Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Fan va ishlab chiqarishninf a`loqadorligi



Download 1,41 Mb.
bet87/228
Sana16.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#375747
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   228
Bog'liq
ИТМ МАЖМУА КОМРОН

Fan va ishlab chiqarishninf a`loqadorligi. Fan va amaliyot o'rtasidagi chegara omonat va harakatchandir. Hozirgi davr sharoitlarida amaliyot o’zining deyarli har bir qadamida fanga tayanadi. Ayni shu sababli, bir tomondan, amaliy faoliyatning ilmiy asoslarini ishlab chiquvchi tadqiqotchilar, boshqa tomondan esa - tegishli ilmiy bilimlarga ega bo‘lgan va ulardan o‘z mehnatida foydalana oladigan yuqori malakali amaliy xodimlar talab etiladi. Ilmiy bilimning o‘sish qonuniyatlari. Fanning «o'sish nuqtalari». O‘z rivojlanish jarayonida fan o’zi to‘plagan bilimlar hajmini о‘stirish bilan bir vaqtda uning mazmunida ham sifat o’zgarishlari yasaydi, uni olish va asoslash usullarini takomillashtiradi, uni tashkillashtirish tizimini qayta quradi. Ilmiy bilim daraxtida yangi va yangi novdalar kurtak otadi. Yangi fanlar qanday paydo bo‘ladi? Avalambor, shuni esga olish lozimki, hozirgi fanlarning aksariyati falsafadan ajralib chiqqan (masalan, fizika, kimyo, tibbiyot, psixologiya, mantiq va h.k.) Yangi fanlarning shakllanishi biron-bir murakkab obyekt haqidagi yagona umumiy fan qismlarga ajralishi va ular ayni shu obyektning turli tomonlari yoki elementlari haqidagi ozmi-ko‘pmi mustaqil alohida fanlarga aylanishi bilan bog'liq bo’lishigan mumkin. Masalan, biologiyada jonli organizmlarni turli tomonlardan o‘rganish bilan anatomiya (organizm tuzilishi), fiziologiya (uning faoliyat ko‘rsatishi), embriologiya (homila holati), sitologiya (hujayralar tuzilishi) shug‘ullanadi. Yangi fanlar biron-bir turdagi obyektlarga doir bilimlarning yigilishi va yaxlit bir butunga birlashtirilishi natijasida paydo bo’lishigan mumkin. Bu holda «kollektor dasturi» («faqat haqda» tamoyiliga muvofiq) yangi fanni shakllantirish mexanizmiga aylanadi. Masalan, bunday dastur mamlakatshunoslikka xos («faqat Gretsiya haqida»). Ornitologiya (faqat qushlar haqidagi fan), ixtiologiya (baliqlar haqidagi fan), entomologiya (hasharotlar haqidagi fan) kabi biologik fanlar ham ayni shu prinsipga muvofiq tashkil etilgan. Ilgari odamlarga та 'lum bo’lmagan (yoki та ’lum bo’lsa ham ilmiy o'rganilmagan) yangi obyektlarni bilish natijalari ham yangi fanga aylanishi mumkin. Masalan, XVIII asrda moziydan oldin yashagan hayvonlarning qoldiqlarini o’rganish natijasida paleontologiyaga asos solingan. XX asrda ilgari odamlarga maium bo’lmagan mikrodunyo fizik tadqiqotlarning yangi sohasiga aylanadi va bu atom fizikasi, kvant mexanikasi, yadro kimyosi va boshqa fanlar yaratilishiga olib keladi.

Kompyuterlarning yaratilishi natijasida yangi turdagi mazkur texnikani ishlab chiqish va undan foydalanish bilan bog’liq bir qancha ilmiy fanlar paydo bo’ladi. Bilimlarning biron-bir sohasi alohida fanga aylanishiga ba’zan jamiyatda muayyan vazifani yechishga tug ‘ilgan ehtiyoj — ijtimoiy buyurtma» ham sabab bo’ladi. Masalan, XX asrning ikkinchi yarmida konfliktshunoslik mustaqil fan maqomini kasb etadi. 1970-yillarda e’lon qilingan bir qator ilmiy ishlarning mualliflari o‘z tadqiqotlari sohasini dam olish va turizmni tashkillashtirishning geografik jihatlari haqidagi fan - «rekreatsion geografiya» deb nomlaydilar. Yangi fan vujudga kelishi uchun asos boiib turli obyektlarni o'rganishda qoilaniladigan biron-bir metod yoki metodlar guruhi xizmat qilishi ham mumkin (masalan, spektral tahlil metodi). Metodlar bir fandan boshqa fanlarga o‘tkazilishi ba’zan ular tutashgan joyda yangi fanlar paydo bo’lishiga olib keladi (masalan, astrofizika, fizik-kimyo, biofizika, geobotanika, iqtisodiy geografiya, gen injeneriyasi va sh.k.). Nihoyat, yangi fanlar turli, ba’zan hatto bir-biri bilan uncha bogianmagan fanlari materiali sintez qilinishi va yangicha nuqtai nazardan umumlashtirilishi natijasida paydo bo’ladi. Bu yoida nisbatan mustaqil ilmiy fanlari birlashtiruvchi kompleks fanlar tashkil topishi ham mumkin (masalan, ba’zan «kompleks fanlar» deb nomlanadigan kibernetika, san’atshunoslik, madaniyatshunoslik, ekologiya va boshqa fanlar). Fanlar paydo bo‘lishining ko‘rsatilgan yo‘llari turli sabablarga ko‘ra birikishi ham mumkin. Masalan, muhim ijtimoiy vazifa yuzaga kelgan va uni echish uchun turli fanlarning ma’lumotlaridan foydalanish talab etilganida. Bu holda yangi fanning shakllanish manbaiga aylanishga qodir bo‘lgan fanlararo tadqiqotlar o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish