Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


partiyaviylik, sinfiylik yondaShuvlaridan, hukmron



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma


partiyaviylik, sinfiylik yondaShuvlaridan, hukmron 
kommunistik mafkuraga xizmatkor bo‘lishdan xalos 
etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan 
yoki so‘z ochilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, 
tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan 
qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari 
yaratildi. Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida 
turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan 
mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat 
darajasiga ko‘targan. Sobiq Ittifoq davrida ko‘hna tariximizning ana Shu qirralari 
berkitilgan bo‘lsa, mustaqillik davrida o‘zining asl bahosini oldi. Milliy 
davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil 
davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy 
davlat qurilishida katta madad berdi. Prezident Farmoni bilan 1996-yil Amir Temur 
yili deb e’lon qilindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur 
tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida Amir Temur yili 
sifatida keng nishonlandi.
YUNESCO qarori bilan 1996-yil aprelda Parijda mashhur 
davlat arbobi Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan bir haftalik 
xalqaro tantanalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, 
Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Amir Temurning shaxsi butun ma’rifiy 
insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.
Amir Temur yubileyi munosabati bilan Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab 
tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog‘lar yaratildi. 
Samarqand va Shahrisabz shaharlari markazida ko‘rkam Amir Temur maydoni barpo 
etildi 
va 
ulug‘vor 
haykal 
o‘rnatildi. Bu 
shaharlarga „Amir Temur“ ordeni topshirildi.
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan 
Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir 
va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-
ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr 
etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 
Toshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida 
qatag‘on 
davri 
qurbonlari 
xotirasini 
abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” 
yodgorlik majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 


150 
2000 - yil 12- may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur majmua qoshida “Qatag‘on 
qurbonlari xotirasi“ muzeyi qurilib, 2002-yil 27 -avgust kuni foydalanishga 
topshirildi. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” 
muzeyining tarixiy, siyosiy ahamiyati Shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun 
qaramlik davrida xalqimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik 
tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy 
xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi. 
1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi 
Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini 
abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va Shu yili 9- 
May kuni uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi 
tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 
34 jildlik “Xotira” kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9 - May kuni “Xotira va 
qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu 
tadbirlar xalqimizning o‘zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat 
qilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik 
majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni 
ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini 
shakllantirishga ko‘maklashmoqda. 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan 
insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017 -yilning 
o‘zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda Islom 
Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat, Xorazm 
viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada 
Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf 
xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. Ularning nomi bilan 
ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon 
va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi. Yurtimiz 
taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz 
rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov 
tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. O‘zbekiston 
Prezidentining 2017 -yil 27 -martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof 
Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida 2017 -yil 
6-noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 
Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
ishtirok etib, nutq so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-
yanvardagi 
“O‘zbekiston 
Respublikasining 
Birinchi 
Prezidenti 
Islom 
Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga 
ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom 
Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib 
ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2018-
yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida Samarqand shahrida, Islom 
Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Islom Karimov ko‘p 
yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom 


151 
Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir 
qator ko‘chalar va yirik ob’yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni 
bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 
24 -martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 
Mustaqillik yillarimizda yurtimizdagi qadimiy shaharlarning yubileylari 
respublika va xalqaro doirada keng miqyosda nishonlanadi. Bu shaharlarda ulkan 
obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

1997 -yil Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi. 
2002 yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.

2002 -yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.

2003 - yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do‘stlik” 
ordeni bilan mukofotlandi.

2006-yil – Qarshi shahrining 27 -00 yilligi nishonlandi.

2006-yil – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.

2007 -yil – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi.

2007 -yil – Marg‘ilon shahrining 2000 - yillik yubileyi o‘tkazildi.

2009 -yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish