Sharqiy eroniy tillar
Sharqiy eroniy tillar guruhiga o‘rta eroniy til davridagi so‘g‘d, Xorazm sak (xotan) tillari kiradi. Dialektologiya nuqtai nazardan So‘g‘d tili xorazm tiliga juda yaqin turadi. So‘g‘d va xorazm tillari o‘rtasidagi farqlardan biri shuki xorazm tili so‘g‘d tiliga nisbatan taxminan 500 yil yoshroqdir, Xorazmda qazish ishlari olib borgan S.P.Tolstov buni isbotlab bergan. So‘g‘d va xorazm tillari o‘zining bir qator fonetik va morfologik xususiyatlariga ko‘ra skif (sarmat) tillariga yaqin turadi. Eramizning III-IV asrlaridan boshlab tarixiy manbalarda skif va sarmat terminlari uchramaydi. O‘rta asrlarda eron (skif) dialektlari alan tiliga birikib ketgan va bular janubiy Rossiya (Don daryosining sharqiy qismi) va shimoliy Kavkazda yashagan hozirgi osetinlarning ajdodlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |