Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix va falsafa fakulteti bitiruv malakaviy ishi


Buxoro amirligining Xitoy bilan munosabatlarida Buyuk Ipak yo’li va Sharqiy Turkistonning o’rni



Download 1,01 Mb.
bet7/12
Sana21.04.2022
Hajmi1,01 Mb.
#568987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Eshboyev Bobomurod. BMI 2020 ENG SO\'NGGI

Buxoro amirligining Xitoy bilan munosabatlarida Buyuk Ipak yo’li va Sharqiy Turkistonning o’rni

Sharqiy Turkiston Sharq bilan Gʼarbni bogʼlab turgan Buyuk ipak yoʼlidagi muhim hudud boʼlib, qadimgi davrlardan boshlab yirik davlatlarning eʼtiborini tortib kelgan. Аyniqsa, XVIII asrda bu hududni egallash istagi Xitoy davlatiga tinchlik bermagan. Shuning uchun Xitoy olib borgan harbiy harakatlari natijasida 1759-yilda Sharqiy Turkistonda oʼz hukmronligini oʼrnatishga muvaffaq boʼlgan va Sinzyan yaʼni Shinjon (Yangi chegara) nomi bilan Xitoyga qoʼshib olingan. Shu davrdan boshlab Sharqiy Turkiston “Nanlu bachan” (Janub yoʼlidagi sakkiz shahar) deb atalgan.


Sharqiy Turkistonning geografik joylashuviga kelsak, u uch tomondan togʼlar bilan oʼrab olingan, shimolda Tyan-Shan, gʼarbda Bolor va janubda Kunlun togʼlari bilan qamrab olingan. Bu togʼlar Markaziy Osiyoning eng baland tizmalari boʼlib, Xitoy imperiyasi Gʼarbiy oʼlkasining tabiiy chegaralari hisoblanadi. Sharqda Sharqiy Turkiston chegaralari Maxay va Komul gobi choʼllari orqali oʼtgan.
Sharqiy Turkistonga boruvchi va undan qaytuvchi yoʼllar qisman daralar, qisman yassi togʼlar orqali oʼtgan. Savdo yoʼllari koʼplab qiyinchiliklarga toʼla va xatarli boʼlgan. Bu yoʼllar orqali oʼtgan sayyoh gohida koʼtarilib, gohida pastga tushib yurishi, tor soʼqmoqlar orqali oʼtishi, jar yon-bagʼirlari orqali yurishi mumkin edi27.
1858-1859-yillarda Ch.Valixonovni butun dunyoga jasur sayyoh va iste’dodli sharqshunos shuhratiga muyassar qilgan Sharqiy Turkiston sayohatiga chiqqan. Yuqorida koʼrib chiqqanimizdek, baland Tyan-Shan va Kunlun togʼlari bilan oʼrab olingan, manjur-xitoy hukumati tomonidan tashqi dunyo bilan aloqa oʼrnatishidan qattiq qoʼriqlab turilganligi sababli bu mamlakat jahon fanida nomaʼlum edi.
Rus maʼmurlari Xitoy bilan savdo aloqalarini oʼrnatishdan judayam manfaatdor edilar. Rossiya bilan Xitoy oʼrtasida asrlar davomida muzokoralar olib borilgan, ammo ular oʼrtasida rasmiy shartnoma tuzilmagan. Faqat, 1851-yilda Rossiya bilan Xitoy oʼrtasida Kulja shartnomasi imzolangan. 1881-yilda Rossiya va Xitoy oʼrtasida tuzilgan savdo shartnomasiga binoan ayrim tovarlar, choy, spirtli ichimliklar va kumushdan tashqari hamma tovarlar chegaradan bojsiz oʼtkazilgan. Rossiyaning bunday shartnomani imzolashidan koʼzlagan maqsadi, rus tovarlarini sotish uchun yangi bozorlarni egallashdan iborat boʼlgan. Rus ekspeditsiyalari savdo yoʼllarini har tomonlama oʼrganib chiqqan, ular nafaqat Rossiyaning Xitoy bilan savdo munosabatlarini oʼrnatish masalasiga, hattoki, Xitoyning, jumladan, Sharqiy Turkistonning Oʼrta Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarini ham tadqiq qilishga eʼtibor qaratgan. Rossiya tomonidan joʼnatilgan ekspeditsiyalar qatoriga 1858-1859-yillarda Ch.Valixonov28 boshchiligida tashkil qilingan ogʼir va xavfli Sharqiy Turkiston sayohatini kiritish mumkin.
Tadqiqotchi Ch.Valixonov keltirgan maʼlumotlarga tayanib aytish mumkinki, Sharqiy Turkiston shaharlari bilan Oʼrta Osiyo xonliklari, jumladan Qoʼqon xonligi oʼrtasida doimiy savdo-iqtisodiy aloqalari davom etib turgan. Ch.Valixonovning taʼrifiga koʼra, oʼsha davrda Fargʼona vodiysidan Koshgʼarga eltuvchi ikkita karvon yoʼli va otda yurish uchun moʼljallangan yoʼllar boʼlgan. Ularning bittasi, Аndijondan Oʼzgand, Chadirkoʼl va Toinboshi daryosi orqali oʼtuvchi yoʼl, ikkinchisi Terektin-Dovon yoki Koshgʼar togʼlari orasidagi tor yoʼl hisoblangan. Birinchi yoʼl orqali Oʼrta Osiyo Xitoy bilan qadimdan savdo qilib kelgan. XVII asrning oxirida bu yoʼlning ahamiyati pasaya boshlagan, XIX asr oʼrtalarida esa undan baʼzan andijonlik savdogarlar foydalanishgan. Bu yoʼl oʼz oʼrnini Oʼshdan Koshgʼarga boruvchi Terektin yoʼliga boʼshatib bergan. Fargʼona vodiysidan Terektin orqali Koshgʼarga boradigan karvon yoʼli qadimdan maʼlum boʼlib, undan yil boʼyi savdo karvonlari qatnab turgan. Terektin yoʼli yoqilgʼi va ozuqaga boy boʼlib, Qoʼqondan Koshgʼarga 18 kunda yetib borilgan29.
Bolor yoki Oloy tizma togʼlarida ham togʼ yoʼli mavjud boʼlgan. Bolor – Kunlun togʼ tizmalarining shimoliy tarmogʼi boʼlib, uning davrida Sarikoʼl va Koshgʼar tizmalari nomi bilan atalgan. Ch.Valixonovning yozishiga koʼra, Bolor orqali bittagina karvon yoʼli oʼtgan boʼlib, Badaxshon yoʼli deb ataladi. Badaxshon yoʼli juda ogʼir boʼlib, faqat otlardagina yurish mumkin boʼlgan. Yorkentdan kelayotgan yoʼl Badaxshon orqali Xulum (Shimoliy Аfgʼonistondagi Xulm daryosi etagida joylashgan Toshqoʼrgʼon shahri)ga, u yerdan Buxoro va Kobulga borgan. Bu yoʼl orqali karvon 65 kun yurgan. Pomirdan koʼplab karvon yoʼllari oʼtgan boʼlib, bu yoʼllarda qirgʼizlar yashagan. Bu yoʼllarning hammasi Qoʼqon xonligi yoki Qorategin (Tojikistondagi Vaxsh-Surxob daryosining oʼrta oqimidagi joy, Аvval Pomir bekligi deyilgan, 1877-yildan Buxoro amirligining Qorategin bekligiga aylantirilgan XIXasrning 70-yillarining oxirlaridan ) va Darvoz (avval Pomir bekligiga kirgan, Sharqiy Buxorodagi yarim mustaqil beklik hisoblangan, 1878-yildan Buxoro amirligiga toʼliq qoʼshib olingan )ga borgan. Kunlunda yana bir qancha yoʼllar boʼlib, ular Yorkentni Kashmir va Qoraqurum bilan bogʼlab turgan. Qoraqurum orqali Sharqiy Turkiston Tibet va Hindiston bilan bogʼlangan. Tibet orqali ham Hindistonga boradigan yoʼllar mavjud boʼlib, yoʼlning nihoyatda ogʼirligi va ozuqaning kamligi karvonlarga qiyinchiliklar tugʼdirgan. Bu yoʼlda otdan va qoʼtoslardan foydalanilgan. Shu tufayli Hindiston tovarlari Sharqiy Turkistonga Buxorodan Terektin yoʼli orqali keltirilgan.
Demak, Sharqiy Turkiston baland togʼlar bilan oʼrab olinganligi sababli boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari oʼrnatishda baʼzi qiyinchiliklarni tugʼdirgan. Faqat Tyan-Shan tarmogʼi orqali Oqsuvdan Bolor yoʼli bilan kesishgan joygacha baʼzi qulay yoʼllar mavjud boʼlgan.
Ch.Valixonovning guvohlik berishiga koʼra, oʼsha vaqtda savdo karvoni uchun faqat Terektin yoʼli eng qulay yoʼl hisoblangan. Bu yoʼl nihoyatda serqatnov boʼlib, har kuni karvonlar qatnab turgan. Аyniqsa qish qattiq kelgan yillari hamma togʼ yoʼllarini qor qoplaganligi sababli faqat Terektin va Muzat yoʼllari oʼtish uchun qulay boʼlgan. Togʼ yoʼllari noyabrda, baʼzan oktyabr oylarida yopilgan va mart yoki aprel oylarda ochilgan.
Sayyohlar Sharqiy Turkiston shaharlarini bir-biriga bogʼlab turadigan ichki savdo yoʼllari haqida ham maʼlumotlar qoldirishgan. Ch.Valixonovning yozishiga koʼra, Yorkent, Koshgʼar va Oqsuv shaharlarining Xitoy bilan savdo aloqalari juda qulay yoʼllar orqali oʼtgan. Karvon yoʼllarining barchasida urten deb atalgan bekat-qoʼnimgohlar qurilgan boʼlib, ularda 15-20 ta xitoylik va turkistonlik oilalar yashagan. Ular choparlarga yom majburiyatini oʼtashlari kerak edi. Bu yerda xabar beruvchi mayoqlar oʼrnatilgan. Mayoqlardan urush yoki qoʼzgʼolon xavfi tugʼilsa xabarni tez yetkazish maqsadida foydalanilgan. Bekatlarda karvonlar uchun yem-xashak va oziq-ovqatlar saqlangan30.
Oqsuv shahridan oʼtgan markaziy savdo yoʼllari Xitoy, Ili vodiysi, va Sharqiy Turkistonning hamma shaharlariga borgan. Xitoydan gʼarbga kelayotgan yoʼl Kumulda ikki tarmoqqa boʼlingan: biri “shimoliy yoʼl” - Jungʼoriyaga, ikkinchisi “janubiy yoʼl” - Sharqiy Turkistonga borgan. Janub yoʼli gʼarb yoʼnalishida Pichan orqali Turfonga, undan Xarashar, Kucha va Oqsuvga borgan. Oqsuvdan Uch-turfan, Koshgʼar, Yorkent va undan Xoʼtonga karvon yoʼli oʼtgan.
Ch.Valixonov Koshgʼarga sayohat qilgan kezlarda Sharqiy Turkistondan qazib olinadigan yer osti boyliklarini ham eʼtibordan chetda qoldirmagan. Bu yerdan nashatir, achchiqtosh, selitra, nefrit, yashma toshi qazib olinishi, ammo kumush, temir va qoʼrgʼoshin, koʼmir konlari hali ochilmaganligini xabar beradi. U aholining togʼ-kon sanoatini yaxshi bilmasligi, togʼlardagi qazilma boyliklardan foydalana olmayotganligini kuyinib yozgan edi. Qoʼqonliklar Tyan-Shan togʼlaridan boshlangan Sirdaryoning yuqori oqimida oltinni hali ham primitiv usulda qazib olayotganligini, Аndijondan sharq tomondagi togʼlarda kumush rang qoʼrgʼoshin mavjudligini xabar qilgan31.
Sharqiy Turkiston shaharlari haqida aniq maʼlumotlar Ch.Valixonov asarlarida tilga olinadi. Masalan, Koshgʼar toʼgʼrisida xabar berib, unda 16 ming xonodon yashashi, shahar 12 verst keladigan, 6 ta minorali devor bilan oʼralgani, shaharga ikkita “sharqiy” va “gʼarbiy” darvoza orqali kirilgan deydi. Shahar ikki qism, eski shahar “Kune shahar” va yangi “Yangi-qoʼrgʼon”ga boʼlingan. Eski shahar ikki mahallaga: Chorsu va Ombarchi, Yangi shahar esa toʼrtta mahallaga: Oʼrdaoldi, Ustenboʼyi, Yumaloq shahar va Аndijon-koʼchaga boʼlingan.
Koshgʼarda 8 karvonsaroy va 2 ta bozor (Аytga va Chorsu) mavjud. Karvonsaroylar orasida eng kattasi Аndijon saroy hisoblangan. Bu karvonsaroy markaziy maydonda qurilgan, bu yerda qoʼqon bojxonasi joylashgan boʼlib, u yerda keltiriladigan va olib ketiladigan tovarlardan soliq undiradi. Qoʼnoq-saroyda margʼilonlik, shahrisabzlik va afgʼon savdogarlari joylashgan. Bundan tashqari boshqa karvonsaroylar ham boʼlib, ulardan eng mashhurlari Oʼratepa, Yorkent, Oqsuy karvonsaroylari hisoblangan. Oʼratepa karvonsaroyida buxoroliklar va oʼratepalik tojiklar joylashgan. Demak, yuqoridagi misollardan koʼrinib turibdiki, Koshgʼarda oʼrtaosiyoliklardan qoʼqonlik, andijonlik, margʼilonlik, buxorolik, shahrisabzlik savdogarlar doimiy yashab, savdo-sotiq bilan shugʼullangan. Koshgʼarda qoʼqonlik, andijonlik, namangonlik va toshkentlik savdogarlar umumiy nom bilan “andijonliklar” deb atalgan.
Sharqiy Turkistonda yashovchi chet elliklar soni toʼgʼrisida Ch.Valixonov asarlarida qimmatli maʼlumotlarni uchratish mumkin. U – “Muxojirlarning aksariyati Koshgʼarda istiqomat qiladilar..., faqat andijonliklarning oʼzi taxminan olti mingga boradi. Koshgʼardagi chet elliklar mahalliy xalqning toʼrtdan bir qismini tashkil etib, 145 ming jongga boradi32”, deb yozadi .
Sharqiy Turkistondagi eng katta shahar Yorkent hisoblanadi. Shahar xonlar qarorgohi boʼlib kelgan. Xitoy tomonidan tayinlangan shahar noibi “xebe-amban” unvoni bilan shaharni boshqargan. Shahar devor bilan oʼralgan va unga 4 ta darvoza orqali kirilgan. Shaharning bosh koʼchasi Oltin darvozadan Kabagat darvozasigacha doʼkonlar, omborlar, qovoqxonalar, saroylar va Chorsu savdo markazi joylashgan. Shahar mahallalarga boʼlingan boʼlib, ulardan Oqsaqol koʼchada badoxshonlik va andijonliklar yashagan.
Ch.Valixonov Sharqiy Turkiston shaharlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hunarmandchilik tovarlari, ichki va tashqi bozorga moʼljallangan mollar toʼgʼrisida ham maʼlumot toʼplagan. Jumladan, “daba” deb ataluvchi mato qirgʼizlar dashtiga, Gʼulja, Qoʼqon va Toshkentga, boʼz va chakmon qirgʼizlarga hamda Qoʼqon va Buxoroga ham joʼnatilgan.
Maʼlumotlarga koʼra, Oʼrta Osiyolik savdogarlar Koshgʼarda katta mavqega ega boʼlishgan. Sharqiy Turkiston savdosi qoʼqonlik va buxoroliklar qoʼlida toʼplangan. Bozorlarda asosiy eʼtibor choy savdosiga qaratilgan. Uning ahamiyatini yaxshi tushungan Ch.Valixonov rus sanoatchilari va savdogarlariga choy savdosiga alohida eʼtibor qaratishlari lozimligini eʼtirof qilgan. Choy savdosining asosiy markazi Oqsuv boʼlib, u bilan xitoyliklar shugʼullangan. Choy bu yerdan Koshgʼar va Yorkentga olib ketiladi, undan Oʼrta Osiyoliklar xarid qilishgan33.
Xitoy yoki Sharqiy Turkistondan Oʼrta Osiyoga olib ketiladigan choyning miqdorini aniqlashning imkoni boʼlmagan. Ch.Valixonovning maʼlumotiga koʼra, Oʼsh bojxonasi orqali har yili 50-80 ming otda choy olib oʼtilgan. Buxorolik va badaxshonlik savdogarlar Yorkentdan ham choy keltirishgan. Bornsning maʼlumotiga koʼra, 1832-yilda buxoroliklar Yorkenddan 950 otda yoki 200 ming fut choy olib kelishgan.
Oʼrta Osiyo bilan Sharqiy Turkiston oʼrtasidagi savdo-sotiqning eʼtiborli tomoni shundaki, buxorolik savdogarlar orqali Koshgʼarga hatto yevropa tovarlari ham kirib kelgan ekan. Masalan, tiniq qizil va alvon rangli shveytsariya chitlari, fransuz va ingliz gazlamalari, ingliz va amerikaning kolenkor-qalin surp matolari keltirilgan. Bundan tashqari Buxorodan opium, qoʼzi terisining donador va qorakoʼl kabi xillari, Hindistondan gujorat parcha matolari va indigo keltirilgan.
Koshgʼarga Oʼrta Osiyo davlatlaridan shoyi gazlamalar, gulbara deb ataluvchi yupqa shoyi, padshoi va beqasam, tiniq rangli yarim ipak matolar keltirilgan. Sifatiga qarab bu matolarning bir boʼlagi 5 rubldan 20 tiyingacha sotilgan. Bu ip va ipak gazlamalar asosan Qoʼqon, Margʼilon, Namangan va Xoʼjandda toʼqilgan.
Demak, Koshgʼarga turli oʼlkalardan tovarlar olib kelib sotilgan. Ch.Valixonov34 Koshgʼarda sotilayotgan rus tovarlariga diqqatini jalb qilgan. Rus tovarlari Oʼrta Osiyo va ingliz tovarlariga nisbatan koʼproq sotilayotganligi va bozori chaqqonligini eʼtirof qilgan. Koshgʼarga ingliz tovarlari Buxoro orqali keltirilganligi va u yerda boj olinganligi, Koshgʼarda yana soliqqa tortilganligi sababli ularning narxlari koʼtarilib ketganligini aytadi. Shuning uchun Koshgʼarda ingliz tovarlari rus tovarlariga nisbatan ancha qimmat turgan. Ingliz matolari rangdor va sharqona gullar bosilgan boʼlsa ham, rus matolariga nisbatan sifati past sanalgan, tezda rangi oʼchib ketgan va pishiq toʼqilmagan. Bundan koʼrinib turibdiki, Koshgʼar bozorlarida rus tovarlari bilan ingliz tovarlari oʼrtasida raqobat sezilib turgan. Ch.Valixonovning keltirgan maʼlumotlari rus sanoatchilarini Sharqiy Turkiston aholisi talabiga mos tovarlar ishlab chiqarishga va shu yoʼl bilan bozorlarni egallashga undagan boʼlishi mumkin.
Sayyoh rus sanoatchilar osiyoliklarning talabiga mos tovarlarni ishlab chiqishni yoʼlga qoʼysa, ingliz tovarlarini bu bozorlardan siqib chiqargan boʼlar edi, deb hisoblaydi. Fikrining dalili sifatida avvallari Buxoro va Qoʼqonda salla uchun inglizlarning oq muslin matosi ishlatilganligi, qachonki ruslar shunga oʼxshash matoni ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼygandan soʼng bu tovarni Hindistondan keltirish toʼxtaganligi, yoki rus movuti ingliz movutini na faqat Oʼrta Osiyo, balki butun Xitoy bozoridan siqib chiqarganligini eslatib oʼtgan.
Sharqiy Turkistonga Tyan-Shan, Talas Chuv va Issiqkoʼldan chorva mollari haydab kelib sotilgan. Koshgʼarga bir yilda 200 ming bosh qoʼy haydab kelingan.
Sharqiy Turkistondan Oʼrta Osiyoga olib chiqiladigan tovarlar xususida ham maʼlumotlar mavjud. Jumladan, Sharqiy Turkistondan paxta (uning bir pudi 8-12 tanga turgan (1r.60k. – 2r.40k.)), Koshg’ar matosi (bir tuya mato (15-16 pud) 8-14 tillo turgan), Xoʼtondan shoyi matosi olib kelingan. Xoʼton shoyisi 7-9 tillo, Koshgʼarda 8-11 tillo, Qoʼqonda esa 12-14 tillo, Buxoroda 16-17 tilloga sotilgan35.
Yuqorida eslatib oʼtganimizdek, Xitoydan Oʼrta Osiyo bozorlariga asosan choy eksport qilingan. Oʼrta Osiyoliklar choyning sebet, fu, otbosh va koʼk choy navlarini xush koʼrgan. Inglizlar Oʼrta Osiyodagi choy savdosini qoʼlga kiritish maqsadida choyni Buxoroga Bombay orqali olib kelishga urinishgan. Ch.Valixonovning maʼlumotiga koʼra, oq va gura choylarining bir qutisi (4 pud) 65-70 tillo, oʼrta nav choy 38-42 tillodan sotilgan. Natijada Hindistondan keltirilgan choy nisbatan arzon narxda sotilgan boʼlsa ham, bombay choyi xaridorgir boʼlmagan. Chunki Koshgʼardan keltiriladigan choy oʼzining xushboʼy hidi va ajoyib tami bilan bombay choyidan ustun boʼlgan.
Berilgan xabarlarda, Ch.Valixonov 1825-yildan boshlab Rossiyaning Sharqiy Turkiston bilan savdo aloqalari uzilib qolganligini eʼtirof qiladi. Bunga togʼli hududlardan oʼtuvchi yoʼllarning ogʼirligi, qirgʼizlarning talonchiliklari sabab boʼlishi mumkin, deb koʼrsatgan. Tadqiqotchi Rossiya savdogarlarining eʼtiborini tortish maqsadida yoʼllarning xavfsizligi taʼminlanganligini, qulay savdo yoʼllari mavjudligini taʼkidlaydi. U Rossiya bilan Koshgʼar oʼrtasida oʼzaro savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay yoʼlni taklif qiladi. Jumladan, u Issiqkoʼldan Koshgʼargacha 12 kunlik yoʼl, Terektin–Davangacha esa 8 kunlik yoʼl yuriladi, agarda “Chu daryosining yuqori oqimi qoʼlga kiritilsa va qoʼqonliklarning taʼsiri bartaraf qilinsa, Koshgʼarda bizning (ruslarning) savdo munosabatlarimizga yaxshi shart-sharoit yaratiladi”, deb hisoblagan. Demak, Ch.Valixonov Rossiyaga janub oʼlkalarini egallash, Qoʼqon xonligi tasarrufidagi qirgʼizlar yashaydigan hududlarni qoʼlga kiritish taklifini berayotgan koʼrinadi.
Rossiya hukumati Sharqiy Turkiston bilan savdo aloqalari oʼrnatishdan manfaatdor mamlakat sifatida u yerdagi siyosiy vaziyatni va savdo yoʼllarini har tomonlama oʼrganib chiqqan. Hattoki, Ch.Valixonov Sharqiy Turkistonda tez-tez sodir boʼlib turadigan qoʼzgʼolonlar rus savdosiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkinligini kuyinib gapirgan. Yana u Koshgʼarda katta taʼsir kuchiga ega boʼlgan qoʼqonlik oqsoqollar ruslarning savdo aloqalariga toʼsiqlik qilishi mumkinligini ham eʼtibordan chetda qoldirmagan.
Rus hukumati doiralari Rossiya Sharqiy Turkiston bilan bevosita savdo aloqalarini oʼrnatishga muvaffaq boʼlsa, qoʼqonliklarning savdo munosabatlaridagi taʼsiri va siyosiy mavqeiga putur yetgan boʼlar edi. Natijada Sharqiy Turkiston bozorlari bevosita ruslarning qoʼlida jamlanar, rus tovarlarini erkin sotadigan bozorga ega boʼlar edi, degan xulosaga kelingan boʼlishi ehtimoldan xoli emas.
Buyuk ipak yoʼli Oʼrta Osiyo bilan Sharqiy Turkistonni bir-biri bilan chambarchas bogʼlab turgan. Bu yoʼl nafaqat Oʼrta Osiyo va Sharqiy Turkiston, balki jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qoʼshgan. Buyuk ipak yoʼli davlatlar oʼrtasidagi diplomatik munosabatlarning oʼsishiga, savdo aloqalarining rivojlanishiga, shaharlarning gavjumlashuviga, hunarmandchilikning taraqqiyotiga, madaniy aloqalarning kengayishiga, ilmiy bilimlarning rivojlanishiga, yozuv madaniyatining shakllanishi va taraqqiyotiga imkoniyat yaratib bergan36.
Bir necha asrlardan buyon Sharq bilan Gʼarbni bir-biriga bogʼlab kelgan Buyuk Ipak yoʼli savdo-iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy muloqot yoʼli boʼlib hisoblanadi. Mustaqillik yillarida bu yoʼlga alohida ahamiyat berilishi esa xalqlar va davlatlarning taraqqiyot, tinchlik va oʼzaro hamjihatligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Oqsuvdan Koshgʼargacha boʼlgan qismida Tyanshan baland togʼ tizmalarida iborat. Bu qirgʼizlarda Sirt deb ataladi. Sirt orqali juda koʼp karvon yoʼllari oʼtgan boʼlib, tuyalarda yurishga moslashgan. Koshgʼardan gʼarbda Tyanshan bir nechta tarmoqlarga ajraladi. Bu togʼlar oʼrmonlar bilan qoplangan. Bu hududda otda yurish uchun moʼljallangan yoʼllar koʼp va ikkita karvon mavjud. Bu ikki karvon yoʼli Fargʼona vodiysidan Koshgʼarga olib boradi. Biri Аndijondan Oʼzgand, Chadirkoʼl va Toinboshi daryosi orqali Koshgʼarga boradi. Boshqasi esa Terekti-Dovon orqali Koshgʼarga eltadi. Terekti-Dovon Koshgʼar tor darasi deb ataladi. Birinchi yoʼl orqali qadimdan Osiyo Xitoy bilan bogʼlangan. Bu yoʼlning qadimdan Osiyoni Xitoy bilan bogʼlaydigan yoʼl boʼlganligi, aynan shu yoʼl orqali moʼgʼul bosqinchilari kirib kelganligi, XIX asr oʼrtalarida aynan shu yoʼldan ahyon-ahyonda andijonliklar foydalanayotganligi, ular shu yoʼl orqali qirgʼizlar bilan mol ayrboshlayotganliklarini eʼtirof etgan. Bu yoʼl ahamiyati hozirda, yaʼni Ch.Valixonov Qashgʼarga sayohat qilgan davrida Oʼshdan Koshgʼarga boruvchi Terektin yoʼliga oʼtganligini eʼtirof qilgan. Bu yoʼldan yil davomida har kuni yuk ortilgan otlar turnaqator boʼlib oʼtadi. Terektin yoʼli yoqilgʼi va yem-xashaklarga boy. Bu yoʼl orqali karvon Qoʼqondan Koshgʼargacha 18 kunda oʼtishi mumkin37.
Bolor, andijonliklar tilida Oloy oʼtish qiyin, uning sharqiy tomoni baland va sovuq yassitogʼ tizmalaridan iborat Pomir togʼlari bilan oʼralgan. Bu yoʼllarga faqat qirgʼizlar yozda chiqishlari mumkin. Bolordan faqat bitta karvon yoʼli boʼlib, u ham boʼlsa Badaxshon yoʼli hisoblanadi. Bolor yoʼli juda qiyin va faqat otda yurishga moʼljallangan. Bdaxshon yoʼli orqali Yorkentdan Xulmga, undan Buxoro va Kobulga borgan, karvon Buxorogacha 65 kun yurgan. Pomir togʼida tutashgan karvon yoʼllari koʼp boʼlib, ular asosan qirgʼizlar tomonidan yurilgan. Bu yoʼllarning hammasi Qo’qon xonligiga yoki Qoretegin va Darvozga olib boradi deyilgan. Bu maʼlumotlarga tayanib, bu yoʼllarga yangi davrda asos solingan emas, bu yoʼllar orqali qadimda ham oʼrta asrlarda ham, va keyingi davrlarda ham serqatnov boʼlgan, degan xulosaga kelish mumkin. Pomir yoʼli Sharqiy Turkiston bilan Qoʼqon xonligini bir-biriga bogʼlagan ekan. Fargʼonaga xonlikning asosiy shaharlari sifatida eʼtibor qilinsa, demak ilk oʼrta asrlarda ham Fargʼona Sharqiy Turkiston bilan tinimsiz karvon yoʼllari orqali bogʼlanib turgan. Muallif bundan tashqari Kunlundan Kashmirga boradigan yoʼllar, yoki Qoraqurum orqali Sharqiy Turkistonning Tibet va Hindiston bilan bogʼlaydigan yoʼllar mavjudligi toʼgʼrisida maʼlumot beradi. Tibetgacha yoʼl ozuqaga kambagʼal va odamlar yashamaydigan yerlar orqali oʼtadi, va aksincha Tibetdan Hindistonga boradigan yoʼl juda qiyin kechadi. Shuning uchun Hindiston tovarlari sharqiy Turkistonga Buxoro orqali keltiriladi. Yorkentdan Tibetgacha 40 kunlik yoʼl, Tibetdan Kashmirga 12 kunlik yoʼl yuriladi. Bu yoʼllarda yuk tashish uchun ot va qoʼtoslardan foydalaniladi38.
Buyuk Ipak yo`li ahamiyatining pasayib ketishiga ko`plab omillar sabab bo`ldi. 1453-yilda Shimoliy Turkistonning Anqara yonidagi qattiq mag`lubiyatdan keyin o`zining avvalgi qudratini tiklab olib, Konstantinapolni bosib oldilar va yarim asr mobaynida ulkan imperiyalarini barpo qildilar. Ular butun Yaqin Sharqni o`zlariga bo`ysindirdilar. Buyuk Ipak yo`li bo`ylab olib borilayotgan butun savdo o`tadigan O`rta dengiz portlarini bosib oldilar. Shunday qilib, Xitoy bilan Yevropa o`rtasida asosan O`rta Osiyo orqali olib boriladigan butun savdo munosabatlariga qaqshatqich zarba berildi. Bu esa Yevropaliklarni boshqa savdo yo`llarini izlashga majbur qildi. 1499-yilda Portugaliya dengiz sayyohi Vasko Da Gamma Yaxshi Umid burnini aylanib o`tib, Hindiston va Xitoy yo`lini kashf etdi. 1515-yilda portugallar Ormuzni qo`lga kiritdilar, 1516-yilda esa Xitoyga yetib borganlar. Eron, Hindiston va Xitoyga olib boradigan dengiz yo`li karvon yo`liga nisbatan arzon, oson, qulay yo`l bo`lib, Xitoy bilan savdo tez orada butunlay dengiz yo`llariga ko`chirildi.


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish