Qadimgi eroniy tillar
Avesto tili. Bu til nomi emas, balki Avesto kitoblar to‘plami bo‘lib, unda diniy «goh»lar-gimnlar va qadimiy eroniy tillarda gapiruvchi xalqlarning tashkil topishi bayon qilingan. Avesto tili shartli nom bo‘lib, har xil davrda va har xil sharoitda yozilgan, I qismlari er. avvalgi II minginchi yillarda og‘zaki holda to‘qilgan bo‘lib, og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan. Diniy hikoyalar, gimnlar, odatlar eramizning birinchi yillari qisqartirilgan holda yozilgan bo‘lsa kerak. Bu davrda Avesto tili o‘lik til bo‘lib, hech kim bu tilda gapirishgan emas va Sosoniylar davrida (eramizning III-VII asr). Tavrot, Injil va Qur’onga o‘xshash muqaddas kitob sifatida o‘qilgan. Avesto kitobining juda oz qismi bizgacha yetib kelgan bo‘lib, u ham VIII-IX asrlarda yozilgan. Avesto tili ham yetarli darajada o‘rganilmagan, faqat Eronda mashhur avestoshunos Pur Dovud uning tili va tarjimasi bilan shug‘ullangan va nashr ettirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |