“Internet” global tarmog‘i
bilan bog‘landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo‘lga
qo‘yildi. Internet tizimidan foydalanuvchilar safi kengayib bormoqda. 2003 - yilda
mamlakatimizning yarim milliondan ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi
hisoblanayotgan Internetdan foydalangan bo‘lsa, 2010 - yilda ularning soni 6
milliondan oshdi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet kafelar
soni, milliy axborot segmenti yildan yilga ko‘payib bormoqda. 2004 - yil aprel oyida
“uz” hududida ro‘yxatga olingan
WEB
saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining
WEB
sayti
(
WWW
. press-
servise. uz) Internet tarmog‘ida mashhur bo‘lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi,
shuningdek, jahondagi 100 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar.
Savol va topshiriqlar
1. Vazirlar Mahkamasi qachon tuzildi?
2. Vazirlar Mahkamasi tarkibini kim tuzadi, u qanday organ tomonidan
tasdiqlanadi?
3. Vazirlar Mahkamasi vazifalari nimalardan iborat?
4. O‘zbekistonda qanday vazirliklar tuzildi?
5. O‘zbekistonda qanday davlat qo‘mitalari tuzildi?
6. O‘zbekistonda qanday sudlar tuzildi?
7. Viloyat, tuman va shaharlardagi vakillik organlarining nomi nima, ular
qanday shakllantiriladi?
8. Hokim lavozimi qachon ta’sis etildi? Hokimni kim tayinlaydi va qanday
organ tasdiqlaydi?
9. Mahalliy davlat hokimiyat organlarining vazifalari nimalardan iborat?
10. O‘zingiz yashayotgan viloyat, tuman yoki shaharda hokim kim, hokim
qanday qarorlar qabul qilishi mumkin?
11. Mahalla deganda nimani tushunasiz?
12. Mahalla yig‘ini nima?
13. Qanday joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladi?
14. “Mahalla” xayriya jamg‘armasi qachon va nima maqsadda tuzilgan?
15. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kimlar rahbarlik qiladi, ular
qanday tartibda va necha yilga saylanadi?
16. Muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
g‘amxo‘rligi haqida nimalarni bilasiz?
17 “Obod mahalla yili” dasturida qanday vazifalar qo‘yilgan?
18. Mahallangiz tarixi to‘g‘risida referat yozing.
19. O‘zingiz yashayotgan mahallaning nomi nima, uning rahbarlarini bilasizmi?
20. O‘zbekistonga sobiq Ittifoq tuzumidan qanday siyosiy meros qolgan edi?
21. Mustaqillik siyosiy jihatdan qanday imkoniyatlar yaratdi?
22 . Parlament nima? Oliy Majlis-chi?
88
23. O‘zbekiston parlamentini shakllantirish bo‘yicha qanday huquqiy asoslar
yaratildi?
24. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatiga qanday vazifalar
kiradi?
25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qanday qo‘mita va komissiyalar
tuzildi, ularning vazifalarini bilasizmi?
26. Ombudsman instituti nima, u qachon tuzildi?
27. Siz yashayotgan hududdan Oliy Majlisga kim deputat etib saylangan?
28. Partiya fraksiyalari nima?
29. Qanday hokimiyat organlari qonunchilik tashabbusi huquqiga ega?
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar qachon
bo‘lib o‘tdi, ularda qanday subyektlar o‘z nomzodlarini qo‘ydilar?
30. Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari haqida qanday kodeks va
qonunlar qabul qilingan?
31. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlariga doir qanday qonunlar qabul
qilingan?
32. Ikki palatali parlament tuzish haqida referendum qachon bo‘lib o‘tdi, uning
natijalarini bilasizmi?
33. Oliy Majlis qanday palatalardan iborat bo‘ladi?
34. Siyosiy partiya nima? U qanday prinsiplar asosida tuziladi va faoliyat
yuritadi?
35. Siyosiy partiyalar qanday huquqlarga ega?
36. O‘zbekistonda qanday siyosiy partiyalar faoliyat yuritmoqda?
89
Do'stlaringiz bilan baham: |