Fanning maqsad va vazifalari
Fani oʼqitishdan maqsad talabalarda transport vositalari mexanizmlari va qismlarining vazifalari, tasnifi, tuzilishi, atrof muhitga taʼsiri, ishlash jarayoni, hamda muayyan ekspluatatsion sharoitda effektiv ishlash imkoniyatini aniqlash va uning konstruktsiyasini shu sharoitda qay darajada moslashganligini baholash mezonlari boʼyicha yoʼnalish profiliga mos bilim, koʼnikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-avtomobil sanoati, transportining taraqqiyot va istiqbollari, transport vositalarini turlari, qismlari, uzellari, mexanizmlari, tizimlarning oʼzaro joylashuvini bilish;
-mexanizm agregatlarning vazifasi, tuzilishi va ishlashini bilish;
-avtomobilning texnik tavsif va oʼlchamlari xamda tashqi sharoitning ekspluatatsion xususiyatlariga taʼsirini bilish.
Ushbu fan maʼruza va laboratoriya mashgʼulotlari kabi oʼqitish turlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |