II-BOB MAHMUD DARVESHNING ASARLARIDAGI VA SHE’RIYATDAGI TIMSOLLARI
2.1. Yangi davr Falastin adabiyoti
Bu davrda ko’zga tashlangan asosiy ikki yo‘nalish badaviylik she’riyati deb, ikkinchisi saroy she’riyati deb atalgan va keyinchalik arab she’riyatida ko‘p asrlar mobaynida saqlanib qolgan. Qadimgi arab adabiyotidagi o’ziga xosliklardan biri shundaki, she’r yozish san’ati avloddan avlodga o‘tib kelgan. O‘rta asr arab she’riyatida saroy, madhiya xususiyatlari bilan bir qatorda qabilaviy she’riy an’analarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Bu davrdagi nasr ham qadimgi arab nasri singari og‘zaki bo’lgan. VIII asrdan XII asrgacha o‘rta asr arab adabiyoti tarixida eng samarali davr. Shu davrdan arablar tomonidan zabt etilgan, ularning tilini qabul qilgan xalqlar ham arablar deb atala boshlanib, arablashgan aholi madaniyat rivojida faol ishtirok etdi. Birinchi mustaqil janr sifatida bu davrda publisistika rivojlanib, uning asosi bo’lib navqiron notiqlik sa’nati hizmat qildi. Publisistika orqali adabiyot mazmun maydoni kengaydi, zamonasining dolzarb muammolari ko’tarildi. Bu davrda shakl emas, mazmun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Falastinliklar hudud bilan bog’liq shaxsiyat muammosi mavjud. Arab mamlakatlaridagi repressiv sharoitlar tufayli dunyo bo'ylab surgunda yashashni tanlagan ko'plab arab yozuvchilar bor, lekin ko'plari falastinliklardan farqli o'laroq o'zlarining mamlakatlarida yashaydilar. XX asr oʻrtalariga qadar arab adabiyotining bir qismi boʻlgan Falastin adabiyotining rivojlanishiga asosan milliy matbuotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi yordam berdi. Nashriyot ishlari, tarjimonlik faoliyatining rivojlanishi yangi yozuvchi, shoirlar, san’at, adabiyot arboblari yetishib chiqishiga turtki bo’ldi. 1980-yillar boshida esa Falastin adabiyotida qahramonona qarshilik mavzusi yetakchi o’rinni egallab, fuqarolik, vatanparvarlik mavzulari, tarixiy lahzaning yuqori tuyg'usi ushbu davr adabiyotiga xos bo'ldi. Falastin adabiyoti uch mustaqil adabiyot sifatida rivojlana boshladi: Falastinning bosib olingan hududidagi yozuvchilar ijodidan iborat adabiyot, arab mamlakatlarida muhojirlikda yashab ijod qilayotgan falastinliklar ijodidan iborat adabiyot hamda Yevropa manlakatlaridagi falastin yozuvchilari ijodidan tashkil topgan adabiyot. Falastin ijodkorlari ijodida o’ta hissiyotga berilish unsurlari keng ko’zga tashlanadi. Hikoyanivislikda bosh mavzusini o’z-o’zidan vatanparvarlik- Falastin muammosi, mustaqillik muammosi, arab va yahudiylar o’rtasidagi mojarolar tashkil etadi. Falastin adabiyoti falastinliklar tomonidan yaratilgan arab tilidagi romanlar, qisqa hikoyalar va she'rlarni bildiradi. Arab adabiyotining bir qismini tashkil etuvchi zamonaviy Falastin adabiyoti bosqinchilikka qarshilik, surgun, judolik, vatanga muhabbat va sog‘inch unsurlari bilan o’ziga xoslikka ega. Misr adabiyoti Misrda, Iordaniya adabiyoti Iordaniyada paydo bo’lgani, rivojlangani, o’ziga xoslikka ega bo’lgani uchun ham shunday, shu joy nomi bilan nomlangan. 1948-yilgacha arablar va Isroil o'rtasida urush bo'lgan bo'lib, 1948-yil falastinliklar chiqib ketgan bo’lsa-da, falastin millatiga mansub shoir yozuvchilar tomonidan yozilgan asarlar ularning yashash joyidan qatʼi nazar “Falastinliklar tomonidan yozilgan adabiyoti” hisoblanadi. Bunga sabab Falastin va Isroil o’rtasida uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan notinch munosabatlari, urushlar sabab bo’ldi. Tabiiyki mamlakat hayotidagi notinch vaziyat boshqa sohalar singari adabiyotga ham o’z hukmini o’tqazmay qolmadi. Ba’zi yozuvchilar bosib olingan hududlarda qolgan bo’lsalar, ayrimlari qo’shni mamlakatlarga, ba’zilari Forz ko’rfazidagi arab mamlakatlariga, yana bir qanchasi Yevropa mamlakatlariga ketishga majbur qoldilar. Buning natijasida Bu adabiyotlarda farqli va mushtarak jihatlar ko’zga tashlanadi. Arab mamlakatlaridagi muhojir falastinliklar asarlarida m alamli, achchiq vatan sog’inchi, iztiroblar, muammolarni tasvirlashga alohida urg’u beriladi. Falastin muhojirlari adabiyotining bosh mavzularini yurtining milliy ozodligi, arab-isroil urushi oqibatlari, qochoqlar hayoti, sionizm oqimiga qarshi qaratilgan g’oyalar tashkil qiladi. Falastin zamonaviy adabiyoti rivoji nasrda yirik yozuvchi va dramaturg Hasan Kanafoniy, she’riyatdagi rivoji esa Abu Salma, Mahmud Darvesh va Muin Bsisu nomlari bilan bog‘liq. 1948-yilda falastinliklar qochib ketgandan keyingi davrlardan boshlab Isroilning arab fuqarolari bo'lgan falastinliklar orasida she'riyat siyosiy faollik vositasiga aylandi. 1948-yildan to 1967-yilgacha bo’lgan o’zaro kelishmovchiliklar, urushlar, nizolar natijasida, Falstin hududlarining Isroil tomonidan egallanishi oqibatida minglab falastinliklar o’z ona yurtlarini, o’z yerlarini tashlab chiqib ketishga majbur bo’ldi, tazyiqlar oqibatida qochoqqa aylandi. Boshqa arab mamlakatlarida, shu bilan birga Yevropa mamlakatlarida yashab, ijod bilan shug’ullangan falastinlik adiblar ijodida ham Falastinning ozodligi uchun kurashish g’oyasi yetakchi pog’onalarda turadi. 1987-yildan Falastinda qarshilik harakati yangi bosqichga ko’tarilib, she’riyatda mustaqil Falastin davlatini barpo etish uchun kurash mavzusi oldingi o’rinlarga chiqdi. Xossatan, Mahmud Darvish sheʼriyati Falastin xalqi kurashining bayrogʻiga aylandi: uning she’riyati vatanga boʻlgan oʻtkir sogʻinch, surgun qilingan xalq taqdiri dardi bilan ajralib turadi. “An-Nahda” harakati yuzaga kelib, ma’rifatparvarlik g‘oyalari rivojlangan XIX asr oxiri XX asr boshlarida, Misr, Livan, Suriyalardan farqli o’laroq Falastinda adabiyot sust va sekin rivojlanib, asarlar deyarli yaratilmadi. 20-yillarda dramaturgiya dunyoga keldi. Milliy ozodlik kurashi boshlanishi bilan 1950- 1960-yillar boshidagi pessimistik tuyg‘ularga to‘la “nola adabiyot” o‘rnini “qarshilik adabiyoti” egalladi. Bu yerdagi hikoyanavislikning o’ziga xosligi simvolizmning ustuvor ekanligida ko’rinadi. Isroilliklar tazyiqi sabab erkin fikr, mulohaza huquqidan mahrum bo’lgan falastinlik yozuvchilar o’z ijodlarida, xossatan, hikoyalarida ramziy va majoziy tasvirni yuqori pog’onalarga ko’tardilar. Ko’rinib turganidek, Falastin adabiyoti murakkab adabiy jarayonni bosib o’tgan. Bugungi kunda ham Falastin adabiyoti shunday murakkab bosqichlardan o’tmoqda. Vatandan quvilish, vatan ozodligi hanuzgacha yetakchi bo’lib turibdi. Rivojlanish hamma joyda bir xilda, bir paytning o’zida kechmaganidek, ma’rifatparvarlik harakati ham o‘z taraqqiyoti va tarqalishida hamma joyda bir xil bo’lmadi. Arab adabiyoti yangi davr bo‘sag‘asida sust taraqqiyot bosqichini boshdan kechirib, Yevropa adabiyotining bosib o’tgan yo’lidan yurishga majbur bo‘ldi. Yangi davr bosqichida adabiyot rivojlanishida Misr, Suriya va Livan mamlakatlari alohida rol o‘ynadi. Rivojlanish jarayonlarida arab mumtoz an’analarini qayta tiklashga urinishlar, Yevropa adabiyoti tajribalarini o‘zlashtirishga intilishlar kuzatildi. Ba’zi mamlakatlarda ma’rifatparvarlik tez rivojlanganini, boshqalarida bu jarayon, ma’lum sabablarga ko‘ra sekin kechganini ko’rish mumkin. Krachkovskiy ta’biriga ko’ra Falastin Suriya bilan yaqin madaniy aloqada bo’lganiga qaramay, uning ijtimoiy, siyosiy hayotidagi voqealar natijasida adabiyot rivojlanishiga, yirik namoyondalar yetishib chiqishiga imkoniyatlar yetarli bo’lmadi. Bu singari an’anaviy mavzular oldiga Falastin ijtimoiy hayotiga xos bo’lgan qochoqlik, muhojirlik, o’z vatandan kechishga majburlik singari noana’naviy mavzular ham qo’shildi. Buning oqibatida bir joyda jamlangan madaniyat va adabiyot tarqalib ketdi. Bosib olingan hudud hikoyanavis yozuvchilari ijodida Najib Mahfuz, Zakariya Tamer singari yozuvchilar ijodining ta’siri seziladi. XX asr boshlaridagi arab adabiyotida ko‘proq nasr taraqqiy etgan bo’lsa, poeziyada ko‘pincha an’anaviy lirika ustun bo’lib qoldi. Sababi arab she’riyatida mumtoz an’analar kuchli bo‘lganligi bilan izohlanadi. Ammo qasida shakli yangi mazmun bilan: vatanparvarlik, ozodlik harakatiga da’vat va jamiyatning boshqa dolzarb muammolarga yechim izlashga da’vat bilan boyidi. XIX - XX asrlarda sharq adabiyoti Yevropa adabiyoti bosib o‘tgan bosqichlardan o‘tganiga qaramasdan, o‘ziga xoslikni saqlab qola oldilar. Bularga qo’shimcha tarzda mamlakatdagi qashshoqlik, nochorlik, ayollarning haqlari , ularning nafaqat oila balki jamiyatdagi o’rni, jamiyatda ko’zga tashlanadigannaxloqiy nuqsonlar,inson qadri, adolatsizlik, tengsizlik, dehqonlar hayoti singari mavzularga ham ko’plab murajaat qilinadi. Bu davr mafkurachilari uyg‘onishning birdan bir yo‘li xalqning qoloqligini yengish, ma’rifatni yoyish, diniy ixtilof va bid’atlarni yo‘qotish, shuningdek, iqtisodiy islohatlarda ko’rdilar. Bu jarayonning ikinnchi tomoni esa Yevropa taraqqiyoti, ilm-fandagi yutuqlarini o‘zlashtirish masalasini ham ko’zda tutdi. Maqsad va vazifalar yagonaligiga qaramay, ma’rifatparvarlik harakatida Yevropa ta’siriga qarshilik, arab tili sofligini saqlash, millat madaniy merosini ommalashtirish ham, milliy an’ana, manbalarini inkor etib, hayotning barcha sohasida G‘arbga taqlid qilish targ’ib qilish ham, yo bo’lmasa arab madaniyati va Yevropa fani taraqqiyotini, uning adabiyotining uzviy qo‘shilishi g’oyalari ko’zga tashlandi. Yangi dinning tarqalishi, yangi davlatning shakllanishi she’riyatda o‘z aksini topdi. Din ta’sirida she’riyatning tashqi umumiy xususiyati asosan o‘zgarmasa ham, she’riyatga yangi mavzu kirib keldi. Endilikda diniy madhiyalar yozila boshlandi. Dinini yoyishda arab madaniyati o’raloq adabiyot ham qo‘llab-quvvatlandi.
Arablar fani va adabiyotining jahon maydoniga chiqishi hamda jahon madaniyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi ham shu davrga to’g’ri keladi. Arab madaniyati va adabiyotining markazlari faqat Iroq, Suriya va Misr kabi sharqiy viloyatlar emas, xalifalikning shimoliy-g‘arbiy chekkalari – arab Ispaniyasining shaharlarida ham bo‘lgan. Arab adabiyoti arab tilida yozilgan asarlar, xoh u sheʼr, xoh nasr boʻlsin o’z ichiga oladi. Arab adabiyotining ildizlari Arabiston yarim oroli hududidagi qabilalarning ogʻzaki adabiyotiga yetib boradi. Arabiston hamda Suriya janubidagi qoyatoshdagi yozuvlar qadimgi arab tilining yozma yodgorliklari bo’lib, ular milodning I asriga tegishli. V–VII asrlarda yaratilgan asarlar mumtoz arab tilida bo’lib, islomdan avvalgi she’riyat deb ataladi. Bu davrdagi o’ziga xoslik, nasr va nazmning barcha janrlarining rivojlanganligidir. Arab adabiyotida nazm yetakchi bo’lib, mehnat qoshiqlari, ov qoʻshiqlari, allalar yaratilgan. Shu bilan birga she’rda fahr (maqtov), sa’r (qasos qoʻshigʻi), risa’ (aza qoʻshigʻi), shuningdek, nasib (ishq) va vasf (tavsif) elementlari shakllangan. Bu davr arablarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalaridagi shon-shuhrati va qudratini tiklash davri bo’ldi. Yangilanish g‘oyasida til va badiiy ijod tamoyillari ham mujassam edi. Ma’lum bir mamlakatlarda islohatlar sezilarli o‘zgarishlarga olib kelgan bo‘lsa, boshqalarida jamiyat tuzilishi va adabiyotga birozgina o‘zgarishlar kirita oldi. Ma’rifatparvarlik adabiyotini tadqiq qilish orqali zamonaviy adabiyotning ilk manbalarini aniqlash imkoni paydo bo’ladi. Ko’plab ijodkorlar orasida Mahmud Darvesh ham mamlakatining isroilliklar tomonidan egallanganligi, vatandan kechishga majbur bo’lish, vatanga muhabbat singari mavzular doirasida ramziy, majoziy asarlar yaratdi. Yozuvchi Tavfiq Fayodning “Sariq ko’cha” to’plamiga kirgan barcha hikoyalar ham ramziy usulda yozilgan.
2.2 . Mahmud Darveshning arab adabiyoti ijodidagi طباعة she’ri
نلتقي بعد قليلْ
بعد عامٍ
بعد عامين
وجيلْ...
ورَمَتْ في آلة التصوير
عشرين حديقهْ
وعصافيرَ الجليل
ومضتْ تبحث ’ خلف البحر
عن معنى جديد للحقيقهْ
وطني حبل غسيل
لمناديل الدم المسفوك
في كل دقيقهْ
وتمددتُ على الشاطئ
رملاً ... ونخيلْ.
هِيَ لا تعرف –
يا ريتا ! وهبناكِ أنا والموتُ
سِرَّ الفرح الذابل في باب الجماركْ
وتجدَّدنا , أنا والموت,
في جبهتك الأولى
وفي شبّاك دارك.
وأنا والموت وجهان
لماذا تهربين الآن من وجهي
لماذا تهربين؟
ولماذا تهربين الآن ممّا
يجعل القمح رموشَ الأرض’ ممّا
يجعل البركان وجهاً آخراً للياسمين؟..
ولماذا تهربينْ؟..
كان لا يتعبني في الليل إلاّ صمتها
حين يمتدُّ أمام الباب
كالشارع ... كالحيِّ القديمْ
ليكن ما شئت ياريتا
يكون الصمتُ فأساً
أو براويز نجوم
أو مناخاً لمخاض الشجرهْ
إنني أرتشف القُبلَة
من حدِّ السكاكين,
تعالى ننتمي للمجزرهْ!...
سقطتْ كالوَرَق الزائد
أسرابُ العصافير
بآبار الزمنْ...
وأنا أنتشل الأجنحة الزرقاء
يا ريتا ,
أنا شاهدةُ القبر الذي يكبرُ
يا ريتا ,
أنا مَنْ تحفر الأغلالُ
في جلديَ
شكلاً للوطنْ...
XULOSA
Darvesh umri davomida 30 dan ortiq she’riy va sakkizta nasriy kitobini nashr ettirdi. Uning sheʼriyatida asosiy mavzu vatan yoki yurt tushunchasidir. Shoira Naomi Shihab Nayning yozishicha, Darvesh "Falastin xalqining asosiy nafasi, surgunlik va tegishlilikning yorqin dalilidir”.
Munaqqid Muhammad Fikriy al-Jazzor Darvesh she’riyatini uch qismga ajratadi: Birinchi bosqich - uning o'z vatanida bo'lishi bo'lib, shoirning shakllanishi, vatanining maqsadini anglashi, bosib olingan vatanga mansublikning shakllanishini o'z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich ijodkor Bayrutni tark etgunga qadar davom etgan va shoirning birinchi bosqichda shakllangan tuyg‘ulari tashkil etgan inqilobiy ong bosqichidir. Uchinchi bosqich esa idrok qilish, tafakkur qilish va inson orzusi bosqichidir.
Mahmud Darvish o'z tarjimai holida o’ziga xos fikrlar bildirgan: “Avvalo, har bir lirik she’r avtobiografik she’rdir degan naql borki, o‘quvchi shoirning she’riyatini tushunish va u bilan muloqot qilish uchun uning tarjimai holini bilish shart emas. Shu sabab ham men avtobiografiyamni yozishni xayolimga ham keltirmaganman.
Mahmud Darvesh o’ziga xos xususiyatga ega inson bo’lgan. U xonadonining uchta kalit bo’lganini, sababi u hech kim sezmay qolib, yolg‘iz o‘lishdan qo‘rqganini yozadi. U -“Oltmish juda qo‘rqinchli raqam, keyin nima bo‘ladi?” der edi. Darvish ko‘p vaqtini o‘qish va yozish bilan o’tqazgan . U ibroniy, ingliz va frantsuz tillarini bilgan. U Betxoven va Chaykovskiy kabi buyuk musiqachilarning mumtoz musiqalarini tinglashni yaxshi ko'rgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |