Kasalxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • bolalar kasalliklarini, o'limini kamaytirish, ularning sog'lig’ini saqlashga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi choratadbirlarni tashkil etish; • statsionarda, poliklinikada, uyda bolalarga malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish; • kasalxonaga yotqazilgan bolalarning onalariga tibbiy yordam ko'rsatish, bemor bolani parvarish qilish bo'yicha maslaxatlar berish; • bolalarga davolash-profilaktika xizmatining sifati va samarasini oshirish, bolalar kasalxonasining ish formasi va usullarini taraqqiy ettirish, takomillashtirish; • tibbiyot xodimlarining malakasi va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |