5.O’zbekiston iqtisodiyoti xo’jalik yurutuvchi subyektlarning faoliyatidan olinadigan foydani maksimallashtirish chora –tadbirlari .
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi matnlarda — Qonun) bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida vujudga kelayotgan mazmunan yangi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda hamda shartnoma intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, shartnomalar tuzish tajribasiga yetarlicha ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, turli xil ta’minotchi, tayyorlovchi monopol korxona va tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarda ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda ushbu Qonunning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Xo‘jalik sudlari faoliyatida ko‘p uchraydigan shartnomaviy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarning qonuniy hal etilishini ta’minlashda mazkur Qonun asosiy huquqiy manbalardan biri sifatida xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ushbu Qonunni xo‘jalik sudlarining amaliyotida qo‘llashda ayrim muammolar ham uchramoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunning sud amaliyotida bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
(kirish qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qonunni qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, tegishli qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
2. Sudlar shartnoma tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda Qonunning 10 — 15-moddalari, Fuqarolik kodeksining 364—385-moddalariga muvofiq, shartnoma tuzish haqidagi tarafning taklifi (oferta)ga javob to‘liq va pisandasiz bo‘lgandagina aksept hisoblanishiga e’tibor berishlari kerak. Agarda ikkinchi taraf ofertani ba’zi bir e’tirozlar bilan yoki qisman qabul qilsa, u holda bu aksept bo‘lmaydi va qarshi taklif bildirilgan deb hisoblanadi.
Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda uni olgan shaxsning ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo‘natishi, xizmat ko‘rsatishi, ishlarni bajarishi, muayyan summani to‘lashi va hokazolar), agarda qonun va ofertada boshqacha tartib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi. Agar shartnoma tuzish haqidagi taklifni olgan shaxs belgilangan muddat davomida shartnomada nazarda tutilgan shartlarni qisman bajargan (tovarlarni qisman jo‘natgan, pul summasini qisman to‘lagan) bo‘lsa, uning harakati aksept deb baholanadi. Bunday holatlarda sudlar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, xo‘jalik shartnomasini tuzilgan deb hisoblab, unga tegishli baho berishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qonunning 11-moddasi va Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik shartnomalari yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik (og‘zaki kelishuv) uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi (qonunda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Biroq, sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik oqibatida nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum etsa-da, yozma va boshqa dalillar bilan tasdiqlash huquqini saqlab qolishiga e’tibor bermoqlari lozim.
(3-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Sudlar shartnomaning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillar (yuk xati, tovar-transport hujjati, ishonchnoma, dalolatnoma va hokazolar)ga har tomonlama baho berib, shartnomaning yozma shakliga rioya qilinmasdan (og‘zaki kelishuv asosida) bajarilgan majburiyatlar bo‘yicha kelib chiqqan nizolarni Qonunda belgilangan tartibda hal etmoqlari kerak.
Bunda sudlar FKning 363-moddasi talablaridan kelib chiqib, shartnomani tuzishga xizmat qilgan barcha holatlar, jumladan, shartnoma tuzish oldidan olib borilgan munozaralar, yozishmalar, o‘zaro munosabatlarda shakllangan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning o‘zlarini tutishlarini o‘rganishlari va baho berishlari lozim.
4. Shartnoma tuzilib, amalda bo‘lish davrida unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga faqat taraflarning roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi, shartnomaga bir tomonlama o‘zgartirish kiritilishi mumkin emas (qonun hujjatlarida yoki shartnomada ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno).
Sudlar shartnoma tuzish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rayotganda XPKning 141-moddasiga muvofiq shartnoma tuzish yoki uni o‘zgartirish vaqtida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti bo‘yicha qabul qilingan qaror ko‘rsatilishi, shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi nizo bo‘yicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishga majburligi holati aniq ifodalanishi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
5. Xo‘jalik shartnomalarini haqiqiy emas deb topish, bekor qilish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar Qonunning 10-moddasida ko‘rsatilgan shartlar ko‘zda tutilgan yoki tutilmaganligiga alohida e’tibor qaratib, bu shartlarning ko‘rsatilmasligi shartnoma shartlari bir taraf tomonidan bajarilmagan hollarda uni javobgarlikka tortish uchun huquqiy asoslarni qo‘llashda majburiyatni bajargan insofli tarafni himoya qilish vositalarining kamayishiga olib kelishini inobatga olishlari hamda bunday shartnomani tuzgan mansabdor shaxslarning tegishli ravishda javobgarlikka tortilishiga asos bo‘lishini e’tiborga olishlari zarur. Ammo, bu shartlarning shartnomalarda ko‘rsatilmasligi shartnomani haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘la olmaydi.
Shartnomada qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan yoki taraflardan birining talabiga ko‘ra kelishib olinishi zarur bo‘lgan barcha shartlar, ya’ni asosiy shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa va ularni belgilash uchun imkoniyat bo‘lmasa, shartnoma tuzilgan, deb hisoblanmaydi. Bunday holda kelib chiqqan nizolar bo‘yicha sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya qilinmasdan (og‘zaki kelishuv asosida) majburiyatlar bajarilishiga oid qoidalarni qo‘llashga haqlidirlar.
6. FKning 356-moddasiga binoan, haq to‘lash nazarda tutilgan shartnomalarda baho ko‘rsatilmagan va shartnoma shartlari bo‘yicha uni belgilash imkoni bo‘lmagan hollarda sudlar shartnomani bajarmaganlik uchun o‘xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun o‘sha joyda mavjud bo‘lgan o‘rtacha bozor bahosi bo‘yicha haq to‘lanishini belgilashlari lozim.
7. Shartnomada majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan yoki muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan bo‘lsa, u holda FKning 242-moddasiga muvofiq, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatda bajarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xo‘jalik shartnomalarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolarning sudga taalluqliligi masalasini hal etish va sudda ko‘rishda qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik haqidagi (FK 115-moddasi), yanglishish ta’sirida tuzilgan (FK 122-moddasi), aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan (FKning 123-moddasi), qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan (FKning 124-moddasi) bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi umumiy qoidalar xo‘jalik shartnomalariga nisbatan ham tatbiq etilishiga e’tibor qaratilmog‘i lozim.
Fuqarolik kodeksining 116-moddasiga ko‘ra, qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-targ‘ibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimlar FKning 114-moddasiga binoan, haqiqiy emasligi bilan bog‘liq oqibatlardan tashqari, boshqa hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy hisoblanmaydi.
Basharti, shartnoma shartlarini belgilash va ularga qo‘shimchalar kiritish mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki boshqa idoralarning tazyiqi bilan majburan amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday shartnoma sud tomonidan FKning 123-moddasiga muvofiq, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Boshqa hollarda, jumladan, shartnomalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona, tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1995-yil 12-maydagi Farmonining 1-bandida ko‘zda tutilgan mahsulot berish, xizmatlar ko‘rsatish uchun oldindan kamida 15 foiz to‘lov to‘lash, “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1996-yil 9-avgustdagi Farmonining 4, 5-bandlarida belgilangan barter shartnomalari tuzilishini ta’qiqlash, mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan undirishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi talablarga rioya etilmasdan tuzilganligi aniqlansa, sudlar nizoni mazmunan ko‘rib chiqib, qonun hujjatlari talablarini buzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarning jinoiy, moddiy, ma’muriy yoki intizomiy javobgarligi masalasini hal etishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qonun 21-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra taraflar xo‘jalik shartnomalarini tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasini olishga haqli.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qarori tahririda)
10. Umumiy qoidaga ko‘ra, qonun hujjatlari va shartnomada boshqacha tartibda javobgarlik nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik (shartnoma intizomini buzganlik) uchun Qonunning 25 — 32-moddalariga asosan javobgarlik qo‘llaniladi. Agar xo‘jalik shartnomasida shartnoma intizomini buzish bilan bog‘liq holatlar uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa, taraflarning javobgarligi shartnomaga asosan qo‘llaniladi.
Agar shartnomada shartnoma intizomini buzish bilan bog‘liq ayrim holatlar uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan bo‘lsa, faqat shu holatlar uchun javobgarlik shartnomaga asosan qo‘llaniladi. Shartnomada ko‘zda tutilmagan shartnoma intizomini buzish holatlari uchun esa javobgarlik Qonunning 5-bobi tegishli moddalariga asosan qo‘llanilishi lozim. Xususan, shartnomada tovarni o‘z vaqtida yetkazib bermaganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgani holda sifati, assortimenti, navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlarni yetkazib berganlik, to‘lov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik, akkreditivdan foydalanmaganlik va boshqa holatlar uchun shartnomada javobgarlik belgilanmagan bo‘lsa, shartnomada ko‘zda tutilgan shartnoma intizomini buzganlik uchun javobgarlik shartnoma asosida, ko‘zda tutilmagan shartnoma intizomini buzish holatlari uchun esa javobgarlik Qonunning 26, 29 va 30-moddalariga asosan qo‘llaniladi.
11. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javobgarlik qarzdorning aybi bo‘lsagina qo‘llaniladi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarishi uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi (FKning 333-moddasi).
Shartnoma tuzilganligi va uning mazmuni dalillar bilan isbotlangan hollarda sudlar kreditorning talabi bilan qonuniy neustoykani (FKning 263-moddasi) hamda majburiyatlar bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni (FKning 324-moddasi) undirib berishga haqlidirlar.
Sudlar majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llashda neustoyka avvalo, majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun qo‘llanilishiga ahamiyat bermoqlari lozim. Shu sababli, bu toifadagi ishlarni ko‘rishda shartnoma majburiyatlarini buzganlik oqibatida kreditorga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash choralarini ko‘rishlari, zarur hollarda taraflarning iltimosnomalari bilan sud ekspertizasi tayinlashlari va natijalari bo‘yicha yetkazilgan zarar va neustoykaning mutanosibligidan kelib chiqqan holda, neustoyka miqdorini aniqlash va qo‘llash masalasini hal etishlari lozim.
12. Qonunning 32-moddasi 1-qismini qo‘llashda sudlar qarzdorning haqiqatda tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lashdan bosh tortganligi holatlarini (jumladan, to‘lash imkoniyati bo‘la turib, to‘lovni amalga oshirmaganligi, qarzini tan olmaganligi, kreditorlik-debitorlik qarzlari haqida solishtirish dalolatnomalari tuzishdan bo‘yin tovlaganligi, o‘zini ataylab to‘lovga qobiliyatsiz qilib ko‘rsatganligi va h.k) dalillar asosida aniqlashi lozim. Agar qarzdor tovar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lash uchun iqtisodiy imkoni bo‘lmasa, qarzni tan olib, uni to‘lashga harakat qilayotgan bo‘lsa, sudlar uning xatti-harakatlarini to‘lovdan bosh tortish, deb baholamasliklari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning tovar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lashdan bosh tortganligi isbotlangan hollarda sudlar u to‘lashdan bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima undirishga haqli bo‘ladi.
(12-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun 32-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan penya ishlar va xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik hollarida ham qo‘llaniladi. Penyaning miqdori shartnoma bahosiga emas, balki bajarilmagan majburiyatlar qismi (to‘lanmagan yoki kechiktirilgan to‘lov summasi, bajarilmagan ishlar, xizmatlar summasi)ga nisbatan foiz miqdorida hisoblanadi.
(12-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
13. Sudlar neustoyka (penya, jarima) miqdorini aniqlashda shartnomaning qaysi bandi talablari qanchalik darajada buzilganligi, taraflar taqdim etayotgan hisob-kitoblarda qaysi davr uchun va qancha miqdorda javobgarlik ko‘zda tutilayotganligini, u qaysi qonun yoki shartnomaning bandiga asosan belgilanganligini asoslantirishlari, zarur hollarda neustoykaning hisob-kitobini qayta hisoblab chiqishlari, taraflarning talabi bilan mutaxassislarni hisob-kitoblarni aniqlash uchun jalb etishlari, ekspertiza tayinlashlari lozim.
14. Qonunning 34-moddasiga binoan neustoykaning undirilishi shartnoma talablarini buzgan tarafni majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazgan zararini qoplashdan ozod etmaydi. Ikkinchi taraf ko‘rgan zararga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan qilingan xarajatlar, mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishi, shuningdek, ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlar ham kiradi.
15. Xo‘jalik ishlarini ko‘rishda sudlar shartnomalarning yuzaki, bir tomonlama, aksariyat hollarda tayyorlovchi, ta’minotchi, xizmat ko‘rsatuvchi monopol tashkilotlar foydasiga va aksincha, tadbirkorlik subyektlarining zarariga tuzilayotganligi holatlariga huquqiy baho berishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan shartnomalarni tuzish va bajarishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul mutaxassislarning javobgarligi masalasini hal etishlari lozim. Bunda sudlar yetkazilgan zararni qoplash, aybdor shaxslarning moddiy javobgarligi masalalariga alohida ahamiyat bermoqlari zarur.
Sudlar Qonunning 8, 9-moddalariga asosan mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini qay darajada amalga oshirayotganliklariga baho berish bilan birga ular tomonidan ushbu me’yor talablari bajarilmagan taqdirda, Qonunda belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga shartnoma intizomi buzilishi holatlarini bartaraf etish haqida taqdimnomalar kiritish va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa ta’sir choralarini qo‘llashga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni ko‘rishga tayyorlashda, neustoyka, zararni aniqlash va qo‘llash, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llashda sudlar Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlikni belgilovchi fuqarolik qonun hujjatlarni qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli va Oliy sud Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qonunchilikni qo‘llash sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2/84-sonli qarorlari talablariga ham amal qilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |