Oliy majlisning konstitutsiyaviy maqomi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — O’zbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng , to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis ko’p partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda bo’lib otgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat ko’rsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dek.da bo’lib o’tgan va u 2000— 2004 yillarda faoliyat ko’rsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat bolib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoshimcha va ozgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega bo’ldi. 2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi O’zbekiston xalqi tomonidan qo’llab quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar bo’lib o’tdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari to’g’risida" (2002-yil 4-aprel), "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’grisida" (2002-yil 12-dekabr), "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida"gi (2002-yil 12-dekabr) Konstitutsiyaviy qonunlar, "Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisida" (2003-yil 29-avgust), "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti togrisida" (2003-yil 29-avgust) kabi qonunlar tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari boyicha kop partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va togridan-togri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoli bilan saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) tarkib topadi. Senat aʼzolari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog’iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoshma majlislarida mazкur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoli bilan otkaziladi. Senatning 16 nafar azosi fan, sanat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bolgan hamda alohida xizmat кorsatgan eng obroli fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Har ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga 25 yoshga to’lgan hamda kamida 5 yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar. Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesining , viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining 25 yoshga tolgan hamda kamida 5 yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat zoligiga saylanish uchun nomzod bolishi mumkin.
O’zbekiston parlamenti keng, ko’p qirrali vakolatlarga ega. U hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsipiga asoslanib, davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonunchilik, davlat boshqaruvining muhim masalalarini koʻrib chiqishda va hal etishda ishtirok etadi, davlat byudjetini tasdiqlaydi, parlament nazoratini amalga oshiradi hamda qator davlat organlarini shakllantirishda qatnashadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qonunchilik palatasi tarkibida quyidagi deputatlar fraksiyalari: O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi, O’zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi, O’zbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi (bu uchchala fraksiya "Demokratik blok"ka birlashgan), O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi faoliyat olib borayapti. Qonunchilik palatasi deputatlari professional, doimiy asosda ishlaydi. Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining 1/4 igacha bolgan miqdorda belgilangan.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spiker va uning o’rinbosarlarini, Oliy Majlisning Senati esa Senat raisi va uning o’rinbosarlarini saylaydi.
Parlamentning Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida otkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning 1ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish quniga qadar o’tkaziladi. Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida 3 marta o’tkaziladi. Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida, shuningdek, ularning organlari majlislarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh Vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat raisi, Senat va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin. Qonunchilik palatasi va Senat alohidaalohida majlis o’tkazadilar. Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma majlislari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy hayotining , ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so’zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so’zlaganda o’tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o’tkazilishi mumkin.
Parlamentning Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatini samarali tashkil etish, qo’mitalar ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi bo’yicha takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida ularning tarkibida Kengashlar tuziladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi o’z vakolatlari muddatiga tegishincha deputatlar va senatorlar orasidan qo’mitalarni saylaydi.
Xulosa.
Mamlakatimizning oliy vakillik organi Oliy Majlisni ikki palatali etib shakllantirish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati yeti yil qilib o’zgartish taklifi bilan 2002-yili umumxalq referendumi o’tkazildi. Referendumga qo’yilgan har ikkala masala bo’yicha xalqimiz o’zining samimiy roziligini bildirdi.Natijada 2005-yildan boshlab parlamentimiz ikki palatali etib shakllanadigan bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’limotida qonun chiqaruvchi yoki Parlamentning shakllanish va takomillashish jarayonlari, bosqichlari, maqomi vavazifalari ham nazariy, ham amaliy mushtaraklikda yaxlit kvintessetsiya holida izchil uyg’unlikda kashf etildi. Professional Parlament g’oyasi mashhur “o’zbek modeli” strategic tamoyillari maqom-mundarijasi mohiyatida yaxlit mujassam bo’lgan Davlatimiz oliy vakillik organi ikki palatali etib shakllanishi ma’lum bo’lganidan keyin bir qator mavjud qonunlarimizga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi, yangi qonunlar qabul qilindi. Jumladan, 2003-yil “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 53-moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputatiSenat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo’lishi mumkin, deb ko’rsatilgan.
Foydalanilgan adabiyolar.
1. Jumayev R. Davlat va jamiyat: demokratlashtirish yo’lida. –T., “Sharq”, 2. 1998-y. 4. Xalilov E. O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi oliy organi. –T ., “O’zbekiston”, 2001. 3. Parlamentarizm: xorijiy mamlakatlar tajribasi// R.A. Alimovning umumiy tahriri ostida. –T.: “Sharq”, 2002. 4. Ziyonet.uz sayti
5. Google.com sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |