Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati
Mustaqillik mashinasozlik sanoati jadal rivojlanishi uchun ham zamin yaratdi.
1994 -yilda barpo etilgan O‘zbekiston–Isroil “O‘zIsmash” qo‘shma korxonasida
paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat
jahon mashinasozligining eng yangi yutug‘i, deb e’tirof etildi.
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab
chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993 -1996-yillarda Asaka
shahrida “Uz-DAEWOOavto” zavodi barpo etildi va “Damas”, “Tico”, “Nexia”
rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
1996-yilda 25 -,3 ming, 1997 -
yilda 64.9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-
yilda 58,4 ming, 2004 -yilda 7 -0 ming dona
yengil
avtomobil
ishlab
chiqarildi.
“Uz-
DAEWOO”
zavodida
1999-2003
-yillarda
“Matiz”, “Lacetti” rusumli avtomobillar ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda
avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakatga
aylandi. “Uz-DAEWOOavto” zavodi 10 yil
(1996-2006-yil iyun) davomida 571580 ta
avtomobil tayyorladi, ularning 198609 tasi
xorijga eksport qilindi.
116
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
“SamKochavto” zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushirildi. 2000 -yilda
“SamKochavto” zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.
Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o‘nlab
yangi korxonalar bunyod etildi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida
avtomobillarga butlovchi qismlar tayyorlaydigan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib
ishga tushirildi. Hozirgi paytda “Uz-DAEWOO” zavodi uchun zarur bo‘lgan
butlovchi qismlarning 60 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda.
2007 -yilda “O‘zavtosanoat” uyushmasi bilan AQSHning General Motors
kompaniyasi o‘rtasida GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2012-yilning
20-mart kuni “GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan “Chevrolet
Malibu” avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2009-yildan Germaniyaning “MAN Nutzfahrzeuge AG” konserni hamkorligida
“MAN Avto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etilib, “MAN” yuk mashinalari
ishlab chiqilmoqda. Samarqandda barpo etilgan va ishga tushirilgan “SamKochavto”
zavodida avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari — Toshkent traktor zavodi,
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning
dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Birgina Toshkent traktor
zavodida 2000 -yilda954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘lsa,
hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab
chiqarilmoqda.
1995-yil oktabr oyida O‘zbekiston bilan AQSHning “ABB Lummus Global”
kompaniyasi o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha hamkorlik
yo‘lga qo‘yildi. Qurilish ishlari 1997 -2001- yillarda
amalga oshirildi, majmua
qurilishiga 1 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya o‘zlashlirildi. 2001-yil dekabrda
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna
polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab
chiqarish quvvatiga ega.
Sanoatning yengil va to‘qimachilik kabi turlari tez sur’atlar bilan rivojlanib
bormoqda. Janubiy Korea ishtirokida paxtani qayta ishlovchi “Qabul-O‘zbekKO”,
“Kosonsoy-Tekmen”, “Papfen”, “Asnam tekstil”, “Karakulteks”, “Chinoz
to‘qimachi”, “Qabul-FerganaKO”, “Oqsaroy to‘qimachi” qo‘shma korxonlari barpo
etildi. Faqat 2004 -yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu
tarmoqda xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o‘rinlari
yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, 2004 -yilda bu ko‘rsatkich 28 - foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi
gazlamalarini eksport qilish hajmi ancha oshdi.
Mustaqillik yillarida “Zarafshan-Newmont” korxonasi, Qizilqum fosforit
kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon
spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod
etildi.
117
Mustaqillik
yillarida
iqtisodiyot
tarkibidagi
tub
o‘zgarishlar, yangi
korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida
samarali natijalar berdi. 1991-2002 -yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish
muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish
o‘zlashtirildi. 1990 -yilda respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari
hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib bordi. 1995-yilga kelib
Do'stlaringiz bilan baham: |