Toshkent davlat transport universiteti ‘Yo’l transport xodisalari taxlili ” fani bo’yicha Mustaqil ish Mavzu


-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasi



Download 31,78 Kb.
bet5/13
Sana27.05.2022
Hajmi31,78 Kb.
#611392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qamar YTX taxlili

12-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasi
Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan muassasa davlat sud-ekspertiza muassasasidir. Sud-ekspertlik faoliyati tegishli davlat organlarining ekspertiza bo‘linmalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Sud ekspertizasini o‘tkazish mazkur ekspertiza bo‘linmalariga topshirilgan hollarda, ular davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi vazifalarni amalga oshiradi, huquqlarga ega bo‘ladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar bo‘ladi.
Ayni bir xil ixtisoslikdagi davlat sud-ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini tashkil etish, o‘tkazish, davlat sud ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish sud-ekspertlik amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.
Davlat sud-ekspertiza muassasasida sud ekspertizalari, bu muassasa qaysi davlat organi ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha davlat organi tomonidan aniqlanadigan, u uchun belgilangan xizmat ko‘rsatish mintaqalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Sud ekspertizasini tayinlagan va davlat sud-ekspertiza muassasasining xizmat ko‘rsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud ekspertizasi, istisno tariqasida, ushbu muassasa tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘tkazilishi mumkin.
Davlat sud-ekspertiza muassasalari qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
2-bob. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa tashkilot rahbarining hamda sud ekspertining huquq va majburiyatlari
13-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbarining sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi huquqlari
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari quyidagi huquqlarga ega:
agar mazkur tashkilotda tekshirishlarni o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar bo‘lmasa, sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish;
sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar sud ekspertizasini o‘tkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur bo‘lsa, kiritish to‘g‘risida iltimos qilish;
qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan tekshirishlarni o‘tkazishni o‘z kuchlari va vositalari bilan ta’minlayotgan tashkilotlarga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimning ko‘chirma nusxasini yuborish;
sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) mazkur tashkilotning tekshirish obyektlari tekshirilganidan so‘ng ularni tashish, bundan pochta xarajatlari mustasno; tekshirish obyektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ushbu tashkilotda saqlash; katta xavf tug‘diradigan obyektlarning mazkur tashkilotga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni (portlash, yong‘in va shu kabilarni), agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu obyektlar bilan muomalada bo‘lishning unga ma’lum bo‘lgan maxsus qoidalari to‘g‘risida rahbarga xabar bermagan bo‘lsa yoki ular lozim darajada o‘ralmagan bo‘lsa, bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashni talab qilish.
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Download 31,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish