Mutavalli - Vaqf yerlarining boshqaruvchisi mutavalli deb yuritilgan. Mutavalli vakolatiga vaqf yerlarining ishlarini yuritish, ularni tartibga solish kirgan. Mutavalli vaqf mulki boshqaruvchisi bo‘lgani bois vaqf yerini xohlagan odamiga xohlagan shartlar asosida ijaraga berishi mumkin bo‘lgan.
Vaqf hujjatlarini dastlab 1950- yilda taniqli sharqshunos olima O.D. Chexovich ilmiy muomalaga olib kirgan. - O.D. Chexovich 1951-yilda u O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 527 “a” raqamli hujjat bo‘yicha maqola e’lon qiladi. U “XIII asr Buxoro vaqfi” kitobida ham Ismoil Somoniy vaqfnomasi haqida to‘xtalib o‘tib, bu vaqfnomada uchragan joy nomlari boshqa vaqfnomalardagi toponimlar bilan qiyoslanib, ular haqida birmuncha ma’lumotlar keltirib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |