Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Uchinchi tamoyil
– davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. 
O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri 
faoliyatda mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. O‘zbekistonda qonun 
chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat – Prezident rahbarligida 
faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud hokimiyati – Konstitutsiyaviy Sud, 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik Sudi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik Sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman 
va shahar sudlari va xo‘jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76-88- moddalarida 
Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish 
qoidalari belgilab berilgan. 88-98- moddalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, 
Vazirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari qonunlashtirilgan.
To‘rtinchi tamoyil
– bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya 
va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy 
davlat barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik 
tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi 
tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Beshinchi 
tamoyil
– Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. 
Konstitutsiyaning 
15-moddasida 
„O‘zbekiston 
Respublikasida 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 


58 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar“, deb belgilab qo‘yilgan. 
Konstitutsiyaning 16-moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy 
hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd 
etilgan.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish