Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti mavzu: zamonaviy xalqaro munosabatlarda xitoyning markaziy osiyodagi manfaatlari


Xitoy tashqi siyosati quyidagi asosiy belgilar bilan tavsiflanadi



Download 67,49 Kb.
bet8/14
Sana31.12.2021
Hajmi67,49 Kb.
#271581
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Эшбеков Бахтиер

1.2. Xitoy tashqi siyosati quyidagi asosiy belgilar bilan tavsiflanadi:

- XXR barcha xalqaro masalalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazari va siyosiy kursini mustaqil ravishda shakllantiradi;

- U hech qanday ittifoqlarga qo‘shilmaydi va yirik davlatlar yoki mamlakatlar bloklari bilan biron-bir strategik munosabatlar o‘rnatmaydi;

- Gegemonizmga va kuch ishlatish siyosatiga qarshi chiqadi;

- XXR tashqi siyosatining maqsadi butun dunyoda tinchlikni himoya qilish va mamlakatni modernizatsiya qilishga qulay shart-sharoitlar yaratuvchi tinch xalqaro vaziyatni yaratish hisoblanadi.

- XXR barcha mamlakatlar bilan tinch-totuv mavjudlikning besh prinsipiga muvofiq munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi;

“Uchinchi dunyo” mamlakatlari bilan birdamlik va hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik do‘stona munosabatlarini rivojlantirish Xitoy tashqi siyosatining tamal toshini belgilaydi.

XXR tinch-totuv mavjudlikning besh prinsipiga muvofiq xalqaro munosabatlar tizimini yaratish hamda yangi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tartib o‘rnatish taklifini ilgari surmoqda.

Xitoyni ichki siyosati uning tashqi siyosatini belgilashga ta’sir etadi, albatta. Bu to’g’rida to’xtalmay iloji yo’q. Xitoylashuvga qarshi globallashuv Xitoy iqtisodiyoti chet el sarmoyalariga jiddiy bog’langan. Mamlakatdagi taxminan 60% tovarlarni AQSH, Yevropa, Yaponiya, Tayvan va Korealarning yetakchi kompaniyalari ishlab chiqarmoqda. Jahonda faoliyat yuritayotgan 500 transmilliy korporatsiyadan 470 tasi Xitoyda ish yuritishadi24. Bu korporatsiyalar o’z maxsulotlarini boshqa mamlakatlarga eksport qilib, XXRning tashqi savdosiga jiddiy ta’sir ko’rsatishadi. Ayni paytda ular Xitoy YIMning 37%ini tashkil etishadi.

Xitoy tovarlari dunyoni egallagani sari u import qiluvchi mamlakatlar iste’moliga qaram bo’lib boryapdi. Bunga yorqin misol qilib AQSH - Xitoy tovarlari uchun eng yirik bozor-mamalakat bo’lib, shuning uchun ham bu davlat bilan o’rnatilgan munosabatlar holati Xitoy diplomatiyasining bosh omiliga ayalanganligini keltirish mumkin. Amerika iste’mol bozoridan ayrilish natijasida Xitoy iqtisodiyoti keng miqyosdagi inqirozga yuz tutadi, chunki ulkan hajmdagi tovarlarni tezda boshqa bozorlarga qayta yo’naltirish jiddiy muammo bo’ladi. Ayni paytda Xitoy - ilg‘or texnologiyalarni faol o‘zlashtirayotgan mamlakat. Buyuk Britaniyaning o‘zida 38 ming xitoylik talaba taqsil olmoqda. AQShda xitoylik talabalar soni bundan ham ko‘p.

Siyosiy munosabatlarning globalashishi ham Xitoy imkoniyatlariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Misol uchun, Tayvan XXR va AQSH o’rtasidagi geosiyosiy o’yinning subyektiga aylandi. AQSH bilan yaqin savdo-iqtisodiy va moliyaviy aloqalarini hisobga olgan holda, Xitoy u bilan Tayvanni deb munosabatlarini keskinlashtirshga borarmaydi.

Biroq Xitoy uchun eng katta masala bu ommaviy muammoga aylangan terorchilik va ekstremizmlardir. Mamlakat beqarorliklar bilan o’ralib qolgan: Markaziy Osiyo davlatlari, Afg’oniston, Pokiston, Hindistonlar notinchilik keltirib chiqarish xavfi bilan tahdid qilmoqdalar. Aynan Xitoyning g’arbiy va shimolliy-g’arbiy hududlarida kambag’allik avj olgan. Shu hududda mustaqillikga davo qilayotgan Sintzsyan-Uyg’ur avtonom o’lkasi va Tibet joylashgan. Bularning bari “buyuk xitoy qo’zg’oloni” uchun qulay zamin bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham Xitoy vaziyatni normallashtirishga urunmoqda.

Xitoycha sotsialistik bozor iqtisodiyoti Sobiq Sovet Ittifoqining yakuni kabi holatga tushmaaslik uchun Xitoy hukmron partiyasi bozor iqtisodiyoti isloxotlarini o’tkazishga qaror qildi. Biroq bu isloxotlarning mevasini asosan Xitoy byurokratiyasi va unga yaqin ijtimoiy doiralar ko’rmoqdalar. Xitoylik komunistlar va hukumat ishchilari amalda kapitalistlarga aylanishdi. Ular zavod, korxonalarni xususiylashtirib, o’zlashtirishdi.

Yuz millionlab xitoylik ishchilar va dexqonlar hali ham sotsialistik tizim ostida yashamoqdalar. Yakka partiyaviylik Xitoy byurokratiyasiga ulkan mehnatkashlar ommasini bo’ysundirish uchun kerakdir. Bu mehnat ommasi past ish xaqi olishi va ijtimoiy kafolatlardan forig’ligi tufayli katta qo’shimcha daromadli tovarlarni ishlab chiqaradi. Bu esa Xitoy milliy burjuaziyasiga misilsiz daromadlar keltiradi. Ijtimoiy tengsizlik oshib bormoqda.

Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining so’ngi ma’lumtlariga ko’ra boylar va kambag’allar orasidagi tafovut kengayib bormoqda. Xususan jamiyatning boy vakillarining 10% mamlakat barcha xususiy aktivlarining (pul vositalari) 40% egalik qilishadi. Mavjud hokimiyat ushbu holatni bartaraf etishga ojizdir.

Rasmiy Pekin ijtimoiy tabaqalanishning o’sib borishi jamiyat barqarorligiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Shuning uchun boy va kambag’allar daromadi o’rtasidagi tafovutni qisqartirish eng ustuvor masala deb qaralmoqda. XXR hukumati hattoki mamlakatning iqtisodiy su’ratlarini o’sishini pasaytirb bo’lsada bu masalani hal etishga tayyorlanmoqda. Xitoyda ijtimoiy kafolatlar deyarli yo’q bo’lib, fuqro ishidan ayrilsa, butkul qashshoqlikka tushib qoladi. Xitoylik ishchilar va dexqonlar hech qanday kasab uyumasi, yuridik huquqlarga ega emaslar. Oxirgi yillarda vaziyat yomonlashmoqda. Bu aholining norozilik namoyishlari ko’payishi va kengayishiga (100 ming kishi -2005-yilda) olib kelmoqda. Bu mamlakat barqarorligiga bevosita xavf soladi. Sog’liqni saqlash sohasidagi inqiroz shundan darak beryapdi. Xitoy rasmiy hodimlari shu sohada isloxotlar o’tkazish muvaffaqiyatsizlikga uchraganini bayon etishdi. Bugun Xityoning yarim aholisining tibbiy xizmatdan foydalanishga qurbi yetmaydi25. Hukumat va jamiyatning xavfli kasalliklar oldidagi kuchsizligi Xitoy xavfsizligiga ichkaridan kelayotgan tahdiddir. Mamlakat bakteriologik qurol bilan sodir etiladigan terorchilik hujumi oldida ojiz bo’lib qolmoqda.

Xitoyning bosh muammolari Davlat rahbariyati qiyin masala oldida turibdi, ya’ni qanday qilib Xitoyning jadal iqtisodiy o’sishini saqlab qolgan holda, rivojlanib borayotgan siyosiy va ijtimoiy beqarorlikdan qutilib qolish.

Xitoy ichki siyosiy maydonida “rivojlansih” konsepsiyasi (iqtisodiy o’sish asosiy maqsad) va “farovon jamiyat” ta’limoti (ijtimoiy ruxdagi qarashlarni ilgari surish) tarafdorlari o’rtasida keskin bahs-munozaralar ketmoqda. Hozircha rivojlanish tarafdorlari g’olib kelmoqdalar. Ular mamalakat barqarorligiga xavf solayotgan bosh tahdid ijtimoiy tengsizlik emas, balki past iqtisodiy o’sish su’ratlari (yiliga 8% kamroq) deb takidlashadi. Shunday qilib, Xitoy o’z iqtisodiy o’sishini qurbon qilib, fuqarolariga yaxshi hayot darajasini ta’minlashi mumkin.

Milliy mafkura - qutilish yo’li xalq ommasini bilashtirish uchun milliy g’oya kerak. Xitoy rahbariyati bosh milliy mafkura, ya’ni dunyoning eng qudratli davlatiga aylanish g’oyasini targ’ib etish orqali bunga erishmoqda. Xitoy XXI asrning eng kuchli davlatiga aylanishi uchun o’zining iqtisodiy ko’rsatgichlari bo’yicha yetarlicha imkoniyatlarga egadir. Iqtisodiyotning yiliga 10% o’sib borishi, 1 trillion dollarlik valyuta zahiralari, butun dunyo bo’ylab Xitoy maxsulotlarining tarqalib ketganligi…

Biroq bunday qudratu-zabardastliklar oddiygina ijtimoiy huquqlarga ham ega bo’lolmagan yuz millionlab xitoyliklarni shafqatsiz va qattiq qo’llik bilan ishlatish evaziga erishilmoqda.

Bunday hisoblashimiz uchun qanday asoslar bor? Gap shundaki, har qanday davlat kabi, Xitoy ham jahongir qudratli davlat bo’lishi uchun, jiddiy ichki muammolari va tashqi ta’sirdan ozod bo’lmog’i kerak. Aynan shunday sharoitda AQSH XX asr mobaynida taraqqiy etgan edi. U paytda globallashuv jarayonlri AQSHga kuchli ta’sir etmas edi, cheksiz ummonlar bilan qolgan yerlardan ajralib turishi qudratli dengiz mamlakati bo’lgan Amerika uchun xavfsizlikni ta’minlovchi yana bir ustunlik edi. Xitoy misolida ushbu ustunliklarni kuztaolmaymiz. Kuchayib borayotgan globallashuv mamlakatning tashqi dunyodan yanada qaram qilib qo’ymoqda26. Xitoy beqaror mintaqada joylashgan, mamlakatning ichida bo’lsa ijtimoiy tengsizlik o’sib bormoqda.


Download 67,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish