Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq svilizatsiyasi va tarixi fakulteti


Arab xalifaligining O`rta Osiyoga bosqinchilik yuritishlari



Download 474 Kb.
bet4/7
Sana21.03.2022
Hajmi474 Kb.
#505348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arablar bosqini va Markaziy Osiyo xalqlarining istilochilarga qarshikurashi tarixshunosligi

1.2. Arab xalifaligining O`rta Osiyoga bosqinchilik yuritishlari.
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri — bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va Urta Sharq, Shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqti-sodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy ma’lumotlarni arab musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning «Futuh al buldon» (Mamla-katlarning fath etilishi), at-Tabariyning «Tarixi rasuli va muluk» (Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruxiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko‘chmanchilar bjdaniylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi.
VI asrning ikkinchi yarmi VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon-savdo ahli juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar edi. O‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilar," xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy yo‘nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar yetkazar edi. Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa kishilarining o‘zaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik-butparastlik urf edi (xususan Ka’bada 360 ta but bo‘lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bo‘lgan).
Shunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom — bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmokdik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon keltirmoklik dsmakdir. Islom «itoat», «bo‘ysunish» ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (570-632) makkalik Abdullohning o‘g‘li bo‘lgan.
Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergash-Pshlarni «muslim», ya’ni «itoatkorlar», deb yuritganlar. O‘z payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining Srbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar Io‘lib, bu yerda Ka’ba joylashgan edi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani Odam Ato barpo qilgan
Madinada Muhammad o‘z ta’limotini davom ettiradi. Madinada shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g‘oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s. a. v.) payg‘ambar vafot etgach (632 y.), ketma-ket «Xulofoiy rashoddin» (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661 yilgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan - Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. O‘zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi.
VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib o‘z chegaralarini g‘arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O‘rta Sharqniig boy viloyatlari qo‘lga olinib, nihoyatda uyushgan va| jangovar arab qo‘shini shiddat bilan harakatlariii boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar ■ yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Eron shohi Yozdigard III (632-6^ I), sosoniylarning so‘nggi vakili arablarga qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) va Nahavand (642 y.) dagi janglarda arablar qo‘shini forslarga qaqshatqich zarba berib sosoniylar sulolasiga barham berdilar. Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida paydo bo‘lgan edi. 643-644 yillarda arab sarkardasi Abdulloh ibn Varqa Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvoza-lari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning aholisi o‘z zimmasiga yiliga 60000 dirham soliq to‘lash majburiyatini oladilar.
Arablarning keyingi harbiy harakatlari 650-651 Yillarga to‘g‘ri keladi. Shu yillarda Basra noibi ibn Kurayza Xuroson bilan chegaradosh yerlarga yurish qsladi. 651 yilda Marv shahri egallandi. Marv marzaboni (hokimi) Abraz (Baraz) sarkarda ibn Amirga 2 mln. 200 ming kumush dirham evaziga tinchlik bilak shaharni topshiradi.
O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik 1ilatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga •vrib turishi Qutaybaga qo‘l keldi. O‘z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman va O‘rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. Chag‘oniyon hrkimi Tish arablar tomoniga o‘tib ketadi.
706 yil Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. Uning qo‘shini tarkibida arablar xizmatiga o‘tgan Balx va Chag‘oniyon hokimlarining ham qo‘shinlari bor edi. Poykandning ko‘pchilik aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy qo‘shinga turk sarkardasi bosh edi. Sug‘d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Arablar sug‘dlar tomonidan o‘rab olinib Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi.
Lekin ichki ittifoqning yo‘qligi, o‘zaro nizolar natijasida Poykand himoyachilarining kuchi zaiflasha bordi. Qutayba qal’aga birinchi safda borgan va shahid bo‘lgan kishilarning oilalariga katta mukofot va’da qildi. Ketma-ket 15 kun davom etgan janglardan so‘ng arablar qal’a devorini teshishga muvaffaq bo‘ldilar. Shahardagi og‘ir janglardan so‘ng Poykand arablar qo‘liga o‘tdi.
Poykand fojiasidan so‘ng Qutayba boshliq kuchli raqibga zarba berib uni mag‘lub etish maqsadida Sug‘d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudod, Shopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qo‘shin yig‘ildi. Ularga turklar yordamga kelib, jami qo‘shinning miqdori 40000 kishi atrofida edi.
Ittifoqchilar qo‘shini Buxoro yaqinida Torob, Xunbun, Romiton oralig‘ida to‘plandi. Qutayba qurshovda qoldi. Arablarning ahvoli nihoyatda og‘irlasha bordi. Shunda bu ahvoldan qutulish uchun Qutayba makkorlik yo‘lini tutib, nayrang ishlatadi Narshahiyning yozishiga ko‘ra, Qutayba Xayon-an-Nabatiy ismli o‘z kishisini ittifoqchilar ichida qudratli bo‘lgan Sug‘d podshosi Tarxunga maxfiy suratda vakil qilib yuboradi. Nabatiy Tarxunga arablar havo sovushi bilan shundoq ham Marvga qaytib ketajaklarini, holbuki turkiylar Sug‘dni arablar ketganidan so‘ng butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar yetkazadi. Bu xabar ittifoqchilar ichida bo‘linishga sabab bo‘ladi. Tunda sarosimaga tushgan Tarxun Qutayba lageriga sovg‘a-salomlar bilan 2 mln. dirham yuborib, evaziga sulh shartnomasi matnini oladi.
Arablar ittifoqchilarni zaiflashtirib, ketma-ket ular yerlarini egallay boshlaydilar. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujum qilib, Buxorxudod Tug‘shod qo‘shinlarini tor-mor etadi va unga amir etib o‘z yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir Buxorxudod ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik qilish, aholidan soliq undirishi va uni o‘z vaqtida xalifalikka yetkazib berish vazifasini ado etar edi.
Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar Qutayba fikrini o‘zgartirdi. Xorazmda xalq g‘alayoni boshlangan bo‘lib, unga Xorazmshoh Chag‘onning ukasi Xurzod boshchilik qilar edi. Qutayba Xurzod boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarni tor-mor keltiradi. 710-712 yillarda Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik sulhini tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj go‘laydi. Xorazm shu bilan o‘z mustaqilligini yo‘qotib arablar hokimiyatini tan oladi. Qutayba esa o‘z qushini hamda Xorazmshoh va Buxorxudod qo‘shinlari '•ilan birgalikda Samarqandga yo‘l oladi.
Shu paytda norozilik va qo‘zg‘olon natijasida So‘-dlar podshosi Tarxun taxtdan ag‘darilgan edi. Sug‘d mkdshosi va Samarqand afshini sifatida Tarxunning uk.chsi G‘urak (710-737) taxtga o‘tiradi.
G‘urak Qutaybaga qarshi chiqadi. Ka^taqo‘rg‘on Iqinidagi Arbinjon mavzesida shiddatli jang bo‘lib *Tadi. Ammo G‘urakning kuchlari ozlik qilib Samarqandga chekinishga majbur bo‘ladi. Arablar tomonidan Xorazm va Buxoro hokimlari qo‘shinining qatnashuvi, sug‘diylarning yakkalanib qolishlari va atrofdan yordam ololmasliklariga sabab bo‘ladi. Undan tashqari Samarqand zodagonlari ichida birlik ham yo‘qoladi. Tarxunning o‘limdan so‘ng uniig tarafdorlari ko‘proq arablarga yon bosa boshlashadi. Panjikent hokimi Devashtich shu guruhga rahbarlik qila boshlaydi. Qutayba esa «Tarxun o‘limi uchun qasd olaman» deb e’lon qiladi.
Qamalda qolgan G‘urak Shosh podshosi, Turkiy xoqon va Farg‘ona ixshidiga murojaat qilib ulardan yordam so‘raydi. Turkiylar qo‘shini bu paytda Sug‘d chegarasi yaqinida bo‘lib Farg‘ona va Shosh qo‘shinlari bilan birgalikda ittifoqchilar lashkarini vujudga keltiradi. Ittifoqchilar qo‘shinining tepasiga lashkarboshi etib Turkiy xoqonning kichik o‘g‘li Inal xoqon tayinlanadi. Qutayba darhol o‘z ukasi boshchiligida saralangan qo‘shin tuzib, ittifoqchilar yo‘liga tuzoq qo‘yadi. Arablar ittifoqchilarni tor-mor etib, ularning mol-mulklarini talaydilar.
Qutayba shundan so‘ng Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Shahar ra’danroz (tosh otg‘ich) lardan o‘qqa tutiladi. Bu janglarda ayniqsa buxoroliklar, xorazmliklar katta jonbozlik ko‘rsata boshlaydilar. Bir oy davomida shahar mudofaachilari Samarqandni qahramonona mudofaa qildilar. Arablar oxir oqibatda shahar devorlarini buzib Shahristonga bostirib kirdilar. Samarqand arablarga taslim bo‘ldi. G‘urak va Qutayba o‘rtasida sulh tuzildi. Qutayba jo‘nab ketishi oldidan shaharda o‘z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi saralangan qo‘shinni qoldirib ketadi. Lekin matonatli Sug‘d aholisining qarshiligi bu bilan tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida Samarqandda arab noibiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil bahorid» Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo‘zg‘olon bostiriladi.
Mug‘ tog‘idan topilgan hujjagga ko‘ra Qutayba o‘zining keyingi yurishlarida Shosh, Farg‘ona va Turkiy xoqonlik qo‘shinlaridan iborat yana bir harbiy vdtifoqning qarshiligiga duch keladi. Sug‘d, Shosh, Farg‘ona ittifoqiga GTanjikent hokimi Devashtich ham qo‘shiladi. U Shosh va boshqa yerlarga o‘z elchisi Fatufarnni yuboradi. Fatufarn nomani Shosh hukmdori Moxedu tudun (Bahodir tudun) ga topshiradi. Qolgan ikki maktubni Farg‘ona elchisi orqali turkiylar hokimi va Farg‘ona ixshidiga berib yuborgan.
Qutayba bu o‘lkalarni tezda o‘ziga bo‘ysundirish harakatiga tushadi. Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra, Qutayba 713 yil Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm aholisidan 20000 askar to‘plab berishni talab qildi. O‘z qo‘shini bilan uni qo‘shib, qo‘shinni 2 ga bo‘lib ajratadi. Kesh, Nasaf, Xorazmdan kelgan qo‘shin Shosh viloyatiga, o‘zi esa asosiy kuch bilan Ustrushona orqali Farg‘ona vodiysiga yo‘l oladi. Birinchi qo‘shin Shosh qo‘shinini tor-mor etib, Shosh viloyatini egallaydi. Qutayba esa Ustrushonada hal qiluvchi jang olib borib, Xo‘jand va Kosonni zabt etadi.

Download 474 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish