“Avtomobil yo‘llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo‘llari” fanini o‘qitishdan maqsad
– talabalarga yo‘llarning yuzaga kelishi, qadimgi yo‘llar va ularning tuzilishi, avtomobil
yo‘llarining rivojlanish bosqichlari, yo‘l xo‘jaligining rivojlanishi va avtomobil yo‘llari
tarmog‘ining shakllanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni etkazish, ular tanlagan kasblarining
mohiyatini ochib berish, kasbning xususiyatlari bilan tanishtirish va qiziqishlarini yanada
chuqurlashtirishdan,ularda ushbu masalalar bo‘yicha tassavur, bilim va malakalarni hosil
qilish, hamda ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – avtomobil yo‘llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo‘lllari bo‘yicha
talabalarni nazariy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalari va ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar
- so‘qmoqlardan yo‘llarni yuzaga kelishi, qadimgi savdo yo‘llari, harbiy yo‘llar,
davlatni boshqarish uchun yo‘llar, qadimgi Rimning yo‘l tarmog‘i va ulardagi yo‘l
to‘shamasini konstruksiyalari, qadimgi Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari yo‘llari, o‘rta
asrlarda yo‘l qurilishi, sanoat inqilobi va yo‘l qurilishining rivojlanishi, O‘zbekiston yo‘l
4
tashkilotlarining yangidan tashkil etilishi,respublikada yo‘lsizlikni bartaraf etish,jadal
avtomobillashtirish davrining yo‘llari, yo‘l ilmining rivojlanish tarixi,O‘zbekiston
Respublikasining mustaqillik yillarida avtomobil yo‘llarining rivojlanishi, aloqa yo‘llarining
tasnifini, tranzit harakat yo‘nalishlarini, temir yo‘llarning rivojlanish istiqbollarini, avtomobil
yo‘llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini, daryo yo‘llari va ularga qo‘yiladigan
talablarni, aerodrom va uning asosiy elementlarini, shahar ko‘chalari va yo‘llar tasnifini,
avtomobil yo‘llarining tasnifini, avtomobil yo‘llarining elementlarini, avtomobil yo‘lidagi
sun’iy inshootlar turlarini, yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash haqida
tasavvurga ega bo‘lishi;
-yo‘l va ko‘priklar qurilish texnikasini, yo‘l poyi va to‘shamasi qurilishining
rivojlanishini,
yo‘llarda harakatning oshishi va yo‘l to‘shamasining tejamkor
konstruksiyalarini paydo bo‘lishini, avtomobillarning paydo bo‘lishi va yo‘l tarmog‘ini
takomillashishini, O‘zbekistonda yo‘l xo‘jaligini rivojlanishining asosiy bosqichlarini,
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarining rivojlanish dinamikasini, O‘zbek milliy
avtomagistrallarini, O‘zbekistonda yo‘l qurilishining istiqbollarini, yo‘l ilmining tarixini,
ilmiy maktab va yo‘nalishlar asoschilari va rahbarlarini, temir yo‘l tarmoqlarini rejalashtirish,
temir yo‘ldagi qurilmalar, shaharlarni rejalashtirish, avtomobil yo‘lini jihozlash, qatnov qismi
va yo‘l cheti kengligini, yo‘l ko‘ndalang kesimining ko‘tarmada, uymada va tog‘ yon
bag‘rida joylashishini, yo‘lning egri bo‘lagida avtomobil harakatiga ta’sir qiluvchi kuchlarni,
yo‘ldagi ko‘rinish masofasini ta’minlashni, yo‘l to‘shamasi qatlamlarini qurishda
ishlatiladigan materiallarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
-avtomobil yo‘llarining rivojlanish tarixini, undagi jarayon va hodisalarni, respublika
yo‘l tarmog‘ining shakllanish bosqichlarini, yo‘llarni loyihalashva qurish uslublarini
rivojlanishni tahlil qilish, respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati, shaharlarda transport
qatnovini tashkil qilishning asosiy xususiyatlari, aloqa yo‘llari va ularning elementlari
bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: