142
departamenti; Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Mazkur Qonunning
12, 16, 18 va 20-moddalari
bevosita ta’lim tizimi
jarayonida qo‘llanilishi mo‘ljallandi. Qonunning 16-moddasiga asosan davlat
organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rib
borishlari lozim.
Shuningdek, Qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini
olishga doir quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
- davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash,
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular
mansabdor shaxslarining mas’uliyatini kuchaytirish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan
parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2017 - yil 7 - fevraldagi farmoni bilan
tasdiqlangan “2017 -2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatda
korupsiyaga qarshi kurashni samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi. Uning
2-yo‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
vazifalarini o‘z ichiga olib, uning 4-bandida jinoyatchilikka qarshi kurashish va
huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish vazifalari qo‘yildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 mayda qabul
qilingan farmonini ijro etish maqsadida Bosh prokuratura huzurida fuqarolarning,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini kechayu kunduz
qabul qiladigan elektron tizim yaratildi va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Murojaatlarni
ko‘rib
chiqish
tezligini
ta’minlash maqsadida ushbu tizimga 34 ta
idora, prokuratura organlarining viloyat va
tuman
bo‘linmalari
ulandi.
Har
bir
murojaatning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi on-
layn rejimda nazorat qilinmoqda.
2016- yilning so‘nggi choragidan boshlab
mamlakatda
korrupsiyaga
barham
berish
sohasida katta ishlar amalga oshirildi.
2017 -
yil 2 fevralda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-27 -52-sonli qarori mamlakatda korrupsiyaga barham berish va unga qarshi
kurashda muhim ahamiyat kasb etdi.
“2017 -2018- yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
davlat dasturi tasdiqlandi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiyaning asosiy vazifalpri sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: