О‘tgan asrning 80-yillari oxiriga kelib, respublikaning sanoat potensialiga 1500 dan ortiq korxona, 100 dan ortiq sanoat tarmoqlari kirardi. Garchi paxta xom ashyosining 2/3 qismi, qorakо‘lning 1/3 qismi mamlakatda ishlab chiqarilgan bо‘lsa-da, respublika iqtisodiyoti gipertrofiyalangan xom ashyo yо‘nalishi bilan ajralib turdi, xom ashyoning 80 foizi qayta ishlanmasdan tashqariga eksport qilindi. Aholining 45 foizi yoki 8 million 800 ming kishi qashshoqlik yoqasida yashadi, SSSRda jon boshiga daromad oyiga 75 rubldan oshmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |