Toshkent Davlat Texnika Univeristeti Elektr Energetikasi Fakulteti Muqobil Energiya Manbalari Kafedrasi Tasarrufi Ostidagi 65-21 guruh talabasi Uroqov Akbarxonning Kimyo fanidan “Anorganik birikmalar sinflari” mavzusida tayyorlagan Mustaqili



Download 77,24 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi77,24 Kb.
#665380
Bog'liq
Презентация1

Toshkent Davlat Texnika Univeristeti Elektr Energetikasi Fakulteti Muqobil Energiya Manbalari Kafedrasi Tasarrufi Ostidagi 65-21 guruh talabasi Uroqov Akbarxonning Kimyo fanidan “Anorganik birikmalar sinflari” mavzusida tayyorlagan Mustaqili ishi Tekshirdi:_________________

Anorganik Birikmalar Sinflari:

Kimyoviy elementlar 200 mingdan ortiq organik birikma hosil qiladi. Bu birikmalar quyidagi 4 sinfga bo’linadi:

  • Oksidlar
  • Kislotalar
  • Asoslar
  • Tuzlar

Oksidlar: Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari – oksidlar deyiladi. Nomlanishi: O’zgarmas valentli elementlar oksidining shu element nomiga oksid qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi. Agar element o’zgaruvchan bo’lsa qavs ichida rim raqami bilan element valentligi yozib qo’yiladi. Oksidlar kimyoviy xossalariga ko’ra 4 ga bo’linadi: 1) Asosli 2) Kislotali 3)Amfoter 4)Indeferent (Betaraf) Oksidlarning olinishi: Metal yoli metalloidning O2 bilan birikishidan hosil bo’ladi. 4Fe+3O2=2Fe2O3

Asosli oksidlar: Kislotalar va kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladigan oksidlarga asosli oksidlar deyiladi. HCl+CaO → CaCl2+ H2O Kislotali oksidlar: Asoslar yoki asosli oksidlar bilan o’zaro reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladigan oksidlar yoki kislota to’g’ri keladigan oksidlar kislotaviy oksidlar deyiladi. CaO+CO2=CaCO3 Amfoter oksidlar: Kislotalar bilan asosli oksidlar sifatida, asoslar bilan esa kislotali oksid sifatida reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladigan oksidlar amfoter oksidlar deyiladi. AI2O3 + 6HCI = 2AICI3+3H2O Indeferent oksidlar: Tuz hosil qilmaydigan oksidlarga betaraf oksidlar deyiladi. 2NO+CI2→ 2NOCI

Kislota: Kislota tarkibida vodorod atomi bo’lgan va uning o’rnini metall atomlari olishi natijasida tuz hosil qiladigan murakkab moddalar.Kislotalar tarkibidagi vodorod atomining soniga qarab bir necha negizli bo’ladi.Ular bir negizli, ikki negizli va uch negizliga bo’linadi.Kislotalar suvdagi eritmalarda negizligiga qarab bir necha bosqichda dissotsialanadi. Kislorodli kislotalar: H2SO4, H3PO4, H2CO3 va hokazo. Kislotalarning nomlanishi. Kislorodsiz kislotalarni nomlashda qaysi element kislota hosil qilgan bo’lsa, avval o’sha elementning nomi aytilib, oxiriga «-id» qo’shimchasi qo’shiladi. Mn: HCI (xlorid kislota), HF (ftorid kislota), HBr (bromid kislota), HCN (sianid kislota), H2S (sulfid kislota). Kislorodli kislotalarni nomlashda kislorod miqdoriga qarab, kislota hosil qiluvchi element nomiga «- it» , «-at» , «per-» , «gipo-» qo’shimchalari qo’shiladi.

Asoslar: Molekulasida metall atomi va bir yoki bir nechta gidroksil (OH) guruhi bo’lgan murakkab moddalarga asoslar deyiladi. Gidroksil guruhining soni metallning valentligiga teng bo’lib molekulasidagi gidroksil bir yoki bir necha bosqichda dissosialanadi. Asoslar suvga eruvchanligiga qarab 2 ga bo’linadi: suvga yaxshi eriydigan va yomon eriydigan. Suvga yaxshi eriydigan ishqorlar deb aytiladi. Ishqorlar terini, kiyimni, shisha va yog’ochni yemiradi. Shuning uchun o’yuvchi ishqorlar deb aytiladi. Davriy sistemadagi I va II guruh elementlarining gidroksidlari suvga yaxshi eriydi. Yonaki guruhchadagi III, IV, V, VIII guruh metallarining gidroksidlari suvda yomon eriydi, bular asoslar deyiladi. Asoslarning nomlanishi: O’zgarmas valentli metallar gidroksidlarini nomlashda metall nomiga gidroksid so’zi qo’shiladi. Ishqor bo’lsa, o’yuvchi ishqor ham deyiladi.

Tuzlar: Molekulasida metall atomi va kislota qoldig’i bo’lgan murakkab moddalar tuzlar deyiladi. Tuzlar molekulasining tarkibiga ko’ra 5 turga bo’ladi: 1)Normal 2)Nordon 3)Asosli 4)Ko’sh 5)Kompleks Normal tuz: Kislota tarkibidagi H2 atomlari metallarga to’liq almashinishi yoki asoslar tarkibidagi (OH) guruh kislota qoldig’iga to’liq almashinish natijasida normal tuzlar hosil bo’ladi. Nomlanishi: Metall nomiga kislota nomi qo’shib aytiladi. Nordon Tuzlar: Kislota tarkibidagi H2 atomlarining bir qismi metallga almashinganda hosil bo’lgan tuz nordon (gidro) tuz deyiladi. Nomlanishi: NaHSO4 – natriy bisulfat (yoki natriy gidrosulfat)


Download 77,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish