Dasturning informatsion – uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida:
- “Transport vositalari tuzilishi va ularning texnik ekspluatatsiyasi” fanining tarkibiy bo‘limlariga tegishli ma’ruza darslarida modul’ tizimiga asoslangan elektron majmuadan;
- laboratoriya mashg‘ulotlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobil, agregat va uzellari konstruksiyasini o‘rganishda ta’lim texnologiyalaridan, amaliy ish o‘yinlaridan;
- Neksiya, Matiz va Damas avtomobillari uchun tayyorlangan 4- darajali animatsiyalangan multimedialardan;
- avtomobilning agregat va uzellarini tuzilishi va ishlash jarayonini aks ettirgan o‘quv filmlari va plakatlardan foydalanish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |