Bromidlarning sezilarli noxush ta’sirini yo‘qligi, bemorlarning yaxshi qabul qilishlari, ularni kunlik tibbiy ambulatoriya sharoitida ham, keng qo‘llash imkoniyatini beradi, ayniqsa keksa va qariyalarda. Brom tuzlariga o‘rganish, ko‘nikish, ruhiy va jismoniy tobelik (karamlik) rivojlanmayd NATRIY BROMIDI (kaliy bromidi). Brom preparatlari miyaning po‘stloq qavatida (ayniqsa MNS qo‘zg‘aluvchanligi ortganda) tormozlanish jarayonini mujassamlashtiradilar va kuchaytiradilar. Ushbu preparatlarning ta’siri ayniqsa nevrozlarda yorqin namoyon bo‘ladi. Qo‘llanilishi: nevrasteniya, nevrozlar, isteriya, uyqusizlik, xafaqon xastaligining boshlang‘ich davri, tutqanoq xastaligi, xoreya. Bromizmni oldini olish uchun surgi dorilar ichish,og‘iz chayish,tez-tez yuvinish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |