Hujjatlarda Buxoro tumani topografiyasi bo‘yicha muhim ma’lumotlar mavjud. - Hujjatda vaqfga o‘tkazilgan quyidagi qishloqlar - Forakan, Ushmiyun, Ibodi, Bidjugi, Margzorcha, Zaxanjiza, Xavzi Arusoni, Fatxobod kasabasi, Farishun, Razina, Kovokdiza, Kosara, Kushki Osiyoi Vobkand nomlari tilga olingan.
O.D.Chexovich asarida tilga olingan 2-hujjat - Buxoro qozikaloni Abu-l-Hamd Muhammad, ibn Abul Fazl Muhammad, ibn Muhammad Umar, ibn Mahmud al-Buxoriy tomonidan Sayfiddin Boxarziy maqbarasi va xonaqohi foydasiga berilayotgan vaqfning to‘g‘riligi va haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, 1326-yil 3 avgust kuni yozilgan. Matn shakl va mazmun jihatidan qisqacha bitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |