Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Aqlning ijodiy faolligi imkoniyatlari



Download 1,64 Mb.
bet35/144
Sana09.07.2022
Hajmi1,64 Mb.
#762667
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman МЕТОДОЛОГИЯ

Aqlning ijodiy faolligi imkoniyatlari.
Ijodiy tafakkurni rivojlantirish,nostandart fikrlashga o'rganishning metodik asoslarini ishlab chiqish sohasida dunyo miqyosida tanilgan mutaxassis E. de Bono samarali usul sifatida “provokatsion g'oya”
metodikasi – bir qarashda aql bovar qilmaydigan, mantiqsiz fikrni (masalan, “avtomobil` g'ildiraklari to'rtburchak bo'lishi kerak”) ilgari surib, uni baholashdan qochib, rivojlantirishni davom ettirish yo'lini taklif etadi31. Muallifning fikricha, “provokatsion” g'oyalarning baholanishiga yo'l qo'yilsa, tafakkur ularni tajribada mavjud andazalarga nomuvofiqligi sababli darhol inkor etadi.
Ijodiy tafakkurning rivojlanishi uchun esa bunday fikrlarga baho berish, ularning shaxsiy tajriba chegaralariga qanchalik sig'ishini aniqlash o'rniga ushbu g'oyalardan kelib chiquvchi keyingi yangi fikrlarga o'tilishiga erishish zarur. G'ayritabiiy fikrlardan yangi g'oyalarga o'tish jarayoni E. de Bono talqinida ushbu mantiqsiz fikrlardan foydali yechim topish, biror mantiqiy jihatdan o'rinli xulosaga kelishdan iborat bo'ladi.
Yuqoridagi qisqacha tahlildan ko'rinib turganidek, tafakkur kreativligini rivojlantirish ko'zda tutilgan metodik vositalarning aksariyati odamdan ijodiy yondashuvni talab qiluvchi topshiriqlardan iboratdir. Bu yerda turli bilish jarayonlari yoki kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashq va mashg'ulotlardagi yondashuvga analogik holatning guvohi bo'lib turibmiz.
Ma'lumki, bu toifa amaliy mashg'ulotlarning ko'pchiligida vazifa va topshiriqlar tegishli jarayonni faollashtiradigan mazmunda bo'ladi. Masalan, korrektur sinov metodikasini korrektsion-rivojlantiruvchi maqsadda qo'llash tavsiya etilishi topshiriq shartiga ko'ra odam bir tekis fonda yaqqol ajralib turmaydigan biror shaklni aniqlashi uchun atrof-muhitning chalg'ituvchi ta'siridan cheklanib, muayyan sohada diqqatini jamlashga majbur qilinishiga asoslanadi. Xuddi shuningdek, xotirani rivojlantirish maqsadiga xizmat qiluvchi metodikalar turli mnemik jarayonlarni faollashtiruvchi, xavotirlanish psixokorrektsiyasida qo'llanuvchi uslubiy vositalar tashqi xulq-atvorda dadillik hissini sun'iy namoyon etish yoki emotsiogen omilga nisbatan kognitiv ustanovkani o'zgartirishga yo'naltirilgan psixologik texnikalardan iborat bo'ladi.
Albatta, tavsiflangan uslubiy yondashuv tegishli psixik jarayon, holat va xususiyatning ichki tabiati, namoyon bo'lish va rivojlanish xususiyati haqidagi ilmiy tasavvurlarga asoslanadi. Ammo, nazarimizda, ijodiy tafakkur, kreativlik qobiliyatini rivojlantirish haqida gap ketganda, yuqorida tavsiflab berilgan yondashuv bilan chegaralanish kognitiv jarayonlar misolida bo'lganidek yuqori samarador amaliy ishning yetarlicha kafolati bo'la olmaydi. Buning asosiy sababi, bizning fikrimizcha, boshqa bilish jarayonlariga nisbatan ijodiy tafakkurning shaxs xususiyatlari bilan o'ta chuqur va murakkab munosabatda ekanligidadir.
Darhaqiqat, yuksak ijodiy qobiliyatlarni namoyon etuvchi ijodkorni biografik manbalar asosida ham bevosita empirik tekshiruv asosida ham o'rganish natijalari qayta-qayta ular nafaqat intellektual sifatlari bilan,
balki shaxs xususiyatlari sohasidagi betakror individualligi bilan ajralib turishini tasdiqlamoqda. Bu holat ijodiy tafakkurni rivojlantirish yo'nalishidagi mazmunida ham aks etishini qator mualliflarning dasturlariga asos bo'lgan ilmiy qarashlarda ham qayd etiladi. Masalan, B. Klegning ijodiy tafakkurni rivojlantirish bo'yicha intensiv kursi muallifning kreativlik darajasiga yetish besh omil – madaniy muhitning ijobiy ta'siri, maxsus metodikalardan unumli foydalanish,
shaxs sifatida rivojlanish, mental energiya va yumor hissining yuqori darajada rivojlangan bo'lishi lozimligi haqidagi tasavvurlarga asoslanadi32. Shu sababli, nazarimizda, tafakkur kreativligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ish samaradorligi nafaqat metodik vositalarning mahsuldorligi, balki shakllantiruvchi ta'sir ob'ekti bo'lgan odamda tegishli shaxs xususiyatlari qanchalik tarkib topgan bo'lishiga ham bog'liqdir.
Tavsiflab o'tilgan holatda bizning fikrimizcha, ijodiy tafakkurni faol tashqi pedagogik-psixologik ta'sir hisobiga rivojlantirishga qaratilgan ishning kafolatlangan samaradorligini oshirish uchun shaxsda ham shunday o'zgarishlarni rag'batlantirish kerakki, ular intellektual trening doirasidagi topshiriqning qabul qilinishi, yuqori ichki motivatsiya bilan bajarilishiga zamin tayyorlasin. Zamonaviy psixologik yordam amaliyoti yo'nalishlari orasida markaziy o'rinlardan birini egallagan gumanistik yondashuv metodologiyasiga ko'ra ham odamning kreativlik qobiliyatini uning shaxsi strukturasida muayyan o'zgarishlarni hosil qilmay rivojlantirib bo'lmaydi. Ijodni biror bir malakaga o'rgatganday o'rgatishning imkoniyati yo'q, kreativ bo'lmoq uchun odam sifat jihatidan va bir butun tarzda o'zgarishi talab qilinadi. Shuning uchun kreativlikni rivojlantirishning gumanistik texnologiyalari o'z mohiyatiga ko'ra salohiyatini to'la-to'kis ro'yobga chiqara oluvchi shaxsni shakllantirish texnologiyalaridan farqlanmaydi33.
Demak, bizning metodologik yondashuvimizga ko'ra, talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish ishining samaradorligi uchun ularning shaxsi sohasida ham muayyan yo'nalishdagi o'zgarishlarni hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ushbu ish tizimidan o'rin egallashi maqsadga muvofiqdir. Bunda, nazarimizda, tashqi faol ta'sir uchun shaxs strukturasining shunday sohasi va tarkibiy qismi tanlab olinishi kerakki, uning, birinchidan, ham kognitiv jarayonlar bilan, ham shaxs individual-psixologik xususiyatlari bilan kuchli aloqasi, ikkinchidan, ijodiy faollikda muhim ahamiyati qayd etilsin. Bizningcha, ushbu talabga psixologik adabiyotlarda “intellektual hissiyotlar”, “intellektual emotsiyalar”, “affektiv-kognitiv komplekslar” degan turli nomlar bilan ataladigan psixik fenomen javob beradi. Metodologik yondashuvi jihatidan farqlanuvchi turli mualliflar bilish jarayoni bilan bog'liq hissiy kechinmalarni tasniflashda, nomlashda turli xil kategoriyalardan foydalanishiga qaramay, birinchidan, bunday psixik holatning ob'ektiv mavjudligini, ikkinchidan, uning o'zi ham alohida turlarga egaligini tan olish borasida ularning ko'pchiligi yakdildirlar.
Ma'lumki, intellektual hissiyotlar deganda aqliy faoliyat davomida odamda vujudga keluvchi o'ziga xos hissiy kechinmalar tushuniladi. Turli mualliflar (K. Izard, 2000; I.A. Vasil`ev, 1998; K.K.Platonov, 1984) bunday hissiyotlar jumlasiga hissiy kechinmalarning har xil turlarini kiritishiga qaramay, deyarli barcha tasniflarda hayratlanish, qiziqish, shubhalanish kabi hissiyotlar takrorlanadi. Ushbu hissiy kechinmalarning alohida hissiyotlar guruhiga ajratilishi uchun ularning aqliy faoliyat bilan o'ziga xos funktsional-genetik aloqadorligi asos qilib olinadi. “Bunday hissiyotlar, – deb yozadi I.A. Vasil`ev, – nafaqat aqliy faoliyat davomida vujudga keladi, balki ular bunday faoliyatda yo'nalish oladi, uning muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligini aqliy faoliyat motivlari nuqtai nazaridan baholaydi va ushbu baho asosida yakunda sub'ektning bilish ehtiyojini qondirish uchun fikrlash jarayoniga faol ta'sir ko'rsatadi”34.
Ijodiy qobiliyatlar hamda ijod psixologiyasi sohasida chuqur izlanishlar olib borgan deyarli barcha tadqiqotchilar kreativ shaxslarga odatda o'ta hissiy ta'sirchanlik xos bo'lishini, ayrim buyuk ijodkorlar turli ijodiy asarlar bilan tanishish jarayonida ko'z yosh qilishgacha o'ta ta'sirlangani, hatto hushini yo'qotgani haqida ma'lumotlar mavjudligini qayd etadilar35. Negaki, barcha turdagi ijodiy faoliyat va uning mahsullarida o'ziga xos estetika, shakl nafosati, kompozitsion tartiblashganlik, tizimlilik elementlarini topish mumkin. Tadqiqotlarda kreativlik ko'pincha o'ziga ishonch, keng ma'noda go'zallikni his eta olish, qiziquvchanlik, shaxs sifatida yetuklikning yuqori darajalariga erishsa-da, olamni bolalarcha idrok etishga moyillik kabi xususiyatlar bilan yaqin aloqadorlikda bo'lishi isbotlangan.
Yuqoridagi tahliliy mulohazalar va ularga asos bo'lgan ilmiy dalillar intellektual hissiyotlarni his etishga moyillikni kuchaytirish orqali shaxsning ijodiy faollikka intilish darajasini oshirish mumkinligi haqidagi farazga asos bo'lmoqda. Biroq, albatta, ushbu farazni tekshirish uchun o'tkaziladigan empirik izlanishlar natijalariga qarab, taklif etilayotgan yondashuvning amaliy samaradorlik darajasi haqida yakuniy xulosani chiqarish mumkin bo'ladi.

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish