O‘zRFA Sharqshunoslik institutining fondidagi 527“A” raqamli Ismoil Somoniy vaqfnomasi - Vaqfnomasining 24-50-satrlarida Ismoil Somoniy faqat o‘zining avlodlari foydasiga vaqf qilib qoldirgan yerlari sifatida Naxri Navkand, Parkat, Xo’ja O‘bon, Mazrai Alishoh, Arbobi Kata, Talli Garmoba qishloqlari, Hazorbog‘, Sobuq va Bosondiq yerlari keltirilgan bo‘lsa,
- Jo‘yi Mo‘liyon va Buxoro Registoni o‘z avlodlari bilan birga mavlolar va kambag‘al musulmonlar uchun ham vaqf sifatida qoldirilgan.
- Fuqaro’lar, ulamolar va musofirlar uchun esa Varaxsha yeri vaqf sifatida ta’sis etilganligi qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |