4. Xalqaro munosabatlar tarixi: qadimgi davrdan XVI asrgacha.
Xalqaro munosabatlar muammolarining sivilizatsion darajasi: "sivilizatsiya" muammosi
va definitsiyalar muammosi. Sivilizatsiyalaming miqdoriy va sifat xususiyatlarini ajratish,
sivilizatsiya tipologiyasining muammolari: maktablar xususiyatlari va yo‘nalishlari. Xalqaro
munosabatlardagi mafkura muammolari, uning muayyan davrdagi xalqlar va davlatlar
o‘rtasidagi aloqalaming miqdoriy sifat darajalariga ta’siri.
Ilk davlatlar. "Buyuk daryolar" atrofida sivilizatsiya markazlari. Qadimgi dunyo
imperiyalari. Qadimgi Misr. Mesopotamiya. Qadimgi Hindistondagi Mohenje Daro va Harrapa
davlatlari. Qadimgi Xitoydagi knyazlar uylari. Xitoyning birlashishi. Xan imperiyasining
yaratilishi. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi birinchi davlatlar. Arab Sharqining formatsion,
sivilizatsion va geosiyosiy oMchami. Yevropaliklar kelgunga qadar Sharqiy Osiyo
mintaqasidagi xalqaro munosabatlarning retrospektiv sharhi. Sharqiy Osiyo mintaqasidagi
xalqaro munosabatlar tizimida Xitoyning yetakchilik o‘mi. Ilk o‘rta asrlarda Yaponiyaning
tashqi siyosati: ilk diplomatik missiyalari. Uch koreys davlati - Koguryo, Pekche i Sillaning
Xitoy va Yaponiya davlatlari bilan manfaatli aloqalari.
Antik merosga asoslangan Yevropa jamiyatining universalligi va xalqaro
munosabatlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi muammosi. Sivilizatsiyalar "to'qnashuvi":
varvarlar va antik dunyo, nasroniylik va islom, Yevropa hamda ko‘chmanchilar va bu
"to‘qnashuvlaming” G‘arbiy Yevropa va boshqa sivilizatsiyalaming shakllanishidagi o‘mi.
Xalqlaming buyuk ko‘chishi va uning xalqaro munosabatlarga ta’siri. Sosoniylar, Arab
xalifaligi, Saljuqiylar, Buyuk Xorazmshohlaming sharq davlatlari. Mo‘g‘ullar bosqini.
Chingiziylar sulolasi davlatlari. Usmoniylar imperiyasi.
Muqaddas Rim imperiyasining Yevropa jamiyatidagi o‘mi va roli. Rekonkista va Pireney
yarim orolida davlatlarning shakllanish jarayoni, ulaming o‘zaro aloqalari. Yuz yillik urush
(1337-1453) va uning birinchi umumevropa ko‘rinishiga ega boiishi. Urushning Yevropa
davlatlarning milliy birlashishi vamarkazlashishijarayoniga ta’siri.
Xalqaro munosabatlar kontekstida arab mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy tarixining asosiy
bosqichlari. Sharqiy Osiyodagi xalqaro vaziyat.
Amir Temur va Temuriylar davlati. Hindiston Boburiylari. Hindistonning birlashuvi.
Shayboniylar davlati.
Fransiya va Angliya o‘rtasidagi raqobatning o‘sha davr Yevropa xalqaro
munosabatlarning ko‘rinishi sifatida. Yevropa jamiyatida kapitallashuv jarayoni - ijtimoiy va
xalqaro munosabatlarning yangi davri sifatida. Buyuk geografik kashfiyotlar, ulaming global
xalqaro munosabatlar tizimining tarixiy rivojlanishi va shakllanishidagi o‘mi.
Yevropaliklarning mahalliy aholi bilan munosabatlari va mustamlakachilik muammolari.
Geografik kashfiyotlar va mustamlaka imperiyalarining Yevropa xalqaro munosabatlari va
kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |