Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

e’tirof etilgan:

tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom;

avlodlar xotirasiga sadoqat;

kattalarga hurmat, kichiklarga izzat;

mehmondo‘stlik;

bolajonlik;

ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat;

muomalada mulozamat, hayo, andishalilik;

og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo. 
Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-
mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. 
Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri „Navro‘z“ bayramidir. Qaramlik davrida 
mana Shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1991-yildan boshlab 
O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 21- Mart “Navro‘z” milliy xalq bayrami kuni 
sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon 
qilindi. Xalqimiz Navro‘z kunlarida 
hasharlar uyushtirib, dalalarga ko‘chatlar 
ekish, ko‘chalarni tozalash tadbirlarini, turli 
ommaviy o‘yinlar, poyga musobaqalari, 
sayllar uyushtiradilar, yetim-yesirlarga va 
nogironlarga yordam berib, marhumlar 
qabrlarini ziyorat qiladilar.
1994 - yil 23- apreldagi Prezident 
farmoni asosida tashkil etilgan Respublika 
“Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy 
merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak 
iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari 
yo‘naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni 
yo‘lga qo‘ydi. Markaz tomonidan aholi orasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, 
so‘rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha 
tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiyijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-
axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim 
ahamiyat kasb etdi. 1996- yil 9- sentabrda qabul qilingan “Ma’naviyat va ma’rifat” 
jamoatchilik markazi ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida“ gi Prezident farmoni 
jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 1996- yil yanvarda Respublika 


147 
“Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzurida „Oltin meros“ xalqaro 
xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996- yil 27 - sentabrda Respublika Vazirlar 
Mahkamasining “Oltin meros” xayriya jamg‘armasini qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida“ 
gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlandi. „Oltin meros“ xayriya jamg‘armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy 
anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq 
hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik 
tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996-2002 - yillarda “Oltin meros” 
jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimiz yaratgan ko‘plab 
madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab 
topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u 
xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, 
xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng 
ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish