Dezinfeksiya Dezinfeksiya (zararsizlantirish, yuqumsizlantirish) - obyekt, muhit va buyumlardagi yu qumli kasalliklar qo'zg'atuvchilari (bakteriyalar, viruslar va boshqalar)ni yo'qotishdir. Dezinfeksiyaning asosiy maqsadi DPMlarda, aholi va bemoriar orasida yuqumli kasalliklar paydo boiishi va tarqalishining oldini olishdan iborat. Ko'zlangan maqsad yo'nalishiga qarab profilaktik va o'choqdagi dezinfeksiyalar farqlanadi. Profilaktik dezinfeksiya deb hali kasallik kelib chiqmagan joyda olib boriladigan dezinfeksiyaga aytiladi(xonalarni tozalab turish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, jamoat joylari, uy va hovlilar tozaligini saqlash va hokazolar). O'choqdagi dezinfeksiya deb yuqoridagi ishlar bajarilmaganligi natijasida kasallik kelib chiqqan joyda o'tkaziladigan dezinfeksiya tadbirlariga aytiladi. O'choqdagi dezinfeksiya o'z navbatida kundalik va yakuniy xillarga bo'linadi. Kundalik dezinfeksiya kasallik kelib chiqqan joyda, bemor borligida o'tkaziladi. Yakuniy dezinfeksiya esa, bemor tuzalib ketganidan so'ng yoki kasalxonaga yotqizilganidan keyin u yashagan xona va u yerdagi asbob-anjomlar, qoldiq narsalarni yuqumsizlantirish maqsadida o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |