Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiya fakulteti


II.BOB PEDAGOGIK MAHORATNI EGALLASH VOSITALARI



Download 62,44 Kb.
bet6/8
Sana04.03.2022
Hajmi62,44 Kb.
#483132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi sharq tillarini o\'qitish metodikasi

II.BOB PEDAGOGIK MAHORATNI EGALLASH VOSITALARI.
O’qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar
ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘mak
bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralaiini namoyon eta
olishi, yetuk 0‘qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori
malakali kadrlami tayy orlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy vondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib. u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, 0 ‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiyiami tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg‘or xorijiy davlatlaming o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o'qituvchilaming, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo'lishlaru o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo'lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin:
1. Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro'y berayotgan eng
so nggi yangiliklar haqida ma’lumotlami beruvchi yangi adabiyotlar,
Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop
etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib
borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalami umumlashtirish, xulosalash
asosida mustaqil loyihalami tayyorlash).
2.Tajribali ustoz o'qituvchilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib. vaqt va iqtisodiy nuqtai
nazardan samarali sanaladi. Tajribali o'qituvchilar faoliyatini o‘rganish,
ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg'ulotlami kuzatish, tahlil qilish
asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).
3. O'qituvchi xodimlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish
kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko'nikmalami oshirib borish.
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarian pedagogik o'qish hamda treninglar) da faol
ishtirok etish. 5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlaming yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so'nggi ma’lumotlami o'rganish.
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda
ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro
fikr almashish, shaxsiy mulohazalami boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklami o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo’llarini topish imkoniyati mavjud.Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi boiibgina qolmay, ayni vaqtda o'qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o'quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlami tashkil etish pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan holi bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyadarga erishish imkoniyatini yaratadi.Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasiaa yosh o'qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko'nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg'in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O'zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ‘Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o'qitishning “Ta’lim-resurs” Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o'qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug ildi.Maktablarga yosh o'qituvchilami jalb etish va ularga har tomonlama yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg'or va zamonaviy texnologiyalami joriy etishga ko'maklashish maqsadida 2009-yildan boshlab “Respublika yosh o‘qituvchilar assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini boshladi.Mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz I. A. Karimov tashabbusi bilan 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda an’anaviy ravishda “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika ko'rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda.Umumta’lim maktablarida faoliyat ko'rsatayotgan pedagog xodimlar orasidan ilg'or va tashabbuskor o'qituvchilar aniqlanib rag'batlantirilishi,yosh o‘qituvchilarda o‘z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg‘otadi. 2006-yildan boshlab esa, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. “Yil maktabi” - Respublika ko'rik-tanlovi
o‘qituvchilarga jamoa asosida ta’lim muassasasida qo‘lga kiritilayotga
yutuqlami targ‘ib etish uchun sharoit yaratmoqda.
Shuningdek, mustaqillik yillarida respublika xalq ta’limi tizimida^
3425 nafar o'qituvchi va murabbiylar pedagogik faoliyatda ulkan yutu<
lami qo‘lga ldritganlari va fidokorona melmatlari uchun turli davl;
mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar.
Barkamol avlodga ta’lim va tarbiya berishda cheksiz matonatla
uchun ustoz o‘qituvchilardan olti nafari “0 ‘zbekiston Qahramoni” unv<
ni bilan, 302 nafari “O'zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” va 31
nafari “0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxri
unvonlariga sazovor bo‘lganlar, 101 nafari “El-yurt hurmati”, 21 nafa
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, 1229 nafari “Shuhrai
medali bilan taqdirlanganlar.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlari inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosiy tayyorlangan kadr (mutaxassis) - barkamol inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o‘qituvchi kadrlaming roli nihoyatda beqiyos. XXI a;
bolasini o‘qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malaka
mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasini faqat yuksak tajribaga
ega XXI asr o‘qituvchisigina uddalay oladi.

Download 62,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish