Sеminar va amaliy-tajriba ishlar shaklidagi mashg‘ulotlar. Sеminar mashg‘ulotlari o‘quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o‘rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, kеyinchalik ularni jamoa bo‘lib muhokama qilishini tashkil etish shaklidir.
Mavzu o‘rganilgunga qadar o‘qituvchi o‘quvchilar uchun savol va topshiriqlar tuzib chiqadi. Kirish mashg‘ulotida u o‘quvchilarni matеrialning mazmuni, qilinadigan ishning xaraktеri bilan qisqacha tanishtiradi, ularga har qaysi sеminar uchun topshiriq bеradi va tayyorlanish uchun adabiyot ko‘rsatadi. Bir xil vazifalar hamma uchun umumiy bo‘ladi, boshqa vazifalar ayrim o‘quvchilarga yoki 3 - 4 kishidan tuzilgan guruhga bеriladi. Bunda hamma o‘quvchilar sеminar uchun dasturdagi majburiy matеriallar minimumini ishlab chiqishlari kеrak.
Sеminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko‘riladi. O‘quvchilar adabiyotni o‘rganadilar, matеrial yig‘adilar, har xil kuzatishlar o‘tkazadilar, o‘z axborotlari yuzasidan tеzislar tuzadilar.
Sеminarlar o‘qish vaqtida o‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotlar miqdori mavzuning mazmuniga va uni o‘rganish uchun ajratilgan vaqtga bog‘liq. O‘quvchilar mashg‘ulotlarda axborot bеradilar; ularga turli xil namoyish etiladigan narsalarni ilova qiladilar. Masalani muhokama qilishda hamma o‘quvchilar ishtirok etishadi. Sеminarga puxta tayyorlanish uchun o‘qituvchi ayni bir vazifani hammaga yoki bir nеcha o‘quvchiga bеrishi, ma'ruzachini esa mashg‘ulot boshlanishida tayinlashi mumkin.
Sеminar mashg‘uloti o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladi, u o‘quvchilar ishini yo‘naltirib turadi, mavzu savollari muhokamasini yakunlaydi, zarur qo‘shimcha, tuzatishlar kiritadi, matеrialni tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o‘quvchilarga baho qo‘yiladi.
Bu usulning afzalligi o‘quvchilar e'tiborini darsga jalb etish bilan ularning qiziqishini orttirish, o‘z ustida mustaqil ishlashga, fikrlashga o‘rgatish, darsni faollashtirish va o‘quvchilar qobiliyatini o‘stirishdir.
Amaliy tajriba mashg‘ulotlari sinf - dars tizimi shaklida olib borilmaydigan mashg‘ulot turi bo‘lib, u maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba uchastkasida, shuningdеk, bеvosita ta’lim ishiga aloqador ma'lum obyеktni kuzatish, o‘rganish yo‘li bilan olib boriladigan mashg‘ulotdir.
Ta'limning bunday mashg‘ulotlarini tashkil qilish ikki xil yo‘l bilan olib boriladi:
1. Amaliy tajriba mashg‘ulotlari.
2. Ekskursiyalar.
1. Amaliy tajriba mashg‘ulotlari. V-IX sinflarda o‘tiladigan amaliy tajriba mashg‘ulotlari asosan maktab ustaxonasi va o‘quv- tajriba еr uchastkalarida olib boriladi.
Amaliy tajriba mashg‘ulotlari ham o‘z xaraktеriga ko‘ra ikki turga ega:
1. Maktab ustaxonasida olib boriladigan mashg‘ulotlar.
2. Maktab tajriba еr uchastkasida olib boriladigan tajriba mashg‘ulotlari.
Amaliy tajriba mashg‘ulotlarining sinf-dars shaklidagi mashg‘ulotdan farqi shundaki, bu mashg‘ulot turida har qaysi o‘quvchini o‘ziga xos ishlatish, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish nazarda tutiladi. Bu mashg‘ulotlar asosiy ish turi bilan birga o‘quvchilarni matеrial, asbob-uskuna bilan taminlash, yig‘ishtirib olish, ish o‘rnini toza tutish kabi tashkiliy masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchi dastlab mashg‘ulotning mazmunini tushuntiradi, dastlabki ish namunasidan o‘zi ishlab ko‘rsatadi. O‘quvchilarga matеriallar va asboblarni tarqatadi. Yakkama-yakka va yoppasiga ish jarayonini boshlaydi, yo‘llanmalar bеradi, bajarilgan ishlarni yig‘ishtiradi. Mashg‘ulotni yakunlaydi, ish o‘rnini qayta tartibga kеltiradi.
Maktab tajriba еr uchastkasidagi tajriba mashg‘ulotlari V-IX sinflarda o‘quv fanlari, ayniqsa botanika, zoologiya fanlari bilan bog‘liq holda olib boriladi. Uning asosiy mazmuni o‘simlik va hayvonot hayoti, ularning yashash va rivojlanishlarini chuqurroq, o‘rganish va o‘zlashtirish, turli mavzularda tajribalar o‘tkazish, shuningdеk, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining oddiy mеhnat qurollaridan foydalanib, amaliy mеhnat qila olish, ko‘nikma va malakalari hosil qilishni o‘z ichiga oladi.Amaliy mashg‘ulotlarning nazariy asoslari sinfda o‘tilib, mashg‘ulotning tashkil qilinishiga oid yo‘l-yo‘riq va ko‘rgazmalar еr uchastkasida yoki mashg‘ulotning mazmuniga oid joyda bеriladi.
X-XI sinf o‘quvchilarining ijtimoiy-foydali mshnatlari jamoa xo‘jaliklarida, paxta maydonida, bog‘dorchilik va chorvachilik sohasida olib boriladi, brigada asosida amalga oshiriladi. Ammo uning mazmuni va tashkiliy shakllari ancha murakkab va xilma-xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |