Ish - energiya o’zgarishining o’lchovidir.
Yuqorida qarab chiqilgan
misollar kuchning ishi barcha hollarda jism energiyasining o’zgarishiga
tengligini ko’rsatdi. Binobarin, o’zgarishning ishi energiya aylanishining
o’lchovi bo’ladi.
Barcha aytilganlarga xulosa qilib, kuchning ishiga quyidagicha ta`rif berish
mumkin: Bir turdagi energiya o’zgarishining o’lchovi hisoblanuvchi fizik
skalyar kattalikka ish deb ataladi. O’zgarmas kuchning ishi kuch moduli,
ko’chish moduli va kuch vektori bilan ko’chish vektori orasidagi burchak
kosinusi ko’paytmasiga teng:
Kuch o’zgaruvchan, masalan, elastiklik kuchi bo’lgan holda ishni hisoblash
uchun mazkur ko’chishda kuchning o’rtacha qiymatini olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |