Ajratuvchi laklar (suyuq laynerlar) bir komponentli bo'lib, ularning tarkibi quyidagilardan iborat:
- Tabiiy polimer (kanifol, sianoakrilatlar, poliuretan);
- To'ldiravchi (mis oksidi);
- Don vositalari (Ca(OH)2, ftoridlar);
- Erituvchi (atseton, xloroform, efirdan tashkil topgan bo'ladi.
Lak bilan butun bo'shliq, qirralari qoplanadi. Erituvchi bug'langandan so'ng, to'qima yuzasida polimer qavati qoladi. Laklar ko'pincha amalgamalar ishlatilganda, ortopedik koronkalarning qotirilishida ishlatilgan. Ularni polimer plomba ashyolari bilan ishlatish mumkin emas, chunki ular polimerlarning adgezivligiga negativ ta'sir ko'rsatadi. Laklarga quyidagilarni misol qilib ko'rsatish mumkin: «Copalite», Bosworth; «Silcot», Septodont; «Thermoline», Voco; «Pulpidor», Spad Dentsply.
Do'stlaringiz bilan baham: |