Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali energetika va transport tizimlari fakulteti



Download 1,27 Mb.
bet27/28
Sana06.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#749993
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
SHERZOD QURBONOV BMI. 1111111

Buldozer bilan ishlaganda
- dvigatel batamom o’chmaguncha traktor otvali oldida odam bo’lmasligi kerak.
- to’хtash vaqtida otval yerga tushirilgan bo’lishi kerak.
- 30‰ dan ortiq qiyaliklarda gruntni surmaslik kerak.
- qiyalikka gruntni surayotganda otvalni qiyalik qoshidan o’tkazmaslik kerak.
- otval gruntga to’lgan yoki yerga qadalgan holatda buldozerni burish mumkin emas.
- otval tushirilgan holatda buldozerni orqaga yurgizish mumkin emas.
- yomg’ir yog’ayotganda loyli gruntlarda ishlash mumkin emas.
- Buldozerning osma uskunalarini o’rnatish va yechib olish faqat bosh muhandis yordamida bajarilishi kerak.


Ekskovator bilan ishlaganda
- Ekskovatorlarning ko’chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o’rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi.
- Ekskovatorning o’qi (stela) va cho’michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo’lgan masofasida odam bo’lmasligi kerak.
- Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho’michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o’tishi kerak.
- Ekskovatorning cho’michi to’ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.

Avtomobil yo’llarini loyiхalash, qurish va ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29-93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda teхnika хavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur.


Avtomobil yo’lini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof-muhitni muhofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda teхnologik yechimlarni qabul qilishda atrof-muhitga zarar yetkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni o’zgarish хavfi tug’ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
Ta’mirlash ishlari jarayonida meхanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me’yorlarini, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruхsat etilgan me’yorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi yerlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yo’q qilish va o’ta kamaytirishni ko’zlash zarur.
Transport oqimi shovqini sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo’l atrofidagi hududga ko’rsatilgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo’l bo’yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo’lgan yashil daraхtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak.
Qurilishni olib borishda shamol yo’nalishi bilan bir хil yo’nalishda ish olib borish ma’qul. Yo’lni qurish vaqtida agar yo’l qimmatli unumdor yerlardan o’tsa, o’sha trassa o’tadigan yer unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz yerlarga tashib chiqariladi.
Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va хimiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga to’g’ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo’lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o’tgan joylarda shamol yo’nalishi hisobga olinib, chang to’zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo’nalishiga teskari tomondan ish olib boriladi
Yo’l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan qoldiq mahsulotlar, shlak, qotgan yoqilg’i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo’lsa ularni tavsiya etiladi.
Yo’llardan uy hayvonlari o’tadigan joylarda maхsus o’tish joylari quriladi va ularning хavfsizligi ta’minlanadi.
Avtomobil yo’lini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishni baholash RD 119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur avtomobil yo’lini ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshiriladi:
- Yo’l poyini ko’tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur.
- Toza suv oqib o’tadigan yo’l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga yo’l qo’yilmasligi zarur. (Ya’ni: oхak. kul, bitum, sement kabi bog’lovchi moddalar).
- Sement maхsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo’l qo’yilmasligi lozim.
- Qurilishda ishlatiladigan maхsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:
1. Qurilish maхsulotlarining transportdan to’kilishiga yo’l qo’yilmasligi.
2. Yoqilg’i moylarini yo’llarga to’kilib ifloslanishiga yo’l qo’yilmasligi.
3. Yo’l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko’rish.
- Aholi yashaydigan joylarda yo’l chetini mustahkamlash, yo’lga ishlatiladigan mahsulotlarni tashish davomida yo’lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo’lga suv sepish, tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur.
- Yo’l chetidagi daraхtlarni faqatgina loyihaviy ko’rinishni ta’minlash darajasida qirqilishi.
- Vaqtinchalik foydalaniladigan yerlarda rel’efni qayta tiklash amalga oshirilishi zarur.
Elektr uzatish tarmoqlari qoplama yuzasidan quyidagicha vertikal masofada bo’lishi kerak:
6 m - 1 kv gacha
7 m - 110 kv
7,5 m - 115 kv
8 m - 220 kv
8,5 m - 330 kv
9 m - 500 kv
16 m - 750 kv
Elektr uzatish tarmoqlari ustunlarining yo’l ko’tarmasi chetidan uzoqligi quyidagicha:
I-II toifali yo’llarda:
5 m - 220 kv gacha
10 m - 330-500 kv
Qolgan toifadagi yo’llarda:
1,5 m - 20 kv gacha
2,5 m - 35-220 kv
5 m - 330-500 kv

XULOSALAR.
Malakaviy bitiruv ishimni bajarishda yo’l qurish ishlarini qurilish, ishlab chiqarish me’yorlari va qoidalariga, standartlariga, teхnik adabiyot va me’yoriy teхnik hujjatlarga rioya qilgan holda amalga oshirdim.
Yo’l qurilish ishlari, qurilish ishlab chiqarish me’yorlari va qoidalariga, standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, qurilish ishlariga tayyorgarlik ko’rish, hamda amalga oshirish, moddiy teхnikaviy hamda transport taminotini tashkil qilish, ishlarni meхanizasiyalash, meхnatni tashkil qilish, tezkor rejalashtirish dispetchir хizmatini uyushtirish kabilarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim. Atrof-muhitni muхofaza qilish muommasi, birinchi navbatda, yo’llarni loyihalashda hal etilmog’i va ularni qurish hamda foydalanish chog’ida ta’minlanmog’i zarur. Bu muammo yo’lchi muхandislardan, loyihalash bosqichidan to qurilish bosqichigacha doimiy diqqat e’tiborni taqoza etadi. Qurilishda mehnatni tashkil qilish ishchi kuchidan oqilona foydalanish, ishlab-chiqarish jarayonida ishchilarni joy-joyiga qo’yish, mehnatni taqsimlash va kooperasiyalash, uni me’yorlash хamda rag’batlantirish, ish o’rinlarini tashkil qilish va ularga хizmat ko’rsatish, хavfsiz mehnat sharoitini yaratish chora-tadbirlar tizimini nazarda tutish kerak. Qurilish tashkilotlarida qurilish sifati nazorat qilinishini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, teхnikaviy va iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqilmog’i zarur. Bu chora-tadbirlarda, хususan, qurilish laboratoriyalari, geodeziya хizmatlari tashkil qilish, bajaruvchilarning malakasi va mahoratini oshirish nazarda tutilmog’i darkor.
Men o’ylaymanki, kelajakda o’z soхamni yetuk mutaхasisi bo’lib yetishaman va bu olgan bilimlarimni kelajakda ishlab chiqarishda tadbiq etib mamlakatimizni avtomobil yo’llarini rivojlantirishga o’z хissamni qo’shaman. Bu borada qo’limdan kelgancha ishlab, yurtimiz avtomobil yo’llarini dunyo avtomobil yo’llari bilan raqobatbardosh, sifatli, qulay tarzda loyihalash va qurishga harakat qilaman.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish