Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish



Download 20,67 Kb.
bet1/2
Sana11.02.2022
Hajmi20,67 Kb.
#442224
  1   2
Bog'liq
172-18gr. Samandarov X. Mustaqil ish



TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH


Kafedra: Yo’llarni loyihalsh va qurish.
Mavzu: Avtomobil yo’llarini obodonlashtirish


Bajardi: 172-18 guruh talabasi Samandarov X.
Qabul qildi:


Mavzu: Avtomobil yo’llarini obodonlashtirish
Reja:
1. Kirish.
2. Avtomobil yo’llarini obodonloshtirish to’g’risidagi qonun.
3. Obodonlashtirishning bosqichlari
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Avtomobil yo‘llarining arxitektura-badiiy tuzilishi darajasini tubdan oshirish, respublikaning avtomobil yo‘llari bo‘ylab yo‘l chekkalari polosalariga yashil nav-nihollar o‘tkazish va ularni obodonlashtirishga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha zamonaviy talablar bilan chambarchas bog‘liq holda yagona tizimli va kompleks yondoshuvni shakllantirish maqsadida:


1. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi zimmasiga avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish borasida qo‘shimcha vazifalar va funksiyalar yuklansin, quyidagilar uning ushbu sohadagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishi va landshaft dizayni qismida zamonaviy yondoshuvlarni shakllantirish va amalga oshirish borasida yagona davlat siyosatini olib borish yo‘li bilan avtomobil yo‘llariga ajratilgan polosalardagi yo‘l bo‘yi hududlarini tegishli holatda saqlash bilan bog‘liq ishlarni samarali tashkillashtirish va tizimli asosda amalga oshirish;
respublikaning har bir mintaqasidagi iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish sohasida ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni keng ko‘lamda qo‘llash orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini oqilona tashkil etish;
avtomobil yo‘llari va ularning konstruktiv elementlarini noqulay ob-havo-iqlim omillarining ta’siridan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani sinchiklab o‘rganish natijalariga ko‘ra avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni transportning bulg‘ashi va tashlanmalaridan muhofaza qilishning eng samarali va amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan zamonaviy usul va texnologiyalarini joriy etish;
idoraviy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari negizida, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llarini loyihalash, arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni sifatli tashkil etish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” (keyingi o‘rinlarda — “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK deb yuritiladi) unitar korxonasi etib qayta tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
umumfoydalanadigan avtomobil yo‘llariga ajratilgan uchastkalar chegarasidagi yo‘l bo‘yi hududlarini saqlash;
sug‘orish va yashil nav-nihollarni parvarish qilish resurslarini tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llarining zamonaviy arxitektura-badiiy tuzilishi hamda landshaft dizaynini ishlab chiqish va amalga oshirish;
dekorativ, shu jumladan yangi-yangi turdagi dekorativ o‘simliklarni chet ellardan xarid qilish yo‘li bilan ularning ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha respublika mintaqalarida dekorativ o‘simliklarning ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarini tashkillashtirish;
zarur hollarda avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va tegishli holatda saqlash borasidagi ishlarga soha tashkilotlarini jalb etish;
katta shaharlarning markaziy ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish va nav-nihollarni parvarish qilish bo‘yicha shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga ham shunday xizmatlar ko‘rsatish.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining markazini apparati tuzilmasiga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK direktori lavozimi kiritilsin, shtati 6 nafardan iborat bo‘lgan avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari tuzilmasiga avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi kiritilsin, shtat birligi 4 nafardan iborat bo‘lgan avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha tegishli bo‘limlar tashkil etilsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning avtomobil yo‘llari bo‘yicha bosh boshqarmalari huzuridagi tuman yo‘l-ekspluatatsiya korxonalari va ekspluatatsiya liniya korxonalari tuzilmasiga avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
4. Quyidagilar:
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq:
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK boshqaruv apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 24 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasi, 68-uyda joylashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi:
bir oy muddatda “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning ustavi tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
ikki oy muddatda “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK avtomobil yo‘llarini loyihalash, arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni bo‘yicha yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-yilning 1-oktabridan boshlab:
avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlari parametrlarida loyihalashtirilayotgan obyektlarga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar majburiy tartibda nazarda tutiladi, qishloq xo‘jalik ekinzorlari bilan band yer uchastkalari va tog‘-toshloq zonalar bundan mustasno;
umumfoydalaniladigan avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish, shuningdek, shaharlarning tegishli ko‘chalarini shartnoma asosida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son)
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKga dekorativ o‘simliklar ko‘chatlarini yetishtirish, ularning seleksiyasi va mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirilishi bo‘yicha dekorativ o‘simliklarning ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarini tashkillashtirish uchun sug‘oriladigan yerlar ajratib berilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘tkazish uchun mo‘ljallangan daraxt-buta navlarining yangi turlarini iqlimlashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalar tashkil etilgunga qadar “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning buyurtmanomalari bo‘yicha avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘tkazish uchun dekorativ navli daraxt-buta o‘simliklarining yuqori sifatli ko‘chatlarini shartnoma asosida berilishini ta’minlasin;
11. “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning buyurtmanomalari bo‘yicha, mansubligiga qarab, elektr tarmoqlari tortilishini va “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning ixtisoslashtirilgan dekorativ o‘simliklar ko‘chatxonalarining ehtiyojlari uchun energiya resurslari bundan buyon ham uzluksiz yetkazib berilishini, shuningdek, ularning muhandislik tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin.
12. “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKga O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, ko‘kalamzorlashtirish va o‘simliklarni parvarish qilish bo‘yicha ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan mablag‘lar hisobiga avtomobil yo‘llarini arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni sohasida eng istiqbolli mahalliy mutaxassislarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga o‘qishga va maqsadli amaliy malaka oshirishga yuborishga ruxsat berilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining “Yo‘l loyiha byurosi” MChJ tuzilmasiga yashil zonalarni loyihalash, avtomobil yo‘llarini arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘limni kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
14. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning hududiy bo‘linmalarini va uning ixtisoslashtirilgan dekorativ o‘simliklar ko‘chatxonalarini jihozlash uchun xarid qilinadigan texnika, avtotransport vositalari, uskunalar, mashina va mexanizmlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarida ko‘chat yetishtirish, seleksiya ishlari va mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilayotgan dekorativ o‘simliklar ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq;
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2018 — 2020-yillar davrida Avtomobil yo‘llarini, shu jumladan, umumfoydalaniladigan avtomobil yo‘llari va shaharlarning ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish dasturi 6-, 6a- va 6b-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 6 — 6b-ilovalar berilmaydi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur parametrlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduvaliyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi direktori M.A. Allabergenov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
15. Quyidagilar:
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK va uning hududiy bo‘linmalarini jihozlash va ta’minlash, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UKning dekorativ o‘simliklar ko‘chatlarini yetishtirish, seleksiya ishlari va mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dekorativ o‘simliklar ko‘chatxonalarini barpo etish, ko‘chatlar va urug‘larni sotib olish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
shahar ko‘chalarining yo‘l bo‘yi hududlarini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirishga uchun — mahalliy budjetlarning parametrlarida shahar ko‘chalarini saqlash va obodonlashtirish har yili nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining buyurtmanomalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining 2018-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan daromadlari va xarajatlari prognozini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK va uning tarkibiy bo‘linmalarini ta’minlashga, shuningdek, umumfoydalaniladigan avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlashga mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.

Download 20,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish