tdi. Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Cho'ponota va Bunyodkor ko'chalari kesishgan chorrahada bunyod etiladigan ko'prik loyihasi bilan ham tanishib, o'z tavsiyalarini berdi. --Yangi ko’priklar sifatli , juda puxta bo’lishi kerak . Buning uchun esa o’z ishiga fidoyilik bilan yondoshib , ko’priksozlik bo’yicha ilg’or xorij tajribasini o’rganib tajriba almashib borishimiz zarur
Koprik qurilish jarayonidan koprik ustunlari tayorlash
KOPIRIKLAR VA TONELAR QURISH VA EKSPLUTATSIYA QILISH
Biz kopiriklar ni qurish va eksolatatsiya qilishada yayangi qurilgan kopriklani organish uchun bordik va yaqin yilar ichida prezidentmiz Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi.Ushbu yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 676 metr, kengligi 24 metrdan ziyod bo‘ladi. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi.“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” korxonasi tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yakunlanish arafasida. Bugungi kunda ustunlarga temir-beton plitalar yotqizilib, yo‘lgacha bo‘lgan oraliq shag‘al bilan to‘ldirilmoqda. Har biri 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar estakadasi qurilishi davom etmoqda.Shu yerda yangi ko‘priklar qurish, mavjudlarini ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Toshkent shahrida yana o‘n beshta joyda yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi ma’lum qilindi.Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi barcha ko‘priklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularni saqlash va rejali ta’mirlash zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda ko‘priklarni ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan tizim yaratish, bunga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash va zamonaviy qurilish materiallarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdilar.
Odatda “Ko‘priklar va transport tonnellari” mutaxassisligi sohasidagi yuqori malakali muhandislar shug‘ullanadilar. Ko‘pchilik hollarda yo‘lchi muxandislargayam o‘zlarining ish faoliyatida yo‘l inshootlarini ta’mirlashga va ularni muntazam ravishda foydalanishga yaroqli holda saqlab turishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yo‘lchi muhandislar ham ma’lum darajada bu sohada bilimga ega bo‘lishlari kerak. Keyingi yillarda og‘ir yuklarning ko‘payishi va ularning kerakli joylarga yetkazib berish zarurligining o‘sishi, qurilish ishlari sifatining ma’lum sabablarga ko‘ra pasayishi va ularni ta’mirlash, ahvolini yaxshi holatda saqlash masalalarining qoniqarsiz darajada bo‘lishi ko‘prik va boshka yo‘l inshootlarining xizmat qilish muddatining deyarli ikki barobar kamayib ketishiga olib kelayapti. Bu esa o‘z navbatida ularning holatini qoniqarli darajada saqlab turishga qo‘shimcha mablag‘lar sarflashni talab qiladi. Odatda, bu ishlar bilan shug‘ullanish ham yo‘lchi muhandislar zimmasiga yuklangan. Respublikamizda bu inshootlarning ko‘pgina qismi 50-60-yillarda qurilgan bo‘lib, ularning katta qismi hozirgi zamon talablariga to‘la javob bera olmaydi, yoki keyingi paytlarda rivoj topayotgan katta yukli transportlar og‘irligiga bardosh berib ustidan o‘tkazib turish masalasi mushkullashadi, en o‘lchovlari ham kichiklik qiladi, bular esa o‘z navbatida kerakli chora-tadbirlarni ko‘rishni yoki inshoot elementlarini baquvvatlashtirishni, enlarini kengaytirishni talab qiladi. Bu masalalarni to‘g‘ri xal qilish zarurligi quyidagi ancha murakkab tashkiliy ishlarni va iqtisodiy muammolarni hal qilish zarurligini tug‘diradi yoki inshootni kengaytirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatmalarini ishlab chiqishni, ishlarini tashkil qilish mo‘ljallarining tartibi va muhlatlarini aniqlashni, tashkiliy-texnikaviy yo‘sinini, xom ashyo bazasini yaratishni va kerak bo‘lganda ularni ommaviy ravishda foydalansa bo‘ladigan holda tayyor qilib qo‘yishni taqozo qiladi. Inshootlarni kengaytirish, elementlarini baquvvatlashtirish, eskirganlarini ta’mirlash, ishlarni iloji bo‘lgunga qadar mexanizatsiyalashtirish, yangi ashyolar va yangi uslublardan unumli foydalanish, va barcha ishlarni yuqori sifatda bajarish shu ishlar jumlasidandir. Inshootlarning keyingi paytlarda paydo bo‘layotgan katta og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarish qobiliyatini aniqlash ham yo‘lchilar vazifasiga kiritilgan. Bu narsalarni to‘g‘ri hal qilish uchun, muhandislar quriladigan inshootlarning har xil turlari konstruksiyalarini, ularni loyihalash qanday amalga oshiriladiganini, qurilish texnologiyasini va qurilgan inshootlarni to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini mukammal bilishlari zarur. Ko‘prik va quvurlardan foydalanishning asosiy maqsadi - ular orqali harakatni xavf-xatarsiz va oson o‘tkazib yuborish bo‘lib, buning uchun, har doim ularning holatlarini kuzatib turish va hosil bo‘lgan nuqsonlarni o‘z vaqtida tuzatib turishdan iborat. Sun’iy inshootlar doimo ularning mustahkamligini kamaytiradigan ta’sirlar ostida bo‘ladi. Bularning asosiylari: vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turuvchi havo darajasi va namligi, yog‘ingarchiliklar, daryo suvlari va muzlarning ta’siridir. Bu inshootning qaysi geografik kenglikda joylashganiga qarab o‘zgaradi. Ushbu Qoidalar shaharlar, ishchilar posyolkalari, qishloq tuman markazlaridagi ko‘prik inshootlari, suv o‘tkazgichlar, transport va piyodalar tunnellari, suzuvchi ko‘priklar, parom va muzdan o‘tish joylari (keyingi o‘rinlarda sun’iy inshootlar)dan foydalanadigan barcha tashkilot va xizmatlar uchun majburiydir.O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan va harakat xavfsizligini ta’minlagan holda, yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tezlikni kamaytirmagan holda, konstruktiv yuklarga mos keladigan massaga ega avtotransport vositalarining uzluksiz harakatlanishini ta’minlash; Operatsion tashkilotlar tugallangan qurilish ob'ektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalar ishida ishtirok etishi, ob'ekt foydalanishga qabul qilingandan keyin ularga beriladigan har bir tuzilma uchun texnik hujjatlarga ega bo'lishi va doimiy saqlashi shart. Yana bir ta’sir bu ulardan o‘tayotgan transport vositalari ta’siridir. Ularning ham xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi. Yildan-yilga transport vositalarining jadalligi, og‘irligi va tezliklarining oshib borishi inshootlarni yanada og‘irroq sharoitda ishlashga majbur qiladi. Bundan tashqari vaqt o‘tishi bilan inshootni tashkil qilgan materiallarning eskirishi uning foydalanish sifatlarini pasayishiga olib keladi va natijada alohida favqulodda kuchlar ta’siridan sinishi mumkin. Inshootlarning ishonchliligini ulardagi nuqsonlarning qiymati, soni va turlarini hisobga olgan holda baholanadi. Inshootlarning ko‘zda tutilgan xizmat davrida normal ishlashini ularni loyihalash, qurish va undan foydalanish davrida ta’minlanadi. Loyihalarda kamchiliklar kam bo‘lishi mumkin. Lekin yangi-yangi materiallarning topilishi, ularni yaxshi o‘rganish zaruratini uyg‘otadi. Ko‘prik va quvurlarning xizmati davrini oshirishning asosiysi qurilish sifatini yaxshilashdir. Ulardan foydalanish davri ham katta rol o‘ynaydi. Chunki o‘z vaqtida, hosil bo‘layotgan nuqson va buzilishlarini aniqlab ularni yo‘qotib turish lozim. Ko‘prik va quvurlarni qurish juda katta material va mablag‘ talab qiladigan inshootlar bo‘lgani uchun ularni doimo foydalanish davrida kuzatib turilishi va nuqsonlarini o‘z vaqtida aniqlab tuzatib turish zarur. Ta'mirlash hajmi va murakkabligiga qarab, kutilmagan ta'mirlash, kapital ta'mirlash va rekonstruksiyaga bo'linishi kerak. Imtihonlar va testlar bo'yicha ishlarni o'tkazish tartibi amaldagi me'yoriy hujjatlar bilan belgilanadi Sun'iy inshootlarni saqlash xarajatlari ob'ektlarning holati va dizayn xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir shahar uchun ishlab chiqilgan standartlarga muvofiq belgilanishi kerak. Standartlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu standartlar mavjud bo'lmaganda, ish haqiqiy xarajatlar bo'yicha to'lanishi mumkin Foydalanish xizmatining asosiy ho‘jalik va ishlab chiqarish birligi bo‘lib, joylardagi yo‘l bo‘limlari (TYXTPFDK) xizmat qiladi. Sun’iy inshootni nazorat qilish xizmatining vazifasiga quyidagilar kiradi: texnik hisobot va texnik hujjatlarni olib borish, inshootni nazorat qilib va uni jurnalga yozib borish, qarab turish va ularni ta’mirlash. Doimiy tekshirish bilan ko'prik to'shagi, oraliqlar, ko'prik inshootlarining tayanch qismlari va tayanchlari, yondoshuvlar, drenaj moslamalari, portallar va tunnellarning qoplamalari, quvur boshlari, konuslar va qirg'oq yonbag'irlari, tartibga solish va qirg'oqni himoya qilish inshootlari, ko'prik kanali, suzuvchi ko'priklar va parom o'tish joylarining elementlari, muz o'tish joylarining holati tekshiriladi Texnik hisobotlar inshootni yaxshi saqlash va zaruriy ta’mirlash ishlarini oldindan rejalashtirib borish uchun zarurdir. Buning uchun boshlang‘ich material bo‘lib qurilish vaqtidagi ijroya hujjatlari xizmat qiladi. Agar bunday hujjatlar bo‘lmasa unda inshootni turgan holati bo‘yicha tekshirilib kerakli yuklar yordamida ularning ko‘tarish qobiliyatini sinab ko‘riladi. Nazorat va ko‘rik ishlari: doimiy nazorat va ko‘rik, joriy-davriy va maxsus ko‘riklarga bo‘linadi. Doimiy nazorat va ko‘rikda ta’mirlovchi tomonidan doimo inshootning holatini nazorat qilib, mayda nuqsonlarini tozalab o‘z vaqtida bartaraf qilish, barcha elementlarini ko‘zdan kechirib turiladi. Bundan tashqari inshootdagi harakatlarning ruxsat etilganiga mosligi; chiroqlar, yong‘inga qarshi jihozlarning mavjudligini tekshirib turiladi. Joriy ko‘rikda yo‘l ustalari kamchiliklarni aniqlaydi va yo‘l belgisini qo‘yish (yo‘l jadaligini kamaytirish, qarshi kelayotgan xarakatni ustunligini aniqlash, transport vaznini aniqlash) va yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘radi. Yog‘och ko‘priklar har kvartalda bir joriy ko‘rikdan o‘tkazib turiladi. Beton, tosh, temirbeton va metall inshootlar har yarim yilda. Davriy ko‘riklar har yili bahor suvlari tugagach va ta’mirlash ishlaridan so‘ng olib boriladi. Unda bosh fermalarini asboblar yordamida tarxda va bo‘ylama s’yomkalash ishlari hamda bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifati tekshiriladi. Bu ishni yo‘l bo‘limining boshlig‘i yoki bosh muhandisi olib boradi. Davriy tekshirish vaqtida sun'iy inshootning umumiy holati batafsil tekshiriladi, doimiy tekshirish va ta'mirlash ishlari natijalari, instrumental o'lchovlar amalga oshiriladi. Agar nuqsonlar aniqlansa, ularning paydo bo'lish sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo'llari ko'rsatiladi. Maxsus ko‘riklar inshootning holatini va yuk ko‘tarish qobiliyatini tekshirish maqsadida olib boriladi. Eksperimental yoki eksperimental tuzilmalarga ega bo'lgan, shuningdek doimiy va davriy tekshiruvlar paytida sabablari aniqlanmagan nuqsonlari bo'lgan inshootlarda maxsus kuzatishlar o'tkaziladi. Nazorat va instrumental o'lchovlar sun'iy inshootning profili va rejasini, yondoshuvlar qirg'oqlarini, tartibga solish va himoya to'g'onlarini o'rganishni ta'minlaydi. Tekshiruv strukturaning profilidagi xarakterli o'zgarishlarni (tayanchlar ustida, oraliqning o'rtasida, cho'kish joylarida) qayd etadigan tarzda tanlangan mustahkam mahkamlangan nuqtalarda amalga oshiriladi. Bunda yuqoridagi ko‘rsatilgan ishlardan tashqari maxsus ixtisoslashtirilgan ko‘priklarni sinash stansiyalarining yordamida statik va dinamik sinashlarini olib boriladi. Bu ishlar yangi ko‘prikni foydalanishga topshirishda, kapital ta’mirlash yoki kuchaytirish ishlaridan so‘ng ham olib borilishi kerak. Bundan tashqari maxsus ko‘riklar quvurlar va yog‘och ko‘priklarda 3-4 yilda, metall ko‘priklarda 6-8 yilda, haybatli (massiv) ko‘priklarda 10-12 yilda o‘tkazib turiladi. Ko‘riklarning natijalari maxsus hujjatlarda aks ettiriladi. Foydalanishdagi inshootlarning xizmat muddatini uzaytirish uchun ularni ma’lum davrlarda ta’mirlab turiladi. Ta’mirlash ishlarining hajmiga qarab kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlariga ajratiladi. Transport tonnelining ekspluatatsion ishonchliligi – bu unga yuklangan vazifalarni uzoq vaqt davomida (150 yilgacha), ma’lum sharoitlarda o‘zlarining texnik tavsiflarini o‘rnatilgan darajada saqlagan holda bajarilishidan iborat. Tonnellarga yuklatilgan asosiy vazifalarga – berilgan parametrlardagi yuk va yo‘lovchi tashish trnapsortini, Tonnelni kesishuv bo‘lagida o‘rnatilgan o‘tkazish qobiliyatini saqlagan holda xavfsiz va to‘xtovsiz o‘tkazish kiradi [7]. Inshoot ishonchlilik darajasini aniqlovchi asosiy tushunchalar – bu ishlash imkoniyati va ishdan chiqishdir. Ishlash imkoniyati (ishga layoqatli holat) – bu ob’ektning berilgan vazifalarni bajara olish qobiliyatini tavsiflovchi barcha ko‘rsatmalar miqdorlari normativtexnik yoki loyiha hujjatlari talablariga mos keluvchi holatidir. Boshqacha aytanda, ishga layoqatsizlik – bu ob’ektning berilgan vazifalarni bajara olish qobidiyatini tavsiyalovchi bitta bo‘lsa ham ko‘rsatgichi normativ-texnik yoki loyiha hujjatlariga mos kelmaydigan holatidir. Murakkab va katta uzunlikdagi ob’ektlar uchun ishga layoqatsizlik holatlari bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘p sonli ishga layoqatsizlik holatlaridan, ob’ekt talab qilingan vazifalarni qisman bajara oladigan qisman ishga layoqatsizlik holatlari ajratib olinadi. Ishga layoqatli va ishga layoqatsizlik holatlar iboralari bilan ishdan chiqish ifodasi bog‘liqdir. Ishdan chiqish – shu ob’ekt ishlash imkoniyatini, uning parametrlari o‘zgarishi ruxsat etilgan chegaradan tashqariga chiqishi natijasida yo‘qotishidir. Ishdan qiqish mumkinligi yoki uning sodir bo‘lish ehtimoli ishdan chiqishga olib keluvchi holatlar tahlilidan kelib chiqib aniqlanadi. Bu holatlar tahlili Tonnelni saqlash jarayonida olingan ma’lumotlar asosida bajariladi. Tonnelni saqlash joriy, profilaktika va ta’mirlash ishlarini nazorat va tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Tonnelni ekspluatatsiya jarayonida munosib saqlash, barcha Tonnel konstruksiyalari turkumlari va qurilmalarining, inshoot butun hayotiy qismi davrida ishga layoqatligini saqlagan holda avariyasiz va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Amaliy faoliyatda transport tonneli deganda, grunt massivi qatlamida qurilgan. Yer yuzasiga chiqish joylari bilan bog‘langan muhandislik inshooti tushiniladi. Ammo tranpsort tonneli temir yo‘l yoki avtoyo‘l magistralining qismi bo‘lib, transportni to‘siqdan o‘tkazishga mo‘ljallangan asosiy inshootdan tashqari, uning normal ishlashini ta’minlovchi bir turkum yer osti va yer usti ob’ektlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun, transport magistrali bo‘lagidagi bunday inshootlar, qurilmalar va turli hil muhandislik turkumlarini o‘z ichiga oluvchi murakkab kompleks, “Tonnelni kesishuv” deb nomlanuvchi kengroq tushunchaga ega bo‘ladi. Tonnelli kesishuvning asosiy inshooti transport tonnelidir [7]. Katta uzunlikdagi temir yo‘l yoki avtoyo‘l tonnellarni o‘z ichiga oluvchi tonnelli kesishuv, zamonaviy xavfsizlik talablariga muvofiq, har biri bir yo‘nalishdagi harakatga mo‘ljallangan ikkita parallel tonnellardan tashkil topishi mumkin. Bu tonnellar o‘zaro har 250÷300 metrda avariya stoykalari bilan ulanadilar. Bundan tashqari, Tonnel trassasining o‘rta qismida, yer yuzasi bilan tik yoki qiya yo‘lkalar bilan ulangan avariya to‘xtash punktlari turlaridir. Katta uzunlikdagi transport tonnellari qurilishi amaliyotida, bir qator hollarda ikkita parallel tonnellar orasida kichik diametrdagi servis tonnellari joylashtiriladi. Shunday qilib, tonnelli kesishuv deyilganda, bir-biri bilan funksional bog‘langan va ularning tegishli texnik darajada ekspluatatsiya qilishni ta’minlay oladigan asosiy va yordamchi inshootlar, ob’ektlar va turli hil texnik qurilmalar majmuasi tushiniladi. Tonnelli kesishuv quyidagi ob’ektlardan tashkil topadi: -asosiy ob’ektlar; -ta’minlovchi ob’ektlar; -muhandislik tarmoqlari. Tonnelni kesishuvdagi asosiy ob’ektlar quyidagilardan iborat: -tonnel (Tonnellar); -tonnel qoplamasi; -ravoqlar; -qatnov qismi; -sboykalar, kesilishlar; -taxmon va qoplamalar; -trotuarlar, hizmatchilar o‘tish yo‘llari. Tonnelli kesishuvdagi ta’minlovchi ob’ektlar quyidagilardan iborat: -shaxta naylari; -servis yo‘laklari; -ulanish joylari, qiyaliklar, tirgovich devorlar; -gidroizolyatsiya, suv chetlatish, drenaj; -grunt suvlari. Tonnelli kesishuvdagi muhandislik tarmoqlari quyidagilardan iborat: -energota’minot; -shamollatish turkumi; -yoritish qurilmalari; -elektr jihozlar; -avtomatika, signalizatsiya, aloqa; -yong‘indan himoyalanish; -atrof-muhit muhofazasi. Tonnelli kesishuvning texnik darajasi – tonnelli kesishuvga kiruvchi barsa inshoot va qurilmalar domiy (ekspluatatsiya jarayonida o‘zgarmaydigan yoki faqat rekonstruksiya yoki ta’mirlashda o‘zgaradigan) hajmiy-rejaviy, geometrik va boshqa tavsiflarining me’yoriy ta’lablarga mos kelish darajasidir. Ekspluatatsiyaga topshirishda tonnelli kesishuvning texnik darajasi, uni xavfsiz ekspluatatsiya qilishni qandaydir cheklashlar va ta’mirlash tadbirlari bajarish zaruriyati ta’minlovchi barcha me’yoriy talablarga to‘la mos kelishi kerak. Agar tashqi ta’sirlar natijasda inshootda va uning ayrim qismlarida ishdan chiqishlar ro‘y bersalar, tonnelli kesishuvning texnik darajasi kamayadi. Bu holda inshootni ekspluatatsiya qilishni davom ettirish uchun tegishli cheklashlar (trasport harakati tezligini, tashilayotgan yuk o‘lchovini va b.) joriy qilish yohud kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlari bajarish talab qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |