Ayrim shaxs har narsaga qiziqishi mumkin. Olim o‘z hayotini
bakteriyalar yoki galaktikalarni, qadimgi qo‘lyozmalar yoki joriy bozor
kon’yunkturasini, tumovni davolash vositalari yoki o‘ta halokatli kuchga
ega bo‘lgan qurol yaratish yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlashi mumkin.
Ammo har qanday ilmiy tadqiqot vaqt va mablag‘ sarflashni talab qiladi.
«Sof» ilmiy haqiqatning tagiga yetish uchun haddan tashqari qimmat
narx to‘lashga to‘g‘ri kelganida, uni izlovchilar soni sezilarli darajada
kamayadi.
Jamiyat (xalq, davlat, u yoki bu ijtimoiy guruh) o‘zi qay jihatdandir
kerakli va nimagadir foydali deb hisoblagan haqiqatlargagina qiziqish
bildiradi, qolgan haqiqatlarga esa befarq qaraydi yoki hatto ularning tan
olinishiga qarshi chiqadi (agar bu zarar keltiradi, deb hisoblasa). Jamiyat
o'ziga haqiqatdan boshqa hech narsa bermaydigan ishga pul
sarflamaydi. Haqiqiy, lekin hech kimga kerak bo‘lmagan bilim uni olish
bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lashga tayyor iste’molchilarni topmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |