Toshkent davlat stomatologiya instituti


Og`iz bo`shlig`ining taraqqiyoti



Download 341,72 Kb.
bet2/7
Sana12.09.2021
Hajmi341,72 Kb.
#172458
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu 1 Og‘iz bo‘shlig‘i – dahlizi va xususiy og‘iz bo‘shlig‘i

Og`iz bo`shlig`ining taraqqiyoti.


Embrionning kalla qismida ektoderma qavatidan bo`lajak og`iz bo`shlig`i hosil bo`ladigan sohada chuqurcha hosil bo`ladi. Bu chuqurcha embrionning entoderma qavatidan taraqqiy etadigan xalqum bilan qo`shiladi. Og`iz bo`shlig`ining atrofi o`rta burun kurtaklari, yuqori jag` kurtaklari va pastki jag` kurtaklari bilan o`ralgan bo`ladi. YUqori lab va yuqori jag` hamda tanglayning hosil bo`lishi uchun o`rta burun kurtaklarini yuqori jag` kurtaklari bilan qo`shilish kerak. O`rta burun kurtaklari yuqori jag` kurtaklari bilan qo`shilmasa yuqori labda, yuqori jag`da, tanglayda yon tirqishlar holida anomaliyalar uchraydi. Bunday anomaliya holatlari bir tomonlama - unilateral yoki ikki tarafda - bilateral tirqishlar holida uchraydi.

O`rta burun kurtaklarining o`zaro qo`shilmasligidan yuqori lab sohasida, yuqori jag`da, tanglayda o`rta tirqish holidagi anomaliyalar uchraydi. Pastki lab, pastki jag` suyaklari pastki jag` kurtaklarining o`zaro qo`shilishidan hosil bo`ladi. Pastki jag` kurtaklarining o`zaro qo`shilmasligi pastki labda, pastki jag`da uchraydigan o`rta tirqish anomaliyasini keltirib chiqaradi.

YUqori jag` kurtaklari va pastki jag` kurtaklari o`zaro og`iz teshigining burchagi sohasida qo`shiladi. Bu kurtaklar qo`shilishining anomaliya holatida: katta og`iz tirqishi - macrostoma yoki kichik og`iz tirqishi - microstoma holatlari hosil bo`ladi.

Og`iz bo`shlig`i tashqi embrion parda - ektodermadan hosil bo`lgan ko`p qavatli epiteliy bilan qoplangan bo`ladi. Bu yassi epiteliydan tishlarning emal qavati rivojlanadi. Epiteliyning ostidagi mezenxima to`qimasidan esa dentin, pulpa, tsement va tish ildizini o`rab turgan periodont moddalari rivojlanadi.

Doimiy tishlar hosil bo`ladigan moddalar ham, sut tishlari singari ektoderma va mezenximadan rivojlanadi. Sut va doimiy tishlar uchun emal kurtagi umumiy bo`ladi. Kurtakning orasiga mezenxima moddasining o`sib kirishi natijasida emal kurtagi ikkiga ajraladi va doimiy tishlarning kurtagi chuqurlashadi. Natijada yuqori va pastki jag`larda 10 tadan sut va doimiy tish kurtaklari hosil bo`ladi. Embrion taraqqiyotining 5 oyida oxirgi sut tishlarining orqasida 1-chi doimiy katta oziq tishlarning kurtagi hosil bo`ladi. Tug`ilgandan so`ng, jag` suyaklarining o`sishi natijasida 6-7 oyda 2-nchi doimiy katta oziq tishining kurtagi hosil bo`ladi. 3-chi doimiy katta oziq tishlarining kurtaklari 4-5 yoshdagi bolalarda hosil bo`lishi mumkin.

Doimiy tish tanasi bilan sut tishining ildizlari orasida suyakdan hosil bo`lgan to`siq bo`ladi. Doimiy tishlarning o`sishi ko`p yadroli hujayralar - osteklastlarning suyakni yemirishi bilan bog`liq bo`ladi. Sut tishlari ildizlari atrofida esa tsementoklast hujayralari paydo bo`lib, ular sut tish ildizlarini yemira boshlaydi. Natijada doimiy tishlar chiqayotganida, sut tishlarning toj qismi - koronkasi qoladi holos.

Hazm a’zolarining ko`p qismi ichki embrional parda - entodermadan rivojlanadi.


Download 341,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish