Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali


Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana27.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#157498
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Mustaqil talim boyisha UK

 

Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. 

 

Fanning  xususiyati,  talabalarning  bilim  darajasi  va  qobiliyatiga  qarab  ishchi  o‘quv 



dasturiga  kiritilgan  alohida  mavzular  talabalarga  mustaqil  ravishda  o‘zlashtirish  uchun 

topshiriladi.  Bunda  mavzuning  asosiy  mazmunini  ifodalash  va  ochib  berishga  xizmat 

qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor 

qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. 

 

Topshiriqni  bajarish  jarayonida  talabalar  mustaqil  ravishda  o‘quv  adabiyotlaridan 



foydalanib,  ushbu  mavzuni  konspektlashtiradilar,  tayanch  iboralarning  mohiyatini  anglagan 

holda  mavzuga  taalluqli  savollarga  javob  tayyorlaydilar.  Zarur  hollarda  (o‘zlashtirish  qiyin 

bo‘lsa,  savollar  paydo  bo‘lsa,  adabiyotlar  etishmasa,  mavzuni  tizimli  bayon  eta  olmasa  va 

h.k)  o‘qituvchidan  maslahatlar  oladilar.  Mustaqil  o‘zlashtirilgan  mavzu  bo‘yicha 

tayyorlangan matn o‘qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi. 

 

O‘quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti 



fani  bo‘yicha  mustaqil  ishlar  ko‘proq  referatlar  qo‘rinishida  bo‘lib  kelmoqda.  Referat 

talabalar  ilmiy  ishlarining  birinchi  shaklidir.  Talaba  tadqiqot  faoliyatiga  jalb  qilinib,  ilmiy 

adabiyotlar  bilan  ishlash,  statistik  va  boshqa  materiallarni  yig‘ish,  qayta  ishlash  va  tahlil 

qilish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘ladi,  o‘rganilayotgan  hodisani  tanqidiy  baholashga  o‘rganadi, 

nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi va h. k. 

 

Referat  tayyorlash  darslik  bo‘yicha  tayyorlangan  seminar  mashg‘ulotidagi    chiqishga 



qaraganda  mazmun  va  sifat  jihatdan  yuqori  bo‘lib,  shubhasiz  katta  foyda  keltiradi.  Talaba 

auditoriya  oldida  referatda  bayon  qilingan  qoidalarni  himoya  qilishga,  yoqlashga 

tayyorlanishi  kerak,  agrosanoat  kompleksi  iqtisodiyotini  o‘rganishda  bu  muhim  ahamiyatga 

ega. 


 

Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl 

talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan 

rejalashtirish,  referatni  tayyorlash  va  muhokama  qilishning  barcha  bosqichlarida  kafedra 

professor-o‘qituvchilarining  tashkiliy-uslubiy  yordami  va  maslahati  asosidagina  samarali 

amalga  oshishi  mumkin.  Bu  erda  o‘qituvchi  tomonidan  talabalarning  referat  ishlariga 

rahbarlik  qilish  qanchalik  batafsil  va  malakali  amalga  oshirilganligi  va  referatlarga  talablar 

mezoni  qanchalik  to‘g‘ri  qo‘yilganligi  albatta,  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Topshiriq 

talabalarning  referat  yozish  ko‘nikmalarini,  ilmiy  qiziqishlari  va  bilim  darajasini  hisobga 

olgan holda berilishi juda muhim.  

 


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish