“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta`minlash,
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish”
deb nomlangan beshinchi yo‘nalish
doirasida respublikaning konstitusiyaviy
tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni
229
ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar
tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini
tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek
millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini
hamda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Keyingi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy
komissiya tuzilmoqda. Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va
sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‘nalishining har biri
bo‘yicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan. Ushbu komissiyalar
zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018-
2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda.
Strategik dastur va rejaning uyg‘unligi
hamda turli darajadagi qarorlarning
mustahkam bog‘liqligi muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning
strukturaviy bo‘g‘inlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional
bo‘lim rejalarining kelishuvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga
oshirish imkoniyatlarini tug‘diradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani
amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Davlat strategik rejalari aniq va o‘zgarmas tamoyillarga bo‘ysundirilishi muhim.
Ular islohotlarning bir maromda, izchil yo‘nalishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Jumladan, rahbar o‘z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi
ma’lumotlar va xulosalar bilan qurollanmog‘i, bundan tashqari, improvizatsiya
qilmog‘i, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni
tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni o‘zgartirish
ehtimoli yoki o‘zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish
imkoniyatini berishi zarur.
Ushbu tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past
sur’atlariga, shaxsiy mas’uliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini
oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor
yondaShuvlar bilan o‘zgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yo‘nalishlarni
belgilashning
mavhum
va
noma’lum
jihatlarini
oydinlashtirish
orqali
tartiblashtirishga erishiladi.
Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari
tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga bo‘lgan
munosabatini o‘zgarayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda yashayotgan har
qaysi inson millati, tili va dinidan qat’iy nazar, erkin, tinch va badavlat umr
kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida
strategik yo‘nalishlar belgilanmoqda. Ular avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy
sohalarda o‘z ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib ta’lim berish, zamonaviy kasb-
hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan
shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj
230
qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimiz rahbarining
Do'stlaringiz bilan baham: |