Kutubxonalarda ishlash amaliyoti: alfavit,sistemali va elektron katologlar.
Ilmiy tadqiqot tushunchasi va uni amalga oshirish bosqichlari.Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog’langan ikki tushuncha — tajriba va nazariyadan iborat.
Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
Ilmiy tadqiqot namoyon bo’lishining asosiy jihatlari: erkinlik,yozma matn va unig og’zaki matndan farqi. Ilmiy tadqiqot jarayonida inson mohiyatan o‘zligini anglaydi. Bu bilan inson nafaqat tashqi muhitda, balki o‘z ruhiyatida ham o‘zgarish yasaydi. Ilmiy ijod xilma-xil ma’naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha sonsanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo'lish - moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda obyektiv va xolis bo'lish muhimdir. Bundan ko‘rinadiki, olimlar o‘z ilmiy faoliyatining maqsadlari va metodlariga o‘zlari axloqiy nuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy me’yorlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlardan voz kechishlari lozim.
Har qanday ilmiy faoliyat matnlarda «yozma» ko'rinishda (qog ‘ozda yoki elektron) - ilmiy hisobot, ilmiy mа’ruza, referat, maqola, kitob tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishining asosida ikki shart-sharoit yotadi. Birinchidan, olim o‘z g‘oyalari va natijalarini qat’iy ilmiy tilda faqat yozma (elektron) tarzda bayon etishi mumkin.
Har qanday ilmiy ishni, hatto kichkina maqolani qog‘ozga tushirish, fikrning ifodasida ketma-ketlikga erishish muhim ahamiyatga ega, maqola yoki tezis yozish boshlovchi tadqiqotchi uchun jiddiy muammolar bilan bog‘liq, chunki jamoa oldidagi chiqishlarda osonlik bilan aytiladigan yoki odam «ichida» tafakkurida shakllangan so‘zlar va fikrlarning ifodasini o‘z vaqtida qog'ozga tushirish uchun olimga mantiqiy izchillik ko‘p hollarda etishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |