Markaziy Osiyoda Oliy texnik bilim tizimi shakllangan. 1923 yili texnika fakulteti muhandislik-meliorativ
fakultetga aylantirildi, 1929 yili esa uning asosida O'rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya instituti ochiladi.
1933 yilda yagona Oliy texnika bilim yurti sifatida O'rta Osiyo industrial instituti tashkil etiladi. 1949 yili bu
institut O'rta Osiyo Politexnika instituti nomi bilan yuritila boshladi. 1961 yili esa Toshkent Politexnika
institutiga aylantirildi. 1973 yilda Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan
institutga allomaning nomi beriildi O'zbekiston mustaqillikka erishgach, davlatimiz rahbari
I.A.Кarimovning tashabbuslari bilan mazkur oliy texnika dargohining universitet maqomini olishi ulkan
ahamiyatga ega bo'ldi. Mustaqillik davridan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti
Respublikamizning eng peshqadam va zamonaviy Oliy o'quv maskani sifatida nafaqat O'zbekiston, balki
dunyoning ilmiy, texnik, madaniy va ma’rifiy hayotida katta iz qoldirmoqda. Aytish lozimki, ToshDTU
bitiruvchilari ichida o`nlab akademiklar (X.M.Abdullaev, M.T.O‘rozboev, M.Z.Xomudxonov, U.O.Orifov,
К.S.Axmedov, X.G.Fozilov, V.Q.Qobulov, O.M.Akramxo‘jaev, I.X.Xamroboev, M.N.Nabiev, G'.O.Mavlonov,
X.N.Boymuxamedov, A.S.Uklonskiy, O.U.Salimov, T.M.Mirkomilov, Z.Salimov, V.R.Rahimov,
N.R.Yusupbekov), davlat mukofotlari sovrindorlari, yuzlab ixtirochilar, professor va fan doktorlarini
ko`rish mumkin. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Кarimov ham shu oily
yurtini tamomlagan. O'zining ko'p yillik tarixi davomida Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti
zaminida dunyoga kelib, faoliyat boshlagan texnika universiteti 15 ta oily texnika o'quv yurtining mustaqil
hayot oqimiga kirib borishiga barcha shart–sharoitlarni yaratib berdi. Ular orasida Farg'ona politexnika
instituti (1967 yil), Toshkent avtomobilsozlik va avtomobil yo'llari instituti (1972 yil), Samarqand
me'morchilik–qurilish instituti (1980 yil), Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti (1977
yil), Namangan muhandislik-iqtisodiyoti instituti (1993 yil), Jizzax politexnika instituti (1995 yil),
Namangan muhandislik–pedagogika instituti (1989 yil), Navoiy davlat konchilik instituti (1995 yil),
Andijon muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv instituti (1995 yil), Toshkent me'morchilik–qurilish instituti
(1991 yil), Toshkent mashinasozlik instituti (1989 yil), Toshkent kimyo–texnologiya instituti (1991 yil),
Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti (1995 yil), Toshkent davlat aviatsiya instituti (1995 yil), Nukus
industrial–pedagogika instituti (1995 yil), Angren texnika kolleji (1995 yil), Olmaliq texnika kolleji (1995
yil), Chirchiq texnika kolleji (1995yil). Toshkent davlat texnika universiteti tarkibida vujudga kelib, hayot
yo`llanmasini olgan texnika o'quv yurtlari ekanligini alohida ko'rsatib o'tish joizdir.O'zbekiston
Respublikasining hozirgi kundagi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yilda ushbu Beruniy nomidagi
Toshkent Davlat Texnika Universitetiga yurtimizning birinchi prezidenti I.A.Karimovning nomini
Do'stlaringiz bilan baham: |