Informatizatsiya nisbatan yangi atama bo‘lib, bizga ilgari ham tanish bo‘Igan avtomatizatsiya, kompyuterizatsiya, elektronizatsiya kabi tushunchalar bilan birga ishlatilmoqda. Bir qator mualliflar fikricha, «Informatizatsiya o'ziga uchta birbiriga bog’liq jarayonni mujassamlashtiradi»1: mediatizatsiya – axborotni yig'ish, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterizatsiya - axborotni izlash, qayta ishlash vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya – axborotni yaratish va idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish jarayoni, ya’nijamiyatning intellektual salohiyatini oshirish. Bu uch jarayon, ayniqsa,ular jamiyatga jadal suratlar bilan kiritilgan ijtimoiy tizimni radikal o‘zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |