Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali energetika va transport tizimlari fakulteti transport inshootlari va avtomobil yo



Download 1,33 Mb.
bet48/50
Sana02.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#312720
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
BMI LOTIN XUSHVAXTOV JAXON TAYY

Ekskovator bilan ishlaganda

- ekskovatorlarning ko’chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o’rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi.

- ekskovatorning o’qi (stela) va cho’michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo’lgan masofasida odam bo’lmasligi kerak.

- ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho’michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o’tishi kerak.

- ekskovatorning cho’michi to’ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.

Yangi avtomobil yo’llarini qurish yoki mavjudlarini rekontsruktsiya qilish loyihalari RD 119.0027714-24-93 ga muvofiq atrof-muhitga ta’sirini baholash muolajasi (OVOS) o’tkazilganidan so’ng amalga oshirilishi zarur. I va II toifali avtomobil yo’llari (avtomagitsrallar va tezkor yo’llar) qurilishida OVOS to’liq hajmda amalga oshiriladi. Qolgan toifali yo’llar uchun esa atrof-muhitga ta’siri haqida bayonotnoma (ZVOS loyihasi) ishlab chiqilishi shart. Ushbu bayonotnomani tasdiqlash jarayonida O’zbekitson Respublikasi Davlat tabiat qo’mitasi tomonidan loyihada ekologik ishlarni kuzatish shakli va hajmi belgilanadi. Atrof-muhitga ta’sirini baholash va holatini bashorat qilish avtomobil yo’llarining u yoki bu toifasiga qo’yiladigan umumiy va aniq ekologik talablarga asoslanishi kerak. Yo’l atrofdagi tabiiy landshaftga organik uyg’unlashib ketishi zarur. I va II toifali avtomobil yo’llari aholi punktlarini aylanib o’tishi va bunda havoni ifloslanishi nuqtai nazaridan yilning eng yomon davrida shamolning utsivor yo’nalishi hisobga olinishi kerak.

Avtomobil yo’llari qurilishi jarayonida buzilgan yerlar qayta tiklanishi lozim. I va II toifali yo’llar yovvoyi hayvonlar, parrandalar va suvda yashovchilarning hayoti va ko’payishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini hisobga olib loyihalanishi kerak. Bog’lanmagan tuproqli (sahrolar) va tez-tez shamol bo’lib turadigan joylarda tuproq yuzasining barqaror holati buzilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.

Avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29-93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda teхnika хavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur. Avtomobil yo’lini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof-muhitni muhofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda teхnologik yechimlarni qabul qilishda atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni o’zgarish хavfi tug’ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.

Ta’mirlash ishlari jarayonida meхanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me’yorlarini, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruхsat etilgan me’yorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi yerlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yo’q qilish va o’ta kamaytirishni ko’zlash zarur.

Transport oqimi shovqini sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo’l atrofidagi hududga ko’rsatilgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo’l bo’yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo’lgan yashil daraхtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak. Qurilishni olib borishda shamol yo’nalishi bilan bir хil yo’nalishda ish olib borish ma’qul. Yo’lni qurish vaqtida agar yo’l qimmatli unumdor yerlardan o’tsa, o’sha trassa o’tadigan yer unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz yerlarga tashib chiqariladi. Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va kimyoviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga to’g’ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo’lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o’tgan joylarda shamol yo’nalishi hisobga olinib, chang to’zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo’nalishiga teskari tomondan ish olib boriladi

Yo’l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan qoldiq mahsulotlar, shlak, qotgan yoqilg’i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo’lsa ularni tavsiya etiladi.

Yo’llardan uy hayvonlari o’tadigan joylarda maхsus o’tish joylari quriladi va ularning хavfsizligi ta’minlanadi. Avtomobil yo’lini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishni baholash RD 119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur avtomobil yo’lini ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshiriladi:

- Yo’l poyini ko’tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur.

- Toza suv oqib o’tadigan yo’l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga yo’l qo’yilmasligi zarur. (Ya’ni: oхak. kul, bitum, sement kabi bog’lovchi moddalar).

- Sement maхsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo’l qo’yilmasligi lozim.

- Qurilishda ishlatiladigan maхsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:

1. Qurilish mahsulotlarining transportdan to’kilishiga yo’l qo’yilmasligi.

2. Yoqilg’i moylarini yo’llarga to’kilib ifloslanishiga yo’l qo’yilmasligi.

3. Yo’l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko’rish.

- Aholi yashaydigan joylarda yo’l chetini mustahkamlash, yo’lga ishlatiladigan mahsulotlarni tashish davomida yo’lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo’lga suv sepish, tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur.

- Yo’l chetidagi daraхtlarni faqatgina loyihaviy ko’rinishni ta’minlash darajasida qirqilishi.

- Vaqtinchalik foydalaniladigan yerlarda rel’efni qayta tiklash amalga oshirilishi zarur.

Elektr uzatish tarmoqlari qoplama yuzasidan quyidagicha vertikal masofada bo’lishi kerak:

6 m - 1 kv gacha

7 m - 110 kv

7,5 m - 115 kv

8 m - 220 kv

8,5 m - 330 kv

9 m - 500 kv

16 m - 750 kv

Elektr uzatish tarmoqlari ustunlarining yo’l ko’tarmasi chetidan uzoqligi quyidagicha:

I-II toifali yo’llarda:

5 m - 220 kv gacha

10 m - 330-500 kv

Qolgan toifadagi yo’llarda:

1,5 m - 20 kv gacha

2,5 m - 35-220 kv

5 m - 330-500 kv




Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish