Toshkent davlat transport universiteti
S.T. Boltayev, S.I.
Valiyev
TEMIR YO
‘
LDA MIKROPROSESSOR QURILMALARI VA BOSHQARISH
TIZIMLARI
5311000-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va
boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3 va 4-bosqich bakalavriat talabalari uchun kurs
ishlarini bajarishga doir uslubiy ko‘rsatma
Toshkent – 2021
UDK 656.25
Ushbu
uslubiy
ko‘rsatmada “Temir yo‘lda
mikroprosessor
qurilmalari va boshqarish tizimlari” fani bo‘yicha kurs ishlarini bajarishga doir
uslubiy ko‘rsatmalar keltirib o‘tilgan.
Ushbu ko‘rsatmalar “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan
talabalar uchun mo’jallangan.
Tuzuvchilar:
S.T. Boltayev – dotsent v.b.;
S.I. Valiyev
– assistent;
© Toshkent davlat transport universiteti, 2021
1.Bir iplik stantsiya rejasi
Stantsiyaning sxematik rejasi bir iplik chizmada masshtabsiz ko’rsatilgan.
Stantsiya ikki yo’nalishda toq va juft harakatlanish ega, peregondan stantsiyaga va
peregonga yo’naltirilgan asosiy yo’llar, maxsuslashtirilgan
va nomsiz
(obezlichenno’e) yo’llar, maxsuslashtirilgan yo’llardan faqat bir yo’nalishda
harakatlanish, nomsiz yo’llardan ikkala yo’nalishda harakatlanish mumkin.
Stantsiya poezdlarni qabul qilish, o’tkazish va jo’natishga, yo’lovchilarni
chiqishiga va tushishiga, yuklarni ortish va tushirishga mo’ljallangan.
Shuningdek, stantsiya rejasida izolyatsiyalovchi tutashmalarni,
svetoforlarni,
strelkalarni, yo’llar elektrifikatsiyasini, rele va batareya shkaflarini, yo’lovchilar
binolari, ETs posti, yo’llar raqamlanishi, chegaraviy ustunchalar va nazoratlanuvchi
barcha harakat ob’ektlari sxematik ravishda ko’rsatiladi.
Misol uchun kurs ishi topshirig’ida yarim stansiya berilgan bo’lib, ya’ni u
stansiyani toq (N) tomonidir. Stansiyani jixozlashda 13 ta svetofor: kirish svetofori N,
chiqish svetoforlari Ch1, Ch3, Ch5, Ch4 va Ch6, manevr svetoforlari M1, M3, M5,
M7, M9, M11 va M13 dan foydalanildi. Stansiyada IP, 2P, 3P, 4P, 5P va 6P yo’llar
va 1/3, 5/7, 9, 11, 13, 15 strelkalar mavjud. Stansiyani bir ipli rejasi 1-rasmda
ko’rsatilgan.
1-rasm. Stansiyaning bir iplik chizmasi.
Temir yo’l transportida signalizatsiya harakatlanuvchi sostavni harakatlanishda
havsizlikni ta’minash uchun va aniq uchastkada poezd
harakatlanayotgan tezligida
harakatni davom ettirish lozimligi, tezlikni kamaytirib,
ehtiyotkorlik bilan
harakatlanishi yoki butunlay to’xtashi lozimligi ko’rsatishi uchun mo’ljallangan.
Shunga muvofiq poezdga berilayotgan signallar ham uch hil belgida bo’ladi: “yo’l
ochiq”, ehtiyotkorlik bilan davom ettirilsin” va “to’xta”.
Belgilarning ko’rinishi va ma’nosi:
Agar peregondagi uchbelgili svetoforda:
• yashil chiroq - «poezdga o’rnatilgan tezlikda davom etishiga ruxsat beriladi,
keyingi svetofor ochiq»;
• sariq chiroq - «poezdga to’xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi,
keyingi svetofor yopiq»;
• bitta qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Agar besh belgili kirish svetoforida:
• bir yashil chiroq - «poezdga bekatga asosiy yo’ldan o’rnatilgan tezlikda
harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;
• bir sariq yonib-o’chuvchi chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan
o’rnatilgan tezlikda
harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki
chiqish) ochiq va undan pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi»;
• bir sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan to’xtashga tayyor holda
harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) yopiq»;
• ikki sariq chiroq, ulardan tepadagisi yonib-o’chuvchi - «poezdga stantsiyaga
pasaytirilgan tezlikda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor
(yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;
• ikki sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda, to’xtashga
tayyor holda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli
yoki chiqish) yopiq»;
• bir qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Taklif qiluvchi signal - oq (lunno-belo’y) yonib-o’chuvchi signal –
kirish va
chiqish svetoforlarida qo’llaniladi (guruhlardan tashqari). Ushbu signal poezdga qizil
chiroqli (yoki o’chirilgan) svetofordan keyinga svetoforgacha (yoki chiqish svetofori
bo’lmagan yo’lga qabul qilinayotgan bo’lsa chegaraviy ustungacha) o’tishga 20
kmG’soat tezlikda ogohlikda va harakatga to’sqinlik uchraganda zudlik bilan
to’xtashga tayyor holda xarakatlanishga ruxsat beriladi.