Kurs ishining obyekti. Arablar bosqini va O`rta Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi harakatlari.
Kurs ishining predmeti. Dunyo ilm-fani va madaniyatiga yuksak hissa qo’shgan Markaziy Osiyo madaniyatining unchalik katta bo’lmagan davrini o’rganish, vorisiylik asosida kechgan madaniyat yutuqlarini yoritib berish uni tadqiq qilishga qaratilgan. Arablar yurishlarga qarshi kurashish maqsadida mavoraunnaxrning maxalliy xukumdorlari ur tasida xarbiy ittifoq tuzush uchun urinishlar bulgan, lekin asosiy tarqoqlik natijasida bu urinishlar samara bermagan. Arab lashkar boshlari esa bunday vaziyattan ustalik bilan foydalanganlar . Bu davrda g`arbiy Turk xakonligi ichkiqabilaviy nizolar oqibatida siyosiy inqrozga yuz tutib, parchalanib ketgan edi. VII asr o`rtalarida Choch viloyati, Yettisuv , Talos va Chuv vodiylarida kuchib yo’rgan yirik turkiy qabilalaridan turkash shuningdek VII asr boshlarida Forg`ona va Toxaristonda yashab turgan xarluklar, Zarofshon vodiysining o’rta qismidagi turklar arablarga qarshi kurashda sug`diylarga yordam berib janglarda faol qatnashdilar . ―Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo’lmaganida edi, biz uchun o’tmish sovuq, befoyda, o’lik va qiziqarsiz bo’lib qolaverardi‖, deb takidlaydi J.Neru2.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlar, avvalo, o’rta maxsus va oily ta’lim tizimlari uchun, shuningdek keng jamoatchilik, tarix fakulteti talabalari, yangi zamon madaniyati va san’at bilan qiziquvchilar, Markaziy Osiyoning tarixiga bag’ishlangan referat, mustaqil ishlar yozish jarayonida foydalanishi mumkin. Ishda qayd qilingan mulohazalar ayniqsa Markaziy Osiyoning Arablar bosqinidan keyingi davrdagi madaniyati borasidagi bilimlarni chuqurlashtiradi.
I. BOB. O‘rta Osiyoning Arab xalifaligi tomonidan bosib olinishi va uning oqibatlari.
1.1. O`rta Osiyogada Arablar bosqinigacha bo`lgan davr.
Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi bir-biriga qarama-qarshiligi ma’lumotlar olindi. Birinchi navbatda VII- VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidur. Bu yepik grafik yodgorliklar O‘rgun-Enese runiy yozuvlari Xitoyning “tanxonadoni tarixi” VII-IX rasr tarixiy manbasi VI asr ohirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandir, Protektor, Piyofan, Vizantiyskiy, suriyachilik tarixi Ionna Efessiylarning tarixi asarlaridir.
Shuningdek bu to‘g‘ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX-X asr) o‘lkamiz fuzalolaridan Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e’tibor kuchaydi. Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turklar, turkiy qabilalar tarixi masalasi Toshkentda o‘tkazilgan III jahon Turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi.
“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Manas”, “Dada qo‘rqut” kabi umumturkiy xalq dostonlari, O‘rta asrlardagi Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‘g‘risida turli ma’lumotlar keltiriladi.
XI asrda yashagan alloma, Mahmud Qoshg‘ariyning zamondoshi Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” (Saodatga yo‘llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er Tunga to‘g‘risida shunday deb yozadi: “... u bilimdon, zakovatli, katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi.
Forslar uni Afrosiyob deb atashgan”.
Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko‘plab afsona, rivoyatlar ham mavjuddir. Abu Is’hoq Nishopuriy jam qilgan (VIII asr) “Qissai-al anbiyo” asarida turklarning kelib chiqishi Nuh payg‘ambarga borib taqaladi.
Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramining 92 yilida Oltoyning etaklariga kelib o‘rganishganligi va jujanlardan ruxsat olib ular uchun temir qazib chiqarishni boshlagapnlari haqida ma’lumot berildi. Bu ulug‘ Ashin urug‘i nomi bilan avval oshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini “Tu-kyu”, deb ham yuritilgan. P. Pel’o bu so‘zni “Turk-yut” (ya’ni turkiylar) deb izohlagan.
“Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan ma’noni anglatadi.
Avval bu ulug‘ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha qabila-urug‘larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketilgan.
Ashin urug‘idan bo‘lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o‘g‘li Bumin (bu turkcha nom, xitoycha Tumin) o‘ziga Tele qabilasini buysundiriladi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu qabilalar ittifoqi o‘zlari qaram bo‘lib turgan jujanlardan xalos bo‘lish yo‘lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo‘lgan jujanlar xonini mag‘lub etadi.
O‘sha yili Bumin yangi davlat –Turk hoqonligiga (551-744) asos soladi. Ili daryosi bo‘yida hukmdor deb e’lon qilingacha “Ilixon” degan unvonni oladi. Turklar hukumdori o‘zini hoqon (turkcha-qag‘an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi O‘tukan shahri yangi Turk hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o‘z ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-arabcha, Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaodor darajasiga to‘g‘ri keluvchi “Yabg‘u” (bahodir) unvonini berib u bilan birgalikda o‘z davlatini kegaytirish payiga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilaarini o‘ziga buysundiradi.
Muqanxon hukumronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yil Muqan hoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o‘lkalarini o‘ziga buysundiradi va Tinch okeani qirg‘oqlariga chiqadi. U O‘rxun, Tug‘la, Selenga daryolari bo‘ylaridagi qabilalarni, Yenisey daryosi bo‘ylaridagi qirg‘izlarni, Baykal atroflaridagi uyg‘urlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav I Anusheronga elchi jo‘natadi.
588 yil turklar Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va Eron bilan do‘stona aloqani mustaxkamlashga harakat qila boshlaydilar. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toharoston, Chag‘aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib oladi.
563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallanadi. Eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridane yordam olib Buxoro yaqinida katta jangga tayyorgarlik ko‘rdilar. 8 kunli shiddatli jangda eftalitlar turklardan yengiladilar.
Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko‘proq o‘z ko‘llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo‘lgan yerlar, Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo‘lgan yerlar turklar qo‘liga o‘tadi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-qutgani Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq to‘lab turadi. Janubdagi yarim mustaqil eftalitlar yerloari sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan keyin butkul bo‘ysundirilib olinadi. Eftalitlar davlatining mag‘lubiyatidan so‘ng bevosita ittifoqchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshlaydi.
Hoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh hoqon Muqanxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u Sug‘d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur Sug‘d savdogarri va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‘natilgan. Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, sug‘diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar ko‘z o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi.
Istami bu voqeadan so‘ng qatitq ranjisa-da, Xusravshoh huzuriga 2-marotaba o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo‘lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo‘lishi kerak edi. Bu safar turk elchilari zaharlab o‘ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina hoqon huzuriga yetib keladi. O‘z ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko‘tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami Husrav I Anushervon qo‘shinlarini tor-mol qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o‘z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga qaytarib oladi. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to‘lash majburiyatini oladi. Undan so‘ng Eron bilan Vizantiya o‘rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoldi.
576 yili Muqan hoqon va Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng Turk hoqonligining ta’siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur-Bag‘a hoqon qo‘mondonligidagi 30000 kishilik turk qo‘shinini tor-mol qiladi. Chur Bag‘a jangda haloq bo‘ladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykend shahriga bostirib Hoqon hazinasini esa Eron shohi Xurmuzdga yuboradi.
Muqon hoqon vafotidan (576 yil) so‘ng taxtga uning ukasi Arslon To‘ba o‘tirdi. Arslon To‘la buddiylikka berilgan bo‘lsa-da, mmlakatni mustahkamlash uchun Si saltanati bilan shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko‘rdi. Ammo, 581 yilda Arslon To‘ba vafot etgach Turk hoqonlari o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Bu kurashlar natijasida hoqonlik ikki qismga: sharqiy va G‘arbiy qismga bo‘lnib ketdi. Sharoqiy hoqonlik Xitoy va Mo‘g‘ulistoni bir qismini o‘z ichiga olib uni Arslon To‘baning kichik o‘g‘li Ishbara boshqara boshlaydi.
Ikkinchi hoqon g‘arbiy yerlarini-Yettisuv, markaziy Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy Turkiston, hozirgi Qozog‘iston tasarrufini olgan Istami yabg‘uning o‘g‘li Qora Churin boshqarar edi. Qora Churin Istamining vafotidan (576 yil) so‘ng bu lavozimiga o‘tirgan bo‘lib, boshqa hoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkori edi. Keyingi xonlar-To‘amon va Amroq edi. Ulardan tashqari yana kichik 4 ta xon bo‘lgan. Bu hokimlar o‘rtasida zimdan adovat kezar, ularning ko‘pi bir-biriga dushmand bo‘lib, qulay vaziyat kelishini kutib turar edilar. O‘zaro kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol keskinlashib, iqtisodiy tanazzul boshlanib ketdi.
Shu vaqtda keskin vaziyat paytida turkiy shahzoda Obro‘y boshchiligidagi xalq harakati (585-586 yillar) bo‘lib o‘tdi. Obro‘y harakati to‘g‘risida uzuq-yuluq ma’lumotlar saqlanib qolgan. Xususan Abdurhmon Muhammad Nishopuyriyning (XI asr) “Hazinat-al-ulum” asaridagi bu masalaga ag‘ishlangan parcha Narshahiyning “Tarixi Buxoro” asariga kiritilgan. Uning yozishicha Obro‘yning qarorgohi Poykandda bo‘lib, u boy zodagonlar va savdogarlar ustidan qattiq nazort o‘rnatgan. Bunga chiday olmagan zodagonlar Turkiston tolmoniga yo‘l olishgan. Obro‘y atrofida esa qashshoq dehqonlar guruhlari yig‘ila borgan.
O‘zaro muttasil urushlar hamada taxt talashishlar mamlakatni parchalanib ketishi va ma’naviy iqtisodiy inqiroz holatiga olib keldi. Qora Churin qarib qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o‘zini xoqon deb e’lon qiladi. Qora Churin Bug‘u xoqon (qahramon xoqon) degan nomni olgan edi. Xoqonlikdagi og‘ir vaziyatdan foydalangan Xitoy imperatori ichki nazolar keltirib chiqarishga harakat qiladi. 582-603 yillardagi o‘zaro urushlardan so‘ng 603 yil xoqonlik to‘la mustaqil 2 qismga: Sharqiy va G‘arbiy qismlarga aylandi. G‘arbiy xoqonlik ta’siri ostida Yettisuv, Chuvodiysi, Volga, Kubanning kuyi qismi, Irtish, Ishim daryolari bo‘yidagi yerlar, Markaziy Osiyoning kichik yarim mustaqil davlatlari uning tarkibida bo‘ldi.
Feodal munosabatlar rivojlanayotgan G‘arb hoqonligining ijtimoiy tarkibi ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukumdorlik jarayonida turklarning bir qismi o‘troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi. Ztroq hayotning an’anaviy –ma’muriy udumlari ta’sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o‘zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib, Markaziy Osiyo siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha boshladilar. Hoqon Sheguy vafotidan keyin (618 yil) hokimiyati kelgan To‘n yabg‘u (To‘n bahodir) davrida G‘arbiy hoqonlik yana kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |