XULOSA
ADABIYOTLAR
Kirish
Jamoat transporti uchun ajratilgan yo’laklar bu ko'pincha ma'lum kunlarda yoki vaqtlarda, odatda tirbandlik kuzatilishi mumkin bo’lgan yo’llarda, jamoat transportida tezlikni oshirish uchun ishlatiladi. Avtobus bo'laklari – bu yuqori sifatli avtobuslarning tezkortranzit tarmog'ining muhim tarkibiy qismi bo'lib, boshqa transport qatnov tufayli kechikishni kamaytirish orqali avtobusning harakatlanish tezligini va ishonchliligini yaxshilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida yo'lovchi Tashish transportini yana da rivojlantirish choralari to'g'risida"gi qarori 2017 yilning 11 mart kuni qabul qilindi. Ushbu qarorda 2017-2019 yillar poytaxt Toshkentda Jamoat transporti tizimida qilinishi lozim bo'lgan ishlar istiqboli belgilab berildi.
Unda, xususan, Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyatini yangi bosqichga ko'tarish, qatnovlar xavfsizligini yanada oshirish, yo'lovchilarga yuqori madaniyatli xizmat ko'rsatish vazifalar ko'rsatib o'tilgan.
Xususan, qarorda Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilash, shahar aholisining transportga bo'lgan ehtiyojini chuqur o'rganib, to'liq qondirish, avtosaroylarni yangi, zamonaviy avtobuslar bilan bosqichma-bosqich ta'minlab borish, metropolitenning yangi bekatlari qurib bitkazilishi, shaharda olib borilayotgan yangi ko'priklar qurilishlari inobatga olinib yangi bekat va yo'nalishlar ochish nazarda tutilgan. Shu bilan birga Toshkent halqa yo'li bilan tutash manzillarda yangi avtoshohbekatlar qurish, xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirish, avtobuslar qatnov jadvali va oraliq masofalarda belgilangan tartibga qat'iy rioya qilib harakatlanishi alohida ko'rsatib o'tildi.
Yurtimizda so’ngi yillarda olib borilayotgan jadal o’zgarishlar va qator islohotlar iqtisodning zanjiri hisoblanmish transport sohasiga ham o’ztasirini ko’rsatib kelmoqda. Bugungi kunda poytaxtimiz Toshkent shahrida jamoat transport tizimini rivojlantirish, yangi tizimlarni amalda tadbiq etishga bo’lgan e’tibor sezilarli darajada ortib bormoqda. Mamlakatimizda shahar va qishloqlarda yo’lovchi transportini tizimini rivojlantirish, aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo’yicha islohotlar olib borilmoqda.
Kurs loyihasini bajarishdan maqsad - “4-avtobus saroyi” MCHJ tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi 84-sonli “Obod turmush MFY-Gulobod ko`chasi” yo’nalishda avtobus ish ko’rsatkichlarini tizimini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |