Interiorizatsiya - insonning ijtimoiy-kommunikativ jarayonlarda moddiylashgan ijtimoiy (shu jumladan ilmiy) axborotni anglab etishi.
Internalizm - ijtimoiy sharoitlar fanning rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishini, albatta, inkor etmaydi, lekin bu ta’sirni ahamiyatga molik emas deb hisoblaydi.
Informatika (fransuzcha information – axborot va automatique – avtomatika) – axborot olish, unga ishlov berish, uni saqlash va taqdim etish jarayonlarini tadqiq qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarida axborot texnikasi va texnologiyasini yaratish, amaliyotga joriy etish va ulardan foydalanish masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanuvchi fan-texnika faoliyati.
Irratsionallik – aql bilan bilish mumkin bo‘lmagan, mantiqiy fikrlash bilan muvofiq kelmaydigan narsalar va hodisalar.
Iste’dod- shaxsning individual-psixologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, asosan ilmiy izlanish jarayonida eng katta kuch sifatida faol ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |